Sotsilogik metod. Yuqoridagi sanab ko‘rsatilgan metodlar qo‘llashda tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o‘quvchilarning ko‘pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qo‘llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o‘quvchilari o‘zlarining bo‘sh vaqtlardini qanday o‘tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so‘rash ko‘plab o‘quvchilardan o‘tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi. Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan: maktablarning birida matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarning uy ishlarini bajarilishi o‘rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80%, VI sinfda-75%, VIII sinfda-55% tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan, mazkur matematika fanining o‘quv dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o‘qitish sifati pastligidan izlash kerak . Pedagogika ilmiy tekshirishlari metodlaridan biri nazariy pedagogik g‘oyalarni tahlil qilish metodidir. Bu metod ta‘lim- tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas. Balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan (emprik metod) yordamida amalga oshiriladi.Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshadi. A.S.Makarenko ta‘kidlaganidek, odam organizmi alohida-alohida holda rivojlanmaydi, balki barchalari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir vaqtda rivojlanadi degan xulosaga kelgan.
Nazorat savollari.
1.Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha.
2.Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar.
3.Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi
10-mavzu. Pedagogik tadqiqot jarayonida ilmiy – ijodiy yondashish. Ilmiy-ijodiy yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari.
Reja:
Pedagogik tadqiqot jarayonida ilmiy yondashish.
Pedagogik tadqiqot jarayonida ijodiy yondashish.
O’ziga xos xususiyatlari.
Bugungi kunda, barkomol shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosati doirasiga ko’tarilgan bo’lib, uni amalga oshirish jarayoni hisoblangan pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlash esa, ta’lim muassasasi rahbarlari, o’qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik jarayon ishtirokchilari va boshqa mutaxassis xodimlarning (mahalla-ko’y va ota-onalarning faoliyati bilan uzviy bog’liq holda) faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish mexanizmlarini yaratish, innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyatini belgilaydi. Innovatsiya tushunchasi tadqiqotlarda “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida ko’rib chiqiladi, “innovatsion jarayon” tushunchasi esa yangilik yaratish va ularni o’zlashtirish hamda ta’lim muassasasi amaliyotida samarali qo’llash jarayoni sifatida ifodalanadi. Demak, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsiya (yangilik kiritish) – maqsadga yo’naltirilgan o’zgartirishlar bo’lib, innovatsion jarayon – pedagogik jarayonlarga yoki pedagogik faoliyatga o’zgartirishlar ( yangilik) kiritish jarayoni deb aytishimiz mumkin. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsion jarayonlarni tashkil etish asosida ko’zlangan natijalarga erishishda, eng avvalo, ta’lim muassasasidagi mavjud muammolarni o’rganish va tahlil qilish va ularni bartaraf etishda bajarilishi zarur bo’lgan vazifalarni, maqsadni aniqlash, shuningdek, pedagogik jarayon sub’yektlarining imkoniyati va ehtiyojlarini inobatga olish zarur. Pedagogik jarayonning sifati va samaradorligi sub’yektlarning faoliyatiga qay darajada bog’liq bo’lsa, ta’lim muassasasi faoliyatida belgilangan maqsadlarga ko’ra yuqori natijalarga erishish ularning innovatsion faoliyati hamda innovatsion jarayonlarni tashkil etish qobiliyatlariga shu darajada bog’liq bo’ladi. Ta’lim muassasalarida bugungi kunda professor-o’qituvchilar uzluksiz innovatsion izlanishda bo’lishi, fikrlashi, o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirishi, shuningdek, o’quvchi-talabalarda ham innovatik g’oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko’rsatishi zarur. SHuning uchun pedagogik jarayon tashkilotchilari yangilik yaratish va ularni tatbiq etish, ixtirochilar salohiyatidan samarali foydalanish, ularning ilg’or pedagogik tajribalarini targ’ib qilish, ommalashtirish, innovatsion faoliyatlarining natijalarini baholash bo’yicha, ayniqsa, ta’lim muassasasi va pedagogik jamoa darajasida zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lish zarur. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsion salohiyatiga ko’ra yangiliklar modernizatsiya, unifikatsiya, faoliyatni takomillashtirish, shaklan o’zgartirish, rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan ma’lum bo’lgan metodlarning elementlarini yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar; o’xshashlikka va umumiylikka ega bo’lmagan radikal innovatsiyalar innovatsion jarayonlarning asosi sifatida belgilanishi mumkin. Innovatsiyalarning xususiyatlariga ko’ra ularni turli xil asoslar bilan turlicha tasniflash mumkin, ya’ni bugungi kunda yangilik kiritishning tugallangan tasnifi mavjud emas. SHu bilan birgalikda pedagogik jarayonlarni tashkil etishda va samaradorligini ta’minlashda eng avvalo, yangiliklarni pedagogik jarayonlarning qaysi bo’g’iniga tegishli ekanligini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsiyalarni pedagogik jarayon komponentlari harakatlanishi va rivojlanish darajasi hamda maqsadga yo’naltirilgan ijodiy, sifatiy o’zgarishlar jarayoni sifatida belgilash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, innovatsiya eskilikni yangilik bilan o’zaro o’rin almashinishini tezkor jarayonini tasvirlaydi deb aytishimiz mumkin. Bizning fikrimizcha, bu jarayonda quyidagi qator vazifalar pedagogik jarayonlarni takomillashtirish, yangiliklar kiritishni amalga oshirishda pedagogik innovatsiyalarni samaradorligining asosiy shartlari hisoblanadi: - ta’lim muassasasi jamoasi uchun yangilik kiritishning dolzarbligi mavjud muammolarni uzil-kesil hal qilish va pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlashning asosiy omillari sifatida belgilanishi; - tanlangan innovatsion vositalarni ta’lim muassasasining imkoniyatlariga mos kelishi; - innovatsiyalarning to’la ilmiy asoslanganligi; - innovatsion jarayonlarning ahamiyatliligi va tizimliligi; - yangilik yaratuvchi va undan foydalanuvchilarning shaxsiy-professional xususiyatlarini hisobga olish va innovatsiyalarning ahamiyatini anglash har bir sub’yektning yuqori darajadagi mas’uliyati hamda javobgarligini ifodalashi; - innovatsion jarayonlarda tavakkalchilikni minimal darajada bo’lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish; - tavakkalchilik darajasini tushunish va ularning asoslanganligi zaruriyati; - ta’lim mazmunida, pedagogik loyihalarda o’zgartirishlar hamda rivojlanish tamoyillarining o’z ifodasini topishi. Ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni innovatsion yondashuv asosida tashkil etishga ob’yektiv va sub’yektiv omillar sabab bo’ladi. Ob’yektiv omillarga davlatning yangi ta’lim siyosati, ta’lim sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, Ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyat yo’nalishidagi tajribalarini kiritishimiz mumkin. Sub’yektiv omillarga ijtimoiy-hududiy ehtiyoj hamda ta’lim muassasalari faoliyatining rivojlanish jarayoni, professor-o’qituvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini va ta’lim muassasasi ilmiy salohiyatini rivojlanishi. Ta’lim muassasalarida asosiy o’zgarishlar va innovatsion jarayonlarni tashkil etish asosiy maqsadga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi va o’z navbatida mazkur maqsadlarga erishishda qator vazifalarni bajarilish zaruriyatini belgilaydi: - jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga mos, bilimli va qobiliyatli bitiruvchilar tayyorlash modelini amaliyotga tatbiq etishga asoslanish (ta’lim mazmunini yangilash); - pedagogik jarayonlarda o’quvchi-talabalar faolligini ta’minlash, raqobatbardosh, zamonaviy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlash jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish (ta’lim dasturlarini yangilash); - pedagogik jarayonlarni oldindan loyihalashtirish, raqobatni vujudga keltiruvchi qulay ta’limiy muhitni shakllantirish; - ta’lim standartlariga mos ravishda, harakatdagi dasturlarga yangrivojlantiruvchi o’zgartirishlarni kiritish; - ko’proq samarali hisoblangan va pedagogik jarayon sub’yektlari uchun qulay bo’lgan o’qitish vositalarini tanlash; - o’quv rejasining fakul’tativ va ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soatlar hisobiga yangi fanlarni kiritish. Innovatsion jarayonlarni tashkil etish zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izlash va tatbiq etish muammolarini vujudga keltiradi va bular sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga asoslanadi, bu munosabatlar shaxsning qiziqishlari, qobiliyatlari va sifatlarini anglashga yo’naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini belgilovchi asoslar hisoblanadi. Innovatsiyalarni tatbiq etishning natijaviyligini tekshirish pedagogik jarayonlar samaradorligini ob’yektiv baholashni talab etadi va bunga quyidagilar misol bo’ladi: - pedagogik jamoaning kasbiy mahoratini o’sishi; - jamoada barcha uchun qulay ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga kelishi hamda uning mustahkam va ijobiy xususiyatlari; - pedagogik jarayonlarni takomillashtirish va rivojlantirishga sub’yektlar moyilligi va jamoaning tayyorgarligi; - ilmiy va ilmiy-metodik salohiyatni oshirishga jamoadagi moyillik; - professor-o’qituvchilar va rahbar xodimlar o’rtasida axborotlar almashinuvi sifatining o’sishi; - uzluksiz ta’lim tizimining navbatdagi bosqichlarida o’qishni davom ettirishlari uchun o’quvchi-talabalarni tayyorlash darajasi va ta’lim muassasasida yaratilayotgan shart-sharoitlar sifati. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsion modellarni samarali tatbiq etishning boshlang’ich shartlari sifatida: - umumiy maqsadlarning mavjudligi va manfaatlar uyg’unlashuvi; - jamoada psixologik muhitning ijobiyligi; - innovatsion jarayonlarda professor-o’qituvchilarning samarali ishtirokini ta’minlovchi chora-tadbirlarni misol keltirish mumkin. Adabiyotlarda innovatsiya bo’yicha juda ko’p tushunchalar keltirilgan. Masalan, u mazmun va mohiyati, ichki tuzilishiga ko’ra texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv va boshqa innovatsiya turlariga ajratilgan. Innovatsiyaning belgilari sifatida, uning ko’lami (global va lokal ), davriyligi, amaliyotga tatbiq etish jarayonining (bosqichlarga ajratish va tahlil qilish) qonuniyatlari ajratib ko’rsatilgan. “Innovatsiya” tushunchasi (lot. Novus – yangi) tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX asrlarda qo’llanila boshlanib, oldingi vaqtlarda u alohida elementlarni bir sohadan boshqa sohaga kiritishni ifodalagan. Innovatsiya – maqsadga yo’naltirilgan o’zgartirishlar bo’lib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi va nisbatan barqaror bo’lgan elementlarni, umumiy holda xalqning ma’naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan yangiliklarni kiritishdir. Ba’zida innovatsiya jarayon sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda yangiliklar kiritishning rivojlanishi vaqtga bog’liq bo’lib, u aniq ifodalangan bosqichlarga ega bo’ladi, deb ko’rsatiladi. Innovatsiya tushunchasi doimo bir xil ma’noda ta’riflanmaydi, ko’p hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida, “innovatsion jarayon” tushunchasi esa, yangilik yaratish va ularni o’zlashtirish hamda ta’lim muassasasi amaliyotida samarali qo’llashni ifodalaydi. Amaliyotda “yangilik”, “yangilanish”, “yangilik kiritish” tushunchalari ko’pincha tenglashtiriladi, lekin ularning o’rtasida ba’zi bir farqlar mavjud. YAngilik – yangi tartib, yangi uslub, yangi metod, yangi ixtirolar bo’lishi mumkin. YAngilik kiritish – bu yangilikning qo’llanishini bildiradi. YAngiliklarni amaliyotda qo’llash va ommalashtirishga kirishilgan vaqtda u yangi sifatga ega bo’ladi va innovatsiyalar vujudga keladi. YAngilik kiritishni ommalashtirish va ularni tashkil etish innovatsion jarayonning tashkil etuvchi qismlari hisoblanadi. Innovatsion jarayonning uchta mantiqiy shakllari ajratiladi: tashkilot ichidagi oddiy jarayon, tashkilotlararo oddiy jarayon va kengaytirilgan jarayon. Tashkilot ichidagi oddiy innovatsion jarayon bitta tashkilotning o’zida, ya’ni uning ichki faoliyatida yangilikni joriy etishni ko’zda tutadi, bunda yangilik ommalashtirish shakliga ega bo’lmaydi. Tashkilotlararo oddiy innovatsion jarayonda yangiliklar buyumlarni almashtirish sifatida almashtiriladi. Innovatsion jarayonning bu shakli yangilikni yaratganlarning funksiyasi, iste’molchilarning funksiyasidan farq qilishini ko’rsatadi. YAngiliklarni ishlab chiqqan ixtirochilarning tanho huquqlarini (monopoliya) buzgan holda, mavjud yangiliklarni amaliyotga joriy etuvchi yangi ishlab chiqaruvchilarning vujudga kelishida kengaytirilgan innovatsion jarayon yuzaga keladi va o’zaro raqobat tufayli natijaning xususiyatlari takomillashib boradi. Innovatsion jarayon sharoitida eng kamida ikkita sub’yekt: yangilik kiritishning tashkilotchilari va iste’molchilar (foydalanuvchilar) faoliyat ko’rsatadi. Agar yangilik texnologik jarayon bo’lsa, uning tashkilotchilari (ishlab chiqaruvchi) va iste’molchilari bitta sub’yekt sifatida faoliyat ko’rsatishi mumkin. Oddiy innovatsion jarayon ikkita davr orqali hayotiy odat tusiga o’tadi: 1) yangiliklarni yaratish va ularni ommaviylashtirish; 2) yangiliklar diffuziyasi. Birinchi davr – bu ilmiy tadqiqotning ketma-ketlikdagi bosqichlari, loyihalash ishlari, tajriba ishlarini tashkil etish, ishlab chiqarishni tashkil etish kabi bosqichlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda yangilik kiritish va samaradorlikka erishish amalga oshirilmaydi, faqat uni amalga oshirib samaradorlikka erishish mumkinligi ko’zda tutiladi. Ikkinchi davrda ijtimoiy-foydali natija yangiliklarni ishlab chiqaruvchilar o’rtasida, shuningdek, ishlab chiquvchilar va iste’molchilar o’rtasida qayta taqsimlanadi. Innovatsiyalarni ommalashtirish – bu axborotlar jarayoni, kommunikatsion vositalarning qudratiga bog’liq bo’lgan axborotlar almashinuvining shakli va tezligi, sub’yektlarning axborotlarni qabul qilish xususiyatlari va mazkur axborotlardan amaliyotda foydalanish qobiliyatlari va hokazo. Innovatsiyalar diffuziyasi – ijtimoiy tizim a’zolari o’rtasida yangiliklarning kommunikatsion vositalar orqali vaqti-vaqti bilan uzatilish jarayoni. Ma’lum bir sub’yekt uchun yangi bo’lgan g’oya, narsa va texnologiyalar yangiliklarni tashkil etishi mumkin. Boshqacha so’z bilan aytganda, diffuziya – avval ishlatilgan va o’zlashtirilgan innovatsiyalarni yangi sharoitda yoki yangi joyda omalashtirishni bildiradi. Diffuziya natijasida yangiliklarning tashkilotchilari sifatida yangiliklardan foydalanuvchilarning soni ko’payadi. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda sub’yektlarning maqsadlariga taxminan mos keluvchi tashkiliy tizimning o’zgarishi, ya’ni murakkab, ko’p darajali jarayon sifatida izohlashda quyidagi bir qator xususiyatlarni innovatsiyalarga xos xususiyatlar deb hisoblash mumkin: dialektiklik, davriylik, asoslanganlik darajasi, ixtiloflilik, ahamiyatlilik, tavakkalchilik, rahbarlik uslublarini tavsiflash qobiliyati, vaziyatga aloqadorlilik, tarkibiy tuzilishga egaligi (strukturaviylik), innovatsion harakatlar strategiyasini shakllantirish imkoniyati, boshqaruvchanlik, ijtimoiy mo’ljallanganlik, sub’yektlarni qiziqishi bo’yicha tabaqalashtirish qobiliyati, innovatsiyalarning sub’yekt tomonidan qabul qilinishi. Dialektiklik – bu innovatsiyalarning rivojlanish jarayoni bo’lib, uning me’yoriy asoslari sekin-asta, bosqichma-bosqich yangilanib borish jarayoni bilan tavsiflanadi. Innovatsiyalar mavjud urf-odat, an’analar bilan ijodiy ziddiyatlarni vujudga keltiradi hamda ular asosida amalga oshiriladi va rivojlantiriladi. Bu tizimning uzluksizligi muassasaning innovatsion rivojlanish ko’rsatkichini belgilaydi. Innovatsiyaning davriyligi pedagogik jarayon sub’yektlari ongida muhim ahamiyatga ega bo’lgan madaniy an’analarning maqsadga muvofiq holda, sekin-asta almashinib borishida tasdiqlanadi. CHunki, mustahkam o’rnashib qolgan tushunchalar, fikrlar, idrok va xulq-atvorning birdaniga o’zgarishi sub’yektlarning shaxsiy xislatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi va ularning ma’naviy-axloqiy, o’zini-o’zi anglash asoslarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Innovatsiyaning asoslanganlik darajasi – sifatli o’zgarishlarning miqdori bilan ifodalanadi. Innovatsiya mavjud bo’lgan harakatdagi standartlardan qanchalik ko’p farq qilsa, uni o’zgartirish salohiyati va asoslanganlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Innovatsiyaning ixtilofliligi. Ixtiyoriy yangilikni kiritish o’ziga xos xususiyatlarga bog’liq bo’lmagan holda ixtilofli vaziyatlarni vujudga keltirishi mumkin, chunki vakolat va imtiyozlarning o’zgarishi mavjud vaziyatlarning murakkablashishiga bog’liq holda, ta’lim muassasasida odat tusiga kirgan o’zaro ta’sir va munosabatlarni o’zgartiradi. Innovatsiyaning ahamiyatliligi – innovatsion jarayon davrida pedagogik jarayon sub’yektlarining yangiliklarga bo’lgan munosabatlarini ob’yektiv baholash imkoniyati tug’iladi, pedagogik jarayonlarda ichki munosabatlarning o’zgarishi, keskinlashuvi vujudga keladi va o’z navbatida mazkur jarayonga va vujudga keluvchi vaziyatlarga mos keluvchi o’qitish texnologiyalarini tanlash imkoniyati tug’iladi. Innovatsion tavakkalchilik. Innovatsiyaning ehtimollik xususiyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Natijaviylikka ishonchsizlik innovatsiya sub’yektida tavakkalchilik va xavotirlanish hissiyotlarini vujudga keltiradi hamda tatbiq etish faoliyatining natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Innovatsiyalarning rahbarlik uslublarini tavsiflash qobiliyati. Innovatsion mo’ljallangan rahbarlik uslubi innovatsion jarayonning natijasiga sub’yektlarning shaxsiy qiziqishlarini vujudga keltirishni ko’zda tutadi. Innovatsiyalarning vujudga kelayotgan vaziyatlarga aloqadorliligi. Innovatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan sub’yektlarning individual psixologik xususiyatlariga hamda pedagogik jarayon sub’yektlarining yangiliklarni qabul qilish uchun tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Innovatsiyalarning strukturaviyligi. YAngiliklar bilan tanishish, baholash, sinash, ma’qullash va to’la qabul qilish innovatsiyani amaliyotga tatbiq etishning asosiy bosqichlarini belgilaydi. Innovatsiyalarning rahbarlikning innovatsion uslublari strategiyasini shakllantirish imkoniyati. Innovatsion dasturlarni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligi innovatsiyalar sub’yektining qiziqishlariga va buning natijasida innovatsion jarayonlarga sub’yektlarning psixologik tayyorgarligini shakllantirish hamda tayyorgarlik darajasini rivojlantirishiga bog’liq bo’ladi. Innovatsiyalarning boshqaruvchanligi – yangiliklarni tatbiq etishda tashkiliy vaziyatlarni rivojlantirish dasturlashtirish imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi. Innovatsiyalarning ijtimoiy mo’ljallanganligi. Individual maqsad va vazifalarni tashkiliy tizimning maqsad va vazifalari bilan muvofiqlashtirish asosida innovatsion jarayon sub’yektlarining o’zini-o’zi rivojlantirishi, shaxsiy rivojlanish istiqbollarini belgilaydi. Innovatsiyalarning insonlar qiziqishi bo’yicha tabaqalashtirish qobiliyati. Alohida individ va guruhlar uchun innovatsiyaning turli xil munosabatlari mavjud. Ma’lum bir pedagog xodimlar tomonidan qo’shimcha imkoniyatlar olinishi boshqa pedagog xodimlarning imkoniyatlarining kamayishiga olib keladi va bu o’z navbatida yangiliklarni qabul qilish uchun aniq tartib o’rnatishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Innovatsiyalarning sub’yekt tomonidan qabul qilinishi. SHaxs tomonidan ma’lum bir yangiliklarni qabul qilinishi mavjud harakatdagi tizimning o’ziga xos xususiyatlariga qay darajada mos kelishiga hamda imkoniyatlarni shakllantirishda sub’yektning holatini yaxshi yoki yomon tomonga o’zgartirishiga bog’liq bo’ladi. Innovatsion faoliyatga yetaklovchi omillar ob’yektiv va sub’yektiv xususiyatlarga ega bo’lib, uning asosiy yo’nalishini belgilaydi. Innovatsion faoliyat jarayonini tashkil etishning pedagogik shartlari maqsadga yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan jarayonlarda innovatsiyalarning rivojlanishini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratadi. Innovatsion faoliyatni rivojlantirishda uni tashkil etish jarayonini oldindan modellashtirish asosida yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni boshqarish modeli ta’lim muassasasida o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi, funksional vazifalari aniq belgilangan mutaxassislar, boshqaruv sub’yekti strukturasini tasvirlaydi. Ta’lim muassasalari amaliyotiga innovatsion modellarni samarali tatbiq etishning boshlang’ich shartlari sifatida: - umumiy maqsadlarning mavjudligi; - boshqaruv strukturasining qulay va demokratik xususiyati; - axborotlar almashinish tizimi orqali tizimosti tizimlarning gorizontal muvofiqlashtirilishi; - rahbarlarning yuqori darajada professional kompetentligi (o’z sohasining mohir ustasi bo’lishi); - jamoada psixologik muhitning ijobiyligi; - innovatsion jarayonlarda professor-o’qituvchilarning samarali ishtirokini ta’minlovchi chora-tadbirlarni keltirish mumkin. Innovatsion jarayonning tarkibiy tuzilishini (3-rasm) muammolar, yangilanishga ehtiyoj, sub’yektlarning innovatsion faoliyati, maqsad, vazifalar, mazmun, metodlar va natija tashkil etadi. Innovatsion jarayonni tashkil etish hamda ko’zlangan natijalarga erishishda, eng avvalo, ta’lim muassasasidagi mavjud muammolarni o’rganish va tahlil qilish, mavjud muammolarni bartaraf etishda bajarilishi zarur bo’lgan vazifalarni, maqsadni aniqlash, shuningdek, ta’lim muassasasining imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib innovatsion jarayonning mazmun va mohiyatini belgilashning sifati va bajarilish samaradorligi sub’yektlarning faoliyatiga qay darajada bog’liq bo’lsa, ta’lim muassasasi faoliyatida belgilangan maqsadlarga ko’ra yuqori natijalarga erishish ularning innovatsion faoliyati hamda innovatsion jarayonlarni tashkil etish qobiliyatlariga shu darajada bog’liq bo’ladi. SHuningdek, barcha ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar olish uchun qator metodlar ham qo’llaniladi: pedagogik tajriba-sinov, so’rovnomalar, hujjatlar tahlili va h.k. Bu metodlarni qo’llash yordamida olingan ma’lumotlar ishlab chiqilgan.
Nazorat savollari:
1.Ob’ektiv va sub’ektiv jarayonlarni tushuntirib bering.
2. Innovatsion faoliyatga yetaklovchi omillar.
3. Innovatsion jarayonni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad nima?
4. Individual maqsadni tushuntirib bering.
11-mavzu.Fan va san’at. Fan va din. Fan va ilmiy dunyoqarash. SHarq va G’arb mutaffakirlarining ilg’or qarashlari.
Reja:
Fan va san’at.
Sharq mutaffakkirlarining ilg’or qarashlari.
G’arb mutaffakkirlarining ilg’or qarashlari.
Markaziy Osiyo xalqlarini Buyuk ipak yo’li qadimdan YAqin va O’rt SHarq mamlakatlari – Ozarbaydjon, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa G’arb mamlakatlari bilan bog’lab turdi hamda bu yerda yashydigan xalqlarni jamiyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining oldingi saflaridan joy olishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Komil inson tarbiyasi, uning atrof-muhitga oqilona munosabati, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sadoqat g’oyalarini targ’ib qilgan ko’pgina ta’limotlar buyuk ipak yo’li orqali boshqa mamlakatlarga tarqaldi va yerda yashovchi xalqlar dunyoqarashi, ma’naviy dunyosi, madaniyati shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Markaziy Osiyo xalqlari insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining eng oldingi bosqichlaridan birida bo’lgan XI-XII va XIV-XV asrlar SHarq Uyg’onish davrining birinchi va ikkinchi bosqichlarida yuzaga kelgan bir qator asarlarning umumiyligi, falsafa, badiiy adabiyot, musiqa, fan, me’morchilik va san’atning o’xshashligi va bir-biriga yaqinligi Markaziy Osiyo, YAqin va O’rta SHarq xalqlari madaniyatining o’zaro aloqadorligi va ta’sirchan ekanligiga yorqin misol bo’la oladi. Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi zaruriyat, iqtisodiy va madaniy aloqalar bu xalqlarning madaniyatini bir-biriga yaqin va ma’lum darajada mushtarak madaniyatga aylantirdi. Masalan, fors-tojik klassik adabiyotining merosi hisoblanmish Firdavsiy, Hayyom, Hofiz, Sa’diy, Jomiy va boshqalarning asarlari bir necha asrlar davomida butun Markaziy Osiy xalqlari uchun ma’lum darajada umumiy bo’lib keldi hamda ozarbayjonlik shoir va mutafakkir Nizomiy, amir Xusrav Dehlaviylarning ijodiy ta’siri ostida o’zbek shoirlari va mutafakkirlarining eng yaxshi asarlari vujudga keldi. Navoiy ijodi xususan, “Hamsa” asari XVI-XVIII asrlardagi barcha turkiy va fors-tojik badiiy adabiyoti va ijtimoiy fikrlarining rivojiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bu davrlarda yashab ijod etgan Turk, Ozarbayjon, Xorazm, Qo’qon xonliklaridagi, sharqiy Eron va Afg’onistondagi shoir-ulamolar Navoiy ma’naviy xazinasidan ilhomlandilar va bahramand bo’ldilar va undan o’rgandilar. Ijtimoiy madaniyatning bu o’zaro ta’siri xalqlar ijtimoiy milliy madaniyatining rivojlanishi va boyishiga olib keldi.
Mutafakkir olimlar Forobiy, Xorazmiy, Farg’oniy, YUsuf Xos Hojib, Qoshg’ariy, al-Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Sino, RUdakiy, Rumiy, Hofiz va boshqalar SHarq bilan G’arb mamlakatlari o’rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarning kuchayishi, intensivlashishi, turli xalqlar madaniyatlari o’zaro integratsiyalashuviga katta hissa qo’shganlar. Bu davrlarda Markaziy Osiyo madaniyatida Zakavkaz’ye, Eron, Vizantiya, qadimgi Gretsiya, Arab davlatlari, Hindiston, Xitoy mamlakatlari qadimgi madaniyatining ta’siri va bularning boshqa xalqlar ma’naviy-madaniy hayotiga ta’sirini ko’ramiz.
Masalan, Forobiy qadimgi yunon ilmi va falsafasini chuqur o’rgandi. U ayniqsa, Arastu asarlarini mukammal bilgan, uning ta’limoti bilan yangi Aflotun ta’limotini birlashtira olgan, islom falsafasiga olamshumul hissa qo’shgan va shular bois, Arastudan keyingi “Ikkinchi muallif” (al-muallim as-soniy) nomi bilan mashhur bo’lgan buyuk olim sifatida tanildi.
SHarq va G’arb ijtimoiy-madaniy munosabatlari, ayniqsa, ilm-fan sohasidagi integratsiyalashuvi shunda ko’rinadiki, Markaziy Osiyo mutafikkirlarining asarlari XII asrdan boshlab, yevropada ilmiy-adabiy til hisoblangan lotin tiliga tarjima qilina boshlandi, so’ng XVII-XVIII asrda ingliz, ispan, nemis, fransuz tillariga tarjima qilindi. Forobiyning Arestotelga yozgan sharhlarini Berlin akademiyasi nashr qildi. XVIII asr oxirlarida (1890-1891) F.Diteretsi uning falsafiy traktatlarini, ayniqsa uning siyosiy falsafasini (Al-madinat al-fadila) sinchiklab o’rgandi. Asli Sirdaryo viloyatida dunyoga kelgan alloma olim Forobiy umrining anchasini Xalabda, Hamadoniylar saroyida o’tkazgan bo’lib, “Ud” sozining ixtirochisi sifatida ham tanildi, shu sabab uni nemis faylasuf shoirlari o’zlarining she’riyatida musiqa faylasufi etib talqin etadilar. Fridrix Ryukert “Morgenlandisce sagen und Geshcihten” (“SHarqona rivoyatlar va afsonalar”) asarida Forobiyning bir kuy ijro etib, barchani shoju xurram qilgani, ikkinchi kuy bilan ko’zyosh to’kishga majbur etgan, uchinchi kuy vositasida esa ularni uxlatib qo’yganini tasvirlaydi. Bu holat Forobiyning G’arb san’ati va ijtimoiy madaniyatiga qanchalik katta ta’sir etganini ko’rsatdi.
G’arb o’zining Uyg’onish davrida SHarqda erishilgan ilm-fan yutuqlaridan keng foydalandi. Aslida SHarqning G’arbga ta’siri masalasi necha asrlardan buyon taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan mushohada etib kelinadi. Taniqli olima F.Sulaymonovaning barcha nurlar SHarqdan taralishini ifodalovchi “SHarq va G’arb”[1]nomli monografiyasi tahlil etilganidek, “Ipak yo’li” faqat SHarq va G’arb o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar vositasi emas, ayni chog’da yevropani ma’anviy uyg’otgan hayotbaxsh yo’l ham bo’ldi. YA’ni “Markaziy Osiyoda, xususan Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg’ona, Kesh, Termiz kabi shaharlarda oylab, yillab istiqomat qilgan, ajnabiy savdogarlar xalqimizning turmushg tarzi, urf-odatlari va ma’naviyatga xos qirralarini o’rganib, ma’qul bo’lganlarini o’z yurtlariga borib targ’ibot qilishga harakat qilganlar”[2]
Mavjud adabiyotlar tahlilidan ko’rinadiki, Buyuk ipak yo’ilad SHarqdan o’zlashtirilgan ilg’or an’analar va qadriyatlar G’arbga qanday naf keltirganligini umumlashtirib ko’rsatishga moyillik sezilmaydi. Lekin G’arbdagi o’z davrining yetuk allomalari “SHarq va G’arb singisha olmaydi, barcha ilmlar G’arbda paydo bo’lgan, sharqliklar rasman ilmiy tafakkur qilishga qodir emaslar” ruhidagi “evropamarkazchilik” aqidasi zararli oibatlar keltirib chiqarishini payqashdi va tarixga xolisona munosabatda bo’lishdi.
CHunonchi, G.Gerder, V.Gyote, A.S.Pushkin, N.CHernishevskiy, E.Renon, I.Goldsixer, ye.Bertel’s, A.Krachkovskiy, A.Mets, N.I.Kondrad jahon madaniyati taraqqiyotida SHarqning, xususan, “Ipak yo’li” mintaqalarining o’rni, integratsiyasi xususida ilmiy asoslangan fikrlarni bildirishdi.
O’zbek olimlaridan M.M.Xayrullayev, A.Hayitmetov renessans G’arbiy va Markaziy yevropadagi mamlakatlar madaniyatidan olti-etti asr oldin SHarqda, jumladan Markaziy Osiyoda yuz berganligini dalillashdi[3]Erinburg (SHotlandiya) universitetining professori Uolt Montgomeri Uoot ham odilona fikr yuritib, “SHarq, G’arbiy yevropa bilan nafaqat o’zining moddiy madaniyati va texnikaviy kashfiyotlarda erishgan yutuqlarini baham ko’rdi, u nafaqat yevropada ilm-fan va falsafa taraqqiyotiga rag’bat berdi, balki yevropaning o’zini-o’zi haqida yangicha tafakkur yaratishiga olib keldi”[4]– deydi.
SHarq va G’arb ijtimoiy-madaniy integratsiyalashuvida fan va madaniyatni yuqori cho’qqiga ko’tarishda Ibn Sinoning o’rni beqiyosdir. U G’arbda Avitsenna nomi bilan tanilib, tibbiyot ilmining yuqori cho’qqilarga ko’tarilishida uning “Al-qonunu fit-tib” asari katta o’rin tutgani ma’lum. Zero, u nafaqat SHarq uchun, balki G’arb uchun ham tibbiyot ilmidagi eng mo’’tabar olim sanaladi. Uning asarlari tabiatshunoslikning insonni o’rganadigan sohasiga kirishga yo’l ochdi. Ibn Sinoning faoliyatini o’rganish borasida nemis olimlari asosan tabiiy fanlar sohasida muhim ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. O’rta asr islom tabiatshunosligi mutaxassisi Ayl’xard Videmanni “Ibn Sinoning ko’rish jarayoni haqidagi tasavvurlari” degan tadqiqot ishini yaratdi. Lippert allomaning oftal’mologiya sohasidagi tajribalari ustida ish olib bordi. Maks Xorten Ibn Sinoning kamalak haqidagi tushunchalari bilan birga, uning metafizikasini ham o’rgandi. SHveysariyalik X.Suter esa shu mavzuni tadqiq etdi.
G’arbda Averroes nomi bilan tanilgan Ibn Rushd, Averroizmda ilmi aqliyaning cho’g’larini ilk bor ko’zga tashladi. Bu ilmi aqliya keyinchalik Dekart, Spinoza, Leybnits kabi buyuk aql egalarining yetishib chiqishiga sabab bo’ldi va ular tafakkurning yangi qatlamlarini kashf etdilar.
SHarq va G’arb o’rtasidagi ilmiy-madaniy munosabatlarning ipak yo’li orqali rivojlanishi va integratsiyalashuvida Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati beqiyosdir. Al-Farg’oniy yevropada al-Fraganus nomi bilan G’arb olimlarini hayratga soldi va ularning yangi-yangi kashfiyotlari uchun asos yaratdi. Abu Rayhon Beruniyning ijodi bitmas-tuganmas bo’lib, u Mahmud G’aznaviyning ipak yo’lidagi Hindistonga uyushtirgan bir necha safarlarida hamrohlik qildi. U o’zidan keyin ulkan va boy ilmiy-madaniy meros qoldirgan olimdir. G’arb sharqshunoslari ko’p yillar davomida shu merosni o’rganish bilan shug’ullandilar. Dastlab Eduard Zaxau Beruniyning “Osor ul-boqiya” (SHarq xalqlari xronologiyasi) traktatini tahrir va tarjima qildi. Bu asar hanuzgacha tarixchi, faylasuf olimlar uchun tengsiz manba bo’lib xizmat qilib keladi. Bundan tashqari, E.Zaxau “Kitob fil - Hind” asarini ham chop etdi va uni ingliz tiliga tarjima qildi. Bu kitob mubolag’asiz aytish mumkinki, begona madaniyat, din va falsafani xolisona tadqiq etishning ilk yuksak namunasidir, unda bayon etilgan hayotga hindiy dunyoqarash tahlili to hanuzgacha asosli e’tibor kasb etib keladi. Bu ikki yirik asar Beruniyning nomini sharqshunos olimlar doirasidan tashqarida ham mashhur etdi.
Beruniyning asarlari o’sha davrdagi ilmiy kashfiyotlar va tadqiqot ishlarini jonlanishiga ta’sir ko’rsatishi bilan bir vaqtda SHarq va G’arb xalqlari madaniyati va ma’naviyatining integratsiyalashuvi va yuksalishiga ham xizmat qildi. Uning G’arb oilmlari ijodiga ta’siri o’rta asrlarda bo’lgani kabi XIX va XX asrlarda ham davom etdi. Maxs Mayerxof 1932 yilda Berlinda “Beruniyning farmakognoziyasiga kirish” asarini tarjima qilib, nashr ettirdi. I.Franke “Beruniyning astrolobiyalar haqidagi traktati” nomli ilmiy ish yozdi. Ilmiy-madaniy integratsiya natijasida Bonn universiteti, ko’p yillar Beruniy haqidagi ilmiy tadqiqotlar markazi hisoblanib, bu dargohda unga bag’ishlangan yangi asarlar g’oyasi tug’ildi va yaratildi.
SHulardan biri Vili Xartnet va Mattlas SHramm buyuk tabiatshunos haqidagi yangi ma’lumotlarni taqdim etdilar. 1925 yildayoq SHoy “Beruniy astronomiyasi haqida” ilmiy maqolalar yozdi. SHu bilan birga Paul Kalenning tashabbusi bilan Germaniyada ishlagan arab va turk olimlari ham Beruniyning ulkan ilmiy merosidan ayrim xos sifatlarni o’rgana boshladilar. Masalan, suriyalik YAhyo Hashmiy “Beruniyning toshlar haqidagi kitobi” mavzusida ilmiy dissertatsiya yoqlab, bu ilmiy ish bilan G’arb olimlarini hayratga soldi. YOki 1974 yilda N’yu-York universitetida Beruniy va Rumiy ijodiga bag’ishlab o’tkazilgan ilmiy kongressda Xans Robert Ryomer Beruniy haqida yevropada, xususan, Germaniyada yaratilgan ilmiy tadqiqotlar to’g’risida foydali tavsif berdi.
YUlius Ruska Beruniy asarlaridagi tabiiy-ilmiy masalalarni o’rgandi. Xel’mut Ritter Beruniyning “Patanjali yog sutrasidan qilgan tarjimalari” nomli ilmiy tadqiqoti bilan (1954 y.), beruniyshunoslikning yangi qirrasini ochdi.
SHunday ilmiy kashfiyotlar, madaniy hayotdagi yutuqlarning G’arb bilan integratsiyalashuvi natijalaridan shunday xulosalarga kelish mumkin: birinchidan, bu ob’yektiv jarayon bo’lib, ipak yo’li orqali amalga oshirilgan ijtimoiy-madaniy munosabatlarning tarixiy zaruriyatidir; ikkinchidan, ijtimoiy-madaniy va ilmiy munosabatlarning integratsiyalashuvi SHarq va G’arb xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqi va taraqqiyotining istiqboli uchun yangi-yangi ufqlarni ochish imkoniyatini berdi; uchinchidan, bu jarayon turli xalqlar, millatlar, elatlar turmush tarzi, qadriyatlari, an’analari bilan tanishib, o’zlariga xos xulosalarga kelib, moslarini hayotlariga tatbiq etib, muayyan dunyoqarashlarni shakllanishiga asos bo’lgan; to’rtinchidan, bu sohadagi integratsiya xalqlar o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik munosabatlarini o’rnatishga, eng muhimi, mamlakatlararo tinchlik, barqarorlikni saqlab turishga xizmat qildi.
Buyuk ipak yo’li orqali tarqalgan buyuk madaniyat Temuriylar davrida turli xalqlarni ma’naviy jihatdan oziqlantirdi, taraqqiyotga zaruriy kafolatlar berib, iqtisodiy ko’tarilish, siyosiy-ijtimoiy yuksalish sodir bo’ldi. G’arbdan SHarqqa intilish tabiiy ehtiyojlar tufayli, yuzaga kelib, bu maqsad yo’lida tinimsiz harakatlar o’z samarasini berdi. SHarq dunyosi bilan tanishish G’arb uchun misli ko’rilmagan yangiliklarni ochib, ularni bahramand etgan SHarq mamlakatlari ham G’arb dunyosi ajoyibotlari va g’aroyibotlaridan voqif bo’ldi. Ikki dunyo bir-birlariga kuchli ijobiy ta’sir o’tkazdilar va ipak yo’lining rivojlanishida ijtimoiy-madaniy munosabatlar integratsiyalashuvi yanada muhim ahamiyat kasb etdi.
Temuriylar saltanati davridagi an’analar shahzoda Ulug’bek va undan keyingi davrlarda ham davom ettirildi. Bartol’dning O’rta Osiyodagi madaniyatni gullab-yashnagan davrini hikoya qiluvchi “Ulug’bek va uning davri”, “Hirot Husayn Boyqaro” kabi asarlari qariyb bir asr oldin nemis tiliga tarjima qilindi.
Temur va uning avlodlari “Kitobat san’atiga” e’tibor qaratdi. Bu san’at, avvalo, Temuriylarning Hirotdagi saroyida chig’atoy adabiyoti bilan birga ravnaq topib, u bilan sulton Husayn hamda uning do’sti va vaziri Mir Alisher Navoiy shug’ullandilar. Hindistonda qaror topgan buyuk Boburiylar sulolasi (1526-1857) saroylarida uzoq vaqt chig’atoy – turk tili amal qilib keldi. Ma’lumki, Boburning o’zi turkiyda yaxshigina shoir bo’lib, uning tog’avachchasi Mahmudxon ibn YUnusxon Toshkenthokimi edi. Bobur “Boburnoma” asarida bu hukmdorning adabiyo mayllari haqida qisqacha izoh berar ekan, shu davrdagi davlat ishlaridan tashqari xalqning ma’naviy kamolotiga, madaniyat ravnaqiga alohida e’tibor berilganligi qayd qilinadi.
Hozirgi kunda Temur va Temuriylarning, ayniqsa o’rta asr yevropasidagi eng yangi va mufassal “Ziji Ko’ragoniy” astronomik jadvali bilan shuhrat topgan Mirzo Ulug’bekning ma’rifiy bunyodkorlik faoliyati to’g’risidagi tadqiqotlarini hech qachon susaytirmagan Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya hamda boshqa G’arb mamlakatlari olimlariga, XV asrdayoq Sohibqironga – “Evropaning xoloskoriga”, - degan chuqur ramziy ma’noli yodgorlik o’rnatgan Parij jamoatchiligiga yangilik ayta olmaymiz. Niyatimiz shu ulug’ siymolar qoldirgan ma’naviy-madaniy meroslarni asrab-avaylash va ularga munosib voris bo’lib, “Lazurit yo’li”, “SHoh yo’li”, Buyuk ipak yo’li, bugun esa “TRASEKA”, Mashhad-Karachi magistrallari timsolida zamonaviy tarzda qayta tiklash, Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari taraqqiyotidagidek yirik ilmiy loyihalarni yaratish, jahon olimlari shu jumladan, turkiy tilli xalqlar olimlari o’rtasida hamkorlik, yakdillik aloqalarini chuqurlashtirish zarurligini yana bir karra uchtirishdir. Bu borada xalqlarimizning mushtarak ma’naviy merosini asrab-avaylashga, adabiyot, san’at va ilm-fan sohalarida erishgan yutuqlarini dunyoga tanitishga da’vat etilgan Markaziy Osiyo xalqlari assambleyasi va YUNESKOnin Samarqanddagi instituti barchamizni harakatlarimizni uyg’unlashtirib, rag’batlantirib mturishi darkor. Hamkorlikni taqozo qiluvchi boshqa omillar ham mavjud bo’lib, ular quyidagilarda namoyon bo’ladi: birinchidan, ratsionalizmi boshi berk ko’chaga kirib qolgan, fan-texnika taraqqiyoti tufayli idealini yo’qotayotgan G’arbni SHarq ma’naviyatidan qayta bahramand etish, SHarqni esa zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo’lgan ehtiyojini qondirish; ikkinchidan, “evropamarkazchilarning” yangi avlodlari Markaziy Osiyodagi ildizi azaldan yagona bo’lgan turkiy xalqlar mustaqillik tufayli o’z tarixlariga oydinlik kiritishlarini xushlamasdan kutib olganliklariga borib taqaladi. V.Sidorov, S.Petrova, M.Rivkin, D.Brauyer singarilar hatto, turkiylarni Markaziy Osiyoni bosib olganlikda ayblashadi, ular yevropaning, chunonchi – Russiyaning aql-idrokisiz ham mustaqil yashashga qodirmikinlar?, - deya “shubhalanuvchilarning ishtibohlariga”[5]barham berishdir; uchinchidan, teran fikrlovchi mutaxassislar allaqachon SHarq tafakkuri o’rnini ob’yektiv tarzda anglash va shu asosda SHarq bilan G’arb erishgan yutuqlarni birlashtirish orqali umumjahon tafakkuri taraqqiyotini yuksaltirish mumkinligiga amin bo’lishdilar. Taraqqiyot falsafasi beradigan yagona haqqoniy, eng to’g’ri saboq ham ana shudir, qolgan barchasi faromushlik hamda noilmiylikdir.
Red’yard Kipling zamonidan beri SHarq va G’arb boshqa-boshqa olam degan fikr aytib kelinadi. Bugun bu bid’atni islom va xristian dunyolari o’rtasidagi qarama-qarshilikka aylantirishga urinuvchilar ham topilib turibdi. Holbuki, Kiplingdan yuz yil muqaddam Franklin SHarq bilan G’arb ham aslida bir xilqat – xudoning izmidagi dunyodan boshqa narsa emas. Va bu dunyoda inson qanday yashashi lozimligini bilish ham murakkab vazifa emas. Bara millat orasida bu haqda namuna bo’lgan zotlar ko’p. Masalan, Franklin qalamiga mansub bir rivoyat buni tasdiqaydi. U “Ta’qibga qarshi rivoyat” deb ataladi.
Bu rivoyatda inson ma’naviyatiing axloqiy jihatlari, ya’ni insonparvarlik, muhtojlarga yordam qo’lini cho’zish, ko’maklashish fazilatlari Alloh kalomiga suyangan holda talqin qilinmoqda. Demak, inson hamma vaqt yaxshilik qilishga intilishi kerak.
Ma’lumki, dunyoda turli dinlar mavjud. Ularga turli xalqlar e’tiqod qilib keladi. Franklin ana shu e’tiqodda ham umumiylik bor, deb quyidagi fikrni aytadi: bitta Xudo bor va u dunyoni yaratgan; o’z hikmai bilan dunyoni boshqaradi; unga mo’minlik, ibodat va shukronalik bilan sig’inish lozim; ammo xudoga bandalikning eng maqbuli – boshqa odamlarga yaxshilik qilishdir; ruh o’lmaydi; Xudo shaksiz ezgulik uchun taqdirlaydi va yomonlikni yo bu dunyoda, yoki u dunyoda jazolaydi”.
Xalqlarning turli dinda bo’lishiga qaramay e’tiqodda yaqinligi SHarq va G’arb madaniyati va falsafasining uyg’unligini ko’rsatadi.
Hozirgi kunda butun yer yuzidagi 1 milliard 500 millionga yaqin islom diniga e’tiqod qiluvchilar avvalo, bir millat vakillaridan iborat emas, ular orasida arablar, turkiy va forsiy xalqlar xalqlar bilan birga G’arbda ingliz, farang, olmonlardan tortib, SHarqda yapon, indoneziyalik, malayziyaliklargacha, Afrikada esa negrlar ham bor. Islom jahoniy dinlardan biri, unga e’tiqod qiluvchilar irqiy jihatdan ham turlichadir. Musulmonlarni yagona islom millati deb emas, balki Alloh taoloning andalari, hazrat Muhammad alayhissalomning ummatlari, deb tushunmoq joiz. Musulmonchilik –ummatlar birligi[6]Xuddi shunday fikrlarni boshqa jahon dinlari bo’lmish buddaviylik, xristianlik haqida ham aytish mumkin.
“Agar mendan, nega milliy qadriyatlarimiz shuncha zamonlar osha bezavol yashab kelayapti, deb so’oashsa, bu avvalo, muqaddas dinimiz hisobidan, deb javob bergan bo’lur edim”[7]deya ta’kidlaydi Prezident I.A.Karimov .
Barcha jahon dinlari, shu jumladan, islom dini va ta’limotlari ipak yo’li bo’ylab ko’plab mamlakatlarga tarqalib, Byuk ipak yo’lib bo’ylab faqatgina musulmon mullalari va darvishlari emas, balki budaviylik rohiblar ham sayohat qildilar. Dunyodagi barcha narsaga nisbatan mehr-shafqatli bo’lishga chaqirgan jahon dinlaridan biri – buddaviylik, uning ta’limoti, nasroniylik, moniylik, iudaizm kabi dinlar va diniy oqimlar, ularning vakillari ham o’zgacha fikr va dunyoqarashlari bilan ipak yo’li o’tgan mamlakatlarga kirib keldilar hamda Markaziy Osiyo shaharlarida o’z markazlari va ibodatxonalariga asos soldilar.
SHuning uchun islomga qadar ipak yo’li o’tgan mamlakatlarda budda diniga e’tiqod kuchli bo’lganini ko’ramiz. Uning ta’lioti ham xalqlar madaniyatini yaqinlashtirishga, ma’naviyatini shakllantirishga intiluvchi jahon dinlaridan biri edi. Buddaviylik o’ta rivojlangan joy Termiz yaqinidagi Dalvarzintepa bo’lib, bu yerda arxeologlar tomonidan buddaga bag’ishlangan butun boshli xazina topildi, u O’rta Osiyo janubidagi qudratli va eng yirik buddaviylik markazi bo’lganligini ko’rsatadi.
Buddaga sig’inish Mo’g’uliston, YAponiya va Xitoyda hozir ham kuchli. Mana shu dalillarga suyanib, biz yevroosiyo qit’asiga budda dini ipak yo’li orqali kirib keldi, degan xulosaga boramiz.Buddaviylik xalqlarning ijtimoiy-madaniy munsoabatlari integratsiyalashuvida islomga qadar bir yecha yuz yillar davomida ipak yo’lidagi asosiy vositalardan biri bo’lgan.
Bu ta’limot buddaviylik tarqalgan mamlakatlarda keng targ’ibot qilinishi natijasida xalqlar turmush tarzi, oilaviy munosabatlari va madaniyatida chuqur iz qoldirgan va ularning dunyoqarashiga o’z ta’sirini ko’rsatgan.
Xitoy va Hindiston aloqalari taraqqiyoti bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar Hindiston Xitoyga faqat diniy sohada emas, balki til, adabiyot, san’at va me’morchilik borasida ham ijobiy ta’sir o’tkazganlgini e’tirof etadilar.Hindiston va Xitoy juda qadimdan o’zlarining boy va yorqin madaniyati an’analariga ega bo’lib, bu borada yevropani ortda qoldirgandi. Hindiston, Xitoy va unga yaqin mamlakatlar bilan madaniy va ma’naviy aloqalarni bog’lanishida ipak yo’lidan foydalanildi. Xitoyning muhim madaniy markazlaridan biri SHandunda konfutsiychilik dunyoga kelib, bu yerda turli yo’nalishlardagi falsafiy ta’limotlar, faylasuflar birlashgan mashhur akademiya tashkil topdi. Uning natijasilari ham ipak yo’li orqali tarqaldi.
Hindiston o’zining taraqqiyoti jarayonida SHarq madaniyati bilan bog’lanib, Mohenjodaro va Xarappa madaniyati o’choqlari, YAqin SHarq bilan madaniy alqoada bo’lib kelganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, Hindistonning Fors va Mesopotamiya bilan aloqalari ana erta o’rnatilgandi. Xarappa madaniyati G’arbiy Panjobda Hind daryosi havzasida ravnaq topib, qadimiy hind badiiy yodgorligi “Rigveda” ma’lumotiga ko’ra, hindlar Panjob va Gang daryosi yuqori oqimigacha kelib-ketib turardi. Gang daryosining unumdor vohasi o’zlashtirilib, asta-sekin Gang daryosining o’rta va quyi oqimi vohasi hamda Hindiston yarim orolining boshqa barcha hududlari madaniy o’zlashtirildi.
Ijtimoiy-madaniy munosabatlarning shakllanishi va integratsiyalashuvi natijalarini ipak yo’li orqali SHarq xalqlariga hamda G’arbga ta’siri buddaviylik dini vositasida bo’lgani kabi bu jarayon zardo’shtiylik, xristian dini va oqimlari orqali ham amalga oshirilgan.
SHoh Feruz davrida nasroniylik Eronda alohida ahamiyat kasb etdi, lekin vaqt o’tishi bilan zardo’shtiylik dinining mavqei yuksalib, narsoniylar ommaviy ravishda O’rta Osiyoga kirib keldilar. Bu dinning O’rta Osiyoda targ’ib qilishda Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli kitobida qayd etilishicha, rohib Barshabbe Marvga nasroniylikni olib kelib, o’z monastirlariga – ibodatxonalariga ega bo’lgan. keyinchalik Samarqandda, Hirotda va Hindiston, Xitoylarda mitropolitlar tashkil etgan. Bu fikrlarni V.Bartol’d va E.Zaxaular ham tasdiqlaydi. SHarqiy Turkiston vohasi orqali nasroniylik Xitoyga hamk kirib bordi. Bu targ’ibotda ham ipak yo’lining o’rni katta bo’lgan.
Arman olimi yegishe ma’lumotiga binoan, eftaliylar xoni armanlar bilan shartnoma tuzishda, ularning e’tiqodi bo’yicha nasroniycha qasamyod qilganlar. S.P.Tolstov ma’lumotiga binoan, O’rta Osiyoda katta miqdorda pravoslav mazhabidagi aholi ham bo’lib, ular Xorazmd, Samarqandda ko’p bo’lishgan.
Ibn Xavqal ma’lumotiga binoan, Sirdaryo bo’yida Toshkent viloyati hududida ham Vinkerd nomli nasroniylar qishlog’i bo’lgan[8]Narshahiyning tasdiqlashicha, arab sarkardasi Ismoil Somoniy Tarozda islomni joriy qilib, u yerdagi nasroniylik cherkovini sobor masjidiga aylantirgan.
Tadqiqotimiz ko’rsatishicha, Buyuk ipak yo’li o’tgan mamlakatlarda, shu jumladan, O’rta Osiyoda milodiy asrning boshlarida zardo’shtiylik, buddaviylik va nasroniylik dinlari kirib kelib, har biri o’z targ’iboti doirasida muxlislarini ma’naviy madaniyatini diniy ta’limot asosida shakllantirishga haarkat qilgan. SHu tariqa diniy axloq, diniy tizim, e’tiqod normalari shakllana borgan. Ayni paytda, hududimizdagi insoniyatning ilg’or vakillari fan va san’atning turli yo’nalishlari bilan shug’ullanib, o’z kashfiyotlari natijalariga suyanib, ma’naviy madaniyatni ilmiy dunyoqarash yo’nalishiga muayyan hisa qo’shishga harakat qilganlar. SHu davrdagi yana bir diniy oqim – moniylik bo’lib, unga Moniy ibn Fatak asos solgan. U asos solgan ta’limot III-X asrlarda O’rta Osiyoning ma’naviy taraqqiyotida muhim o’rin tutgan. Moniy ta’limotiga binoan, olam ikki narsadan – zulmat va ziyodan iborat. Ular doimo o’zaro kurashadilar va ziyo zulmatni yengadi. Moniy tomonidan yaratilgan “SHoburaqon”, “Kanz ul-ahyo’” (“Tirilganlar xazinasi”), “Jabborlar haqida”, “Sirlar kitobi”, “Avangelion”, “Kefalya”, “Bungoxik” (“Bungohang”) kabi kitoblar katta ahamiyatga molikdir.
Moniylik Eron, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Suriya, rm, O’rta Osiyo shaharlarida keng tarqalib, arab olimi an-Nadimning ma’lumotiga ko’ra, Movarounnahrga kirib borgan birinchi dinlardan bo’lgan. moniylik diniy oqimi bo’lishi bilan bir vaqtda ipak yo’lida tarqalgan mamlakatlarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida, xususan she’riyat, rassomchilik kabi madaniyat turlarini integratsiyalashuviga o’z hisasini qo’shgan. Moniylikning targ’ibotchilaridan biri – Mar Amo avval Arabshaxrga so’ngra Marvga kelib, keyin Kushon davlatiga o’tgan. Amudaryo bo’yidagi qadimgi Zem shahrida moniylik jamoasini tashkil etgan. Uning bosh markazlari Marv, Samarqand va CHag’oniyon bo’lib, moniylik mavqei .CHag’oniyonda kuchli bo’lgan keyinchalik uyg’ur xalqlarida hukmron dinga aylangan.
Moniy o’rta asr SHarq she’riyatida mashhur naqqosh va rassom sifatida doimo tilga olinib, buyuk shoirlardan Nizomiy Ganjaviy, alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, o’z “Hamsa”larida Moniyni ta’rif va tavsif etganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o’z “Xamsa”siga kirgan “Farhod va SHirin”, “Sab’ai sayyor” kabi dostonlarida Moniyni alohida tilga olgan.
Ma’lumki, moniylik turk qabilalari orasida ham keng tarqalgan. Ko’plab, moniylik qo’lyozmalari qadimgi turk tilida bitilgan. Aynan, SHarqiy Turkistonda ko’p miqdorda rasmlar bilan bezatilgan uyg’ur tilida bitilgan “Xvastuvanifta” ingliz arxeologi Aurel Steyn tomonidan qadimgi Dunxuan xarobalaridan topilgan. Xitoyga moniylik so’g’diylar orqali olib borrilgan. Tan saltanatining markazi Gayyuanda moniylik ibodatxonalari barpo etilgan.
Qadimiy va milliy dinlardan bo’lgan iudaizmni O’rta Osiyoga kirib kelishi va ijtimoiy-madaniy munsoabatlarning integratsiyalashuvida qo’shgan o’ziga xos hissasi bor. U faqat bitta yahudiy millatining dini hisoblanib, iudaistlar ipak yo’lidagi mamlakatlarda san’atning turli yo’nalishlari, tabiiy fan sohalari bilan shug’ullanib, xalqlar madaniyati rivojiga hissalarini qo’shganlar. Iudaizm Vavilondan Kavkazorti va O’rta Osiyoga Ahamoniylar davrida (mil. avv. 559 y.) kirib keldi[9]
YAhudiy-iudaistlar O’rta Osiyoga (Marv) vavilonlik rohib Samuelning kelishi bilan bog’liq bo’lib, Buyuk ipak yo’lining Xatra, Ekbatan, Gekatompil’, Parfiya, marg’iyona, Baqtriya, Tohariston, So’g’diyona, Xorazm orqalikirib keldi . So’g’diyona, CHoch, Farg’ona orqali ular SHarqiy Turkistonga o’tdi[10]Fuzail Balxi va “Bahr ul-asror” ma’lumotlariga asosan, Balx darvozalaridan biri “YAhudiya” deb atalgan. Ularning Samarqand va Buxoroda o’rnashganligi haqida yozma manbalar yo’q. Nasafiy “Qandiya” nomli kitobida rivoyat qilishicha, Afrosiyobni suv bilan ta’minlagan “Qo’rg’oshin ariq” – “Juyi Arziz” arablarga qadar mavjud bo’lib, uni yahudiy donishmandi bunyod etgan. Ular Vavilondagi iudaistlarning Pumpedaga (Peruz – SHopur va Mesopotamiyadagi Anbar) akademiyalarida yahudiy-iudaizm diniy qonunlarini targ’ib qilib, ipak yo’lining g’arbiy yo’nalishini qaror topishida katta o’rin tutdilar va o’zlari ham shu yo’l orqali ijtimoiy-siyosiy, savdo-sotiq, iqtisodiy va madaniyaloqalarni olib bordilar.
Ushbu paragrafda bayon etilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
-Buyuk ipak yo’li bilan G’arb mamlakatlari Gretsiya, Vizantiya, SHarqiy O’rta yer dengizi mamlakatlari, Misr va Mesopotamiyadan turli missionerlar, din ahllari, sayohatchilar, ziyoratchilar, elchilar, diplomatlar O’rta Osiyoga, undan SHarqiy Turkiston va Xitoyga yetib bordilar. Bu yo’lning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida munosib o’rin tutishida greklar, rimliklar, misrliklar, vizantiyaliklar, mesopotamiyaliklar o’ziga xos o’rin tutdi;
-Buyuk ipak yo’li G’arb va SHarq mamlakatlari xalqlari ma’naviy madaniyatining yutuqlarini o’rganishga yo’l ochdi, ularni umumlashtirdi. SHuning uchun bu yo’l “Buyuk madaniyat yo’li” bo’lib ham xizmat qildi. YAna bu yo’l orqali ilm-fan, san’at, adabiyotda erishilgan ajoyib muvaffaqiyatlar baham ko’rildi. Qo’shni xorijiy SHarq xalqlari urf-odatlari, an’analari uyg’unlashib, yangi bir yuksak madaniyat sarchashmalari bunyod etildi;
-o’zaro aloqalar tufayli yer yuzi aholisi bir-birlariga kuchli ijobiy ta’sir ko’rsatib, biri ikkinchisining ma’naviyatini, madaniyatini boyitdi, to’ldirdi;
-Buyuk ipak yo’lining ma’naviy omil sifatidagi roli shunda bo’ldiki, ular birgalikda yozuvni, san’at turlarini, muomala madaniyatini, uy-o’zg’or buyumlari, hattoki, kiyinish madaniyatini o’zlashtirdilar, bu esa turli millat vakillarining ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qildi.
-bu davrda O’rta Osiyoga kirib kelgan zardo’shtiylik, buddaviylik, nasroniylik, islom va boshqa dinlarning har biri diniy ta’limot asosida kishilarda diniy ongni shakllantirishga harakat qildi. Ammo, ularning barchasi diniy axloq orqali xalqlar ma’naviyatini boyitishga o’z hissasini qo’shdi.
-SHarq va G’arb ijtimoiy-madaniy munosabatlari integratsiyalashuvi turli xalq, elat va millat vakillarining o’zaro iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga, fan va madaniyat yutuqlari bilan tajriba almashishga yo’l ochdi.
O’zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti va ma’naviy madaniyati integratsiyalashuv jarayonida Buyuk ipak yo’li an’analarining tiklanishi va rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etib, jahon madaniyati tizimiga munosib hissa qo’shmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri jumladan, SHarq va G’arb mamlakatlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti istiqbollari xalqaro integratsiyalashuv jarayoniga bog’liq bo’lib qoldi. Asrimizning muhim xususiyati aholi talab va ehtiyojlarining g’oyat darajada o’sganligi bilan belgilanadi. Alohida bir mamlakat resurslari bilan uning xalqi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi, hatto, rivojlangan mamlakatlar uchun ham boshqa mamlakatlar bilan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish ob’yektiv zaruriyat bo’lib qolmoqda.
SHu bois, barcha mamlakatlar shu jumladan, O’zbekiston ham Buyuk ipak yo’li orqali boshqa xalqlar bilan o’zaro ijtimoiy-madaniy integratsiyadadir. O’zbekiston xalqaro integratsiyani yo’lga qo’yish va o’z taraqqiyot istiqbollarini belgilab olish uchun qulay geografik-strategik imkoniyatlarga ega bo’lib, SHarq bilan G’arbni bog’lab turgan buyuk ipak yo’li O’zbekiston hududi orqali o’tib, bu yerda savdo yo’llari tutashgan, tashqi aloqalar va turli madaniyatlar bog’lanib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham yevropa va Osiyoni bog’laydigan yo’llar Markaziy Osiyodan, uning o’rtasida joylashgan O’zbekistondan o’tadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikni qo’lga kiritganidan keyin bu aloqalar yanada shakllanib, ahamiyati oshib bormoqda.
Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy, siyosiy, madaniy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. O’zbekiston bugungi kunda qo’shni davlatlar – Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston o’rtasida bog’lovchi halqa vazfiasini o’tamoqda. Mintaqa doirasida har tomonlama manfaatli madaniy munosabatlar o’rnatish imkoniyati O’zbekiston orqali ochiladi. O’zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan bo’lib, aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo’shnilaridan ma’lum darajada ustun turadi. tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral, xom ashyo zahiralari va strategik materiallarga ega. Dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta’minlashga qodir bo’lgan O’zbekistonda sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlari ham mavjud. O’zbekiston o’zini neft’, gaz, rangli materiallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ham ega.
YUrtimizning jahonga mashhur bo y ma’naviy merosi ham bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o’rin egallab, dunyoning madaniy, ma’naviy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ta’sir o’tkazib keladi.
Biroq, geografik-siyosiy jihatdan O’zbekistonda qiyinchiliklar tug’diruvchi omillar ham mavjud bo’lib, O’zbekiston o’zining geografik-siyosiy holati jihatidan jamoaviy xavfsizlik tizimi izchil yo’lga qo’yilmagan mintaqada joylashgandir. U Fors ko’rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarimi havzasining neft’ va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan.
SHu boisdan, bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko’pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o’zaro to’qnashmoqda. Bir tomondan, SHarq va G’arb mamlakatlari, shuningdek Rossiya, Xitoy va Hindiston, mazkur mintaqada o’z manfaatlarini izlamoqda. Ikkinchi tomondan, musulmon dunyosidagi ba’zi kuchli mamlakatlar – Turkiya, Pokiston, Eron va Saudiya arabistoni ham bizning hududimizdan o’z manfaatlarini qidirmoqda.
YAna bir noqulaylik shundan iboratki, O’zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag’batlantirilib kelinayotgan, ichki mojaro (urush) avj olgan Afg’oniston bilan chegaradosh. Buni мухтарам Prezidentimiz quyidagicha ta’riflaydi: “Bu urush hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo davlatlariga “iliq dengizlar”dagi portlarga chiqish va shu yo’l bilan jahon xo’jalik aloqalari tizimiga qo’shilish imkonini beradigan yangi transport kommunikatsiyalarini ochish yo’lida asosiy g’ov bo’lmoqda. Bu esa, o’z navbatida, milliy iqtisodiyotning rivojlanishini sekinlashtirmoqda. CHunki samarali mol ayirboshlash uchun juda qisqa va barqaror transport kommunikatsiyalari kerak bo’lishi hammaga ma’lum”[11]Ma’lumki, sovetlar davrida O’zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgan bo’lib, endilikda, istiqlol yillarida janubiy yo’nalishda transport kommunikatsiyalarini rivoj topitirish imkoniyati vujudga keldi va bu borada muhim choralar ko’rildi. SHu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq, O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifa bo’lib turdi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emasdi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, sobiq ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, ya’ni xalqaro integratsiya markaziy hokimiyat tomonidan olib borilib, respublikalar, jumladan, O’zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat hisoblanardi. SHu bois, davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o’quv yurtlari yo’q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qildi. O’zbekiston rahbariyatga bu sohadagi ko’p qirrali ishlarni boshdan boshlashga to’g’ri keldi.
Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro integratsiyalashuv qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyo davlatlar tan oldi, ular bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda ushbu mamlakatlarning elchixonalari ochildi.
Ipak yo’lidagi xalqaro munosabatlar avvalo, turli mamlakatlarning yaqinlashuvi va madaniyatini integratsiyalashuviga hissa qo’shmoqda; ikkinchidan, yevropa va SHarqdagi ko’pgina mamlakatlar bilan bevosita, ikki tomonlama munosabatlarning inobatga olib, biz jahon hamjamiyati bilan keng ko’lamda integratsiyalashgan zamonaviy demokratik davlatni bunyod qilmoqdamiz.
Biz uchun mustaqillik o’z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo, o’z taraqqiyotimizni o’z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko’zlagan holda tashkil etish, o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurish huquqidir. SHu bois, o’z-o’zidan ayonki, agar integratsiya mamlakatimizning ozodligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini cheklab qo’ysa yoki qandaydir mafkuraviy majbariyatlar bilan bog’lansa, u holda chetdan olib kelinadigan har qanday integratsiya biz uchun keraksizdir.
Biz manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda –dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo, bir muhim qoidaga, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz mamlakatimiz iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega bo’lgan, demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos keladigan taqdirdagina jahon hamjamiyatiga kirishimiz mumkin. Ayni chog’da, mamlakat jahon hamjamiyati bilan hamkorlik o’rnatgan taqdirdagina, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida o’zining munosib o’rnini topganida mintaqa va butun dunyo xavfsizlik tizimlarini barpo etishda faol ishtirok etgandagina, u hozirgi zamon global muammolarini hal qilishda munosib o’rin egallaydi.
O’zbekistonning ipak yo’lida joylashgan mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy integratsiyasini yo’lga qo’yishi birinchidan, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etdi; ikkinchidan, O’zbekistonning SHarq va G’arb mamlakatlari bilan ko’p jihatlarda integratsiyalashuvi hududimizda fan, madaniyat, san’at turlarini rivojlanishiga xizmat qildi.
Buyuk ipak yo’lining o’zbek xalqi ma’naviy madaniyatini shakllanishidagi tarixiy ahamiyati yana shundaki, bunda madaniy aloqalarning o’zaro almashish jarayoni kuchli bo’lgan. masalan, G’arbdagi birodarlari hayotiga sharqliklar arxitekturani ixlos bilan singdirishgan. Sakkiz asr davomida musulmonlar qo’li ostida bo’lgan Ispaniyaning Qurdoba, SHiviliya, G’ironada viloyatlarida bu hol darhol ko’zga tashlandi. Samarqandlik ma’rifatparvar va tarixchi M.Behbudiyning yozishicha, sharqliklar bu yerda “shaharlar, jannatmisol bog’lar, yuz ming jildlik kitobxonalar, dorul-ulumlar, hashamatli qasr va koshonalar bino etib, jannatmakon etdilar... . Qurdu shahrining uzunligi 36 chaqirim, eni 9 chaqirim bo’lib, masohat sathiyasi shaharga qarashli bog’lar bilan 324 murabba’ chaqirim edi. Holbuki, hozirgi Lundunning masoxam sathiyasi 174 chaqirimdir”[12]Markaziy Osiyolik “Geometrik qoidalarning hunarmandlarga kerakli tomonlari” nomli kitoblarida (Abul Vafo al-Buzjoniy, X asr) geometrik usullar yordamida har xil naqshlar, bino bezaklari yasashni nazariy asoslabgina qolmay, ana shu bunyodkorliklarda ham ishtirok etishgan. Venalik prof.V.SHmidt va qadimiyat olimi O.Mengen Old Osiyo hamda Nil havzasidagi obidalarning ijodkorlarini yurtimizdan ko’chib borgan turkiylar, deb hisoblaydilar. Misrliklar chog’ida suv sathini o’lchovchi dunyoda yagona “Nilometr” inshootini yaratgan, necha asrlar mobaynida dengizchi va karvonboshilar yulduzlar xarakatini o’lchashda foydalanib kelgan usturlobni kashf qilgan ahmad al-Farg’oniyning faoliyati bu xulosa asosli ekanligini ko’rsatdi. Professor B.Qosimovning ta’kidlashicha, misrshunoslar Misr ehromlarining, hindshunoslar Mohinijidoro madaniyatining dunyoga kelishida turkiy izlarni ko’radilar[13]Tasviriy san’at va she’riyatning G’arbga in’om etilganligini quyidagi holatlarda ko’rish mumkin: birinchidan, SHarqda fanning turli yo’nalishlarini boshqaruvchi “Bayt ul-hikma”dan tashqari badiiy ijod bilan shug’ullanuvchi akademiyalar Hirotda (XV asr) ishlab turgan “Nigoriston” san’at akademiyasi Mirak Naqqosh, Sultonali Mashhadiy va Kamoliddin Behzod singari betakror musavvirlarni jahonga tanitgan bo’lsa, Italiyada bunday nafosat dargohi XVI asrning ikkinchi yarmida (aka-uka Ludoviko va Annibele Karrachchelar), Rossiyada XVIII asr nihoyasida tashkil topdi; ikkinchidan, Nizomiy, Firdavsiy, Xisrav, Hayyom, Hofiz, Sa’diy, Navoiy kabi bobokalonlarimiz she’riyatidagi shakl hamda uslubiy vositalar G’arb ijodkorlariga bag’oyat ma’qul tushadi.
YUrtboshimiz Islom Karimov boy ma’naviy merosimizga asoslanib, xalq amaliy san’ati, turizm, ma’naviyat, madaniyat, milliy merosimiz, an’analarimizni tiklash borasida faol ishlar amalga oshirishga alohida e’tibor bermoqda. Toshkent shahri “Buyuk ipak yo’li” belgisi ostida xalqaro turizm sayohati muvofiqlashtiruvchi yirik markaz sifatida bejiz tanlanmagan. Buni xalqaro hamkorlik va do’stlik yo’liga aylantirish uning asosiy da’vatidir.
1987 yilda YUNESKO BMT butunjahon dekadasi miqyosida madaniy taraqqiyot yuzasidan “Buyuk ipak yo’li – muloqot yo’li” xalqaro dasturini qabul qildi. Dastur O’rta Osiy xalqlari sivilizatsiyasi taraqqiyotini har tomonlama keng va chuqur o’rganishni ko’zda tutdi. 1988, 1990, 1991 yillarda esa YUNESKO vakillari Rimdan Tokiogacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdilar. 1991 yilda uyushtirilgan xalqaro ekspeditsiyada 60 ga yaqin olim, xuddi shuncha jurnalist ish olib bordilar. Eskpeditsiya ikki yo’nalishda tashkil etildi: 1) SHimoliy Xuroson va Movarounnahrning shahar markazlari hamda karvonsaroylarini o’rganish; 2) Markaziy Osiyodagi o’troq va ko’chmanchi xalqlar madaniyatlarining o’zaro ta’siri jarayonlarini tadqiq etish bilan shug’ullanadilar. Bundagi asosiy bosh maqsad hozirgi davrda SHarq va G’arb orasida keng iqtisodiy va madaniy aloqalarni o’rnatish, mintaqalarda yashovchi xalqlar o’rtasidagi umumbashariy va o’z navbatida milliy qadriyatlarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishdan boratdir. Bundan tashqari bir qancha ilmiy konferensiyalar, seminarlar o’tkazildi, hamkorlikda xalqaro ekspeditsiya ishlari olib borildi. Kinofil’mlar yaratilib, kitoblar, risola va maqolalar nashr etildi, ayrim arxeologik va me’morchilik yodgorliklari tiklandi.
Buyuk ipak yo’li o’tgan mamlakatlar bir-birlari bilan yana musiqa, yozuv, san’at turlari, turmush madaniyati sohalarida ijtimoiy-madaniy integratsiyalashuvga erishdilar. SHu boisdan qadimda asos solingan madaniyatlardagi umumiylik, uyg’unlik nishonalari hozirgacha yaqqol sezilib turadi. jumladan, ipak yo’li kesib o’tgan mamlakatlar xalqlarining musiqa madaniyati bir-biriga juda hamohang, o’xshashdir. Milliy musiqa asboblarining ohangi bir-biriga yaqin, bir-birini to’ldirib turadi. yoki o’ziga xos yo’sinda uyg’unlikka ega. O’rta Osiyo va Eron xalqlarining musiqasini deyarli ajratib bo’lmaydi, ohanglar uyqash, tovushlarida betakror sharqona nazokat mavjud.
Musiqa va san’at rivojlanib, maxsus “madhlar guruhi” yaratilgan. SHe’riyat ravnaq topdi, shahanshohning shaxsan o’zi ham she’riyat shaydosi edi, she’rxonlik qilardi, she’rlar yozish bilan shug’ullanar edi. Bu she’riyat fransuz tarixchisi SHavanning ta’kidiga ko’ra, saroy she’riyati edi[14]Xalqlar ma’naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi bo’lgan yozuvni ixtiro qilinishi va hayotga joriy etilishi bu yo’ldagi ravnaq topishining tarixiy bosqichi bo’ldi. Endilikda turli millatga mansub xalqlar yozma adabiyotlar orqali ma’naviy madaniyatni boyitish, fikr almashish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Masalan, O’rta Osiyoning ko’p joylaridan topilgan xitoycha yozuv yodgorliklari Xitoy va O’rta Osiyoning o’zaro aloqalari muntazam davom etganligini tasdiqlaydi[15]
YAna bu hududga ipak yo’li orqali G’arbiy Osiyodan oromiy yozuvi kirib keldi. U alohida-alohida harflardan iborat bo’lib, oromiy yozuvi asosidagi – So’g’d yozuviga asos bo’ldi. Buni Qoraqum tog’lari orqali o’tgan Vaxandan Svatgacha bo’lgan janubiy tarmoqdagi Hind daryosi yuqori qismidan topilgan tagxat va rasmlar ham tasdiqlaydi. Bular Hind, Baqtriya, Parfiyona va Xitoy yozuvlarida aks etib, So’g’d yozuvlari ham anchagina qismini tashkil etadi. Bular Kushon, So’g’d, Xitoy savdogarlari, musavvirlari, budda monaxlari va rohiblari tomonidan chizilib, ipak yo’lidan o’tgan xalqlarning o’ziga xos “qayd daftari”ni bildiradi.
YOzuv madaniyatidan tashqari ipak yo’lida o’rnashgan xalqlar kiyimida ham ranglarning o’ziga xos uyg’unligi bor. Bular yorqin, kamalak rang, tiniq ranglardir. Bu xildagi liboslar yaponlar, xitoylar, mo’g’ullar, uyg’urlar, o’zbeklar, qirg’izlar, tojiklar, forslar, afg’onlar va boshqa hind xalqlariga ham tegishlidir.
Muxtasar qilib aytganda, ipak karvonlari o’tgan yo’l yoqasida yashagan xalqlar ijtimoiy-madaniy munosabatlarining integratsiyalashuvi natijasida urf-odati, madaniyati bir-birlariga aralashib ketdi, o’zaro ta’sir kuchiga ega bo’ldi. Iqtisodiy va ijtimoiy madaniy hayot esa turli tillarda so’zlashuvchi har xil dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlarning o’zaro tengligi va hamkorligi asoslariga qurildi. Ma’lumki, azaldan yonma-yon yashab kelgan, har xil dinlarga sig’inuvchi (iudaizmdan tashqari) xalqlar orasida nikoh munosabatlari odatdagi hol bo’ldi[16]V.A.Livshitsning kuzatishicha, turk yigiti Uttegin va so’g’d malikasi Dug’donachi orasidagi nikoh majburiyati bordiyu, ular orasidagi shartnoma bekor bo’lib, ajrashish haqida qaror qabul qilingan paytda ham yigit qizni hech bir ziyon-zahmatsiz ota-onasiga qaytarishi lozim edi[17]Bu oilaviy munosabatlarni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Xalqlar ma’naviy madaniyatining ravnaq topishiga olib kelgan o’ziga xos xususiyat shunda ediki, sayyohlar, elchilar va savdogarlar qaysi mamlakatdan chiqib, qayerga borishi, qaysi dindagi xalq vakili bo’lishidan qat’iy nazar, mahalliy yerli xalq tazyiqiga uchramadi. Davlat ularga homiylik qildi. Bular Afrosiyob devorlariga ishlangan rangli suratlarda o’zining yaqqol ifodasini topgandir.
Jamiyat taraqqiyotida ma’naviy madaniyatning yo’nalishlaridan bo’lmish san’at turlarining xalqaro orasida tarqalib, o’zaro tajriba almashishi bu davrning o’ziga xos xususiyati bo’ldi. Masalan, Xitoyda Toshkent raqqosalari, Buxoro aktyorlari, Samarqand musiqachilari, Xo’ton (SHarqiy Turkiston) qo’shiq ustalari mahorat bilan o’z nafis san’atini namoyish qildilar. Bular Xitoyga Parfiyadan (Ansi) birinchi bor diplomatik aloqa o’rnatilgan vaqtda bir necha qiziqchilar bilan bordilar. Ular litszyanlik bo’lib, tadqiqotchilar tasdiqlashicha, Litszyan yoki Li-syan Aleksandriya, ya’ni Iskandariya shahridir. Manbalarning guvohlik berishicha, bunga qadar Xitoyda san’atning bu turi yo’q bo’lib, Xitoy va Afrika madaniy aloqalari bilan shug’ullangan tadqiqotchi V.A.Vel’gaus fikricha, Iskandariyadan Xitoyga kelgan ko’zboylag’ichlar Xitoyda san’atning shu turiga asos solibgina qolmasdan, hatto Xitoy teatrning vujudga kelishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Aleksandriya – sehrgarlar, afsungarlar tayyorlab beruvchi markaz sifatida mashhur bo’lib, ko’zboylag’ichlar turli-tuman o’yinlar ko’rsatishgan.
G’arb va SHarq orasidagi bu aloqalar quruqlik, ya’ni O’rta Osi orqali olib borili, dengiz suv yo’llaridan ko’pincha, xitoyliklar va Malyziya dengizchilari foydalanishgan.
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati taraqqiyotining integratsiyalashuvi xususida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zbek, qirg’iz, qoraqalpoq, tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalqlar o’rtasidagi qadimiy do’stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlashni nazarda tutib “Turkiston – umumiy uyimiz” degan g’oyani ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakillarini, birinchi navbatda, ijodkor ziyolilar yozuvchilar, tarixchilar va boshqalarning e’tiborini Turkiston tuyg’usini - tarixiy birlik tuyg’usini qaytadan tiklashga qaratdi.
Mintaqa ziyolilari, Turkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni yaqinlashtirish maqsadida bo’lgan sog’lom kuchlar bu g’oyani qo’llab-quvvatladilar. “Turkiston – umumiy uyimiz” deb nom olgan jamoatchilik harakati tashkil topdi.
1995 yil 21 noyabrda Toshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida “Qardosh xalqlar uchrashuvi” mavzusida xalqaro qurultoy bo’lib o’tdi. Unda “Turkiston – umuiy uyimiz” harakatini birinchilardan bo’lib qo’llab-quvvatlagan mashhur qirg’iz yozuvchisi CHingiz Aytmatov ma’ruza qildi. Ma’ruzachi va so’zga chiqqan qardosh xalqlar vakillari mintaqada yashab o’tgan ajdodlarimiz ruhi bilan olis istiqbolda tug’iljak avlodlar bog’liqligi, mintaqa yaxlitligi, yagona Turkiston tuyg’usining muqaddasligi haqida so’zladilar. Qurultoyda “Turkiston xalqlari madaniyati assambleyasi” tashkil etildi. CHingiz Aytmatov assambleya prezidenti, Odil YOqubov assambleya vitse-prezidenti etib saylandi. Assambleyaning qarorgohi Toshkent shahrida bo’lib, Bishkek va Almatada uning bo’limlari tashkil etildi.
“Turkiston – umumiy uyimiz” g’oyasining falsafiy tahlili shundan iboratki, birinchidan, bu hududda yashovchi xalqlar, millatlarning o’zaro munosabatlarida, turmush tarzida, urf-odatlarida, hayotiy yo’nalishlarida bir-birlarini tushunish, hurmatini joyiga qo’yish umumiy g’oyasi shakllangan; ikkinchidan, tarixan birga yashab kelgan bu xalqlarda ijtimoiy mehnatga, o’zaro hamkorlikka, hattoki, turli millatlar o’rtasida oila-nikoh tuzish g’oyasi ham ular uchun odatiy narsaga aylanib borgan; uchinchidan, bu xalqlar dunyoqarashining shakllanishiga diniy qadriyatlarning, xususan, islom ta’limotining ta’siri kuchli bo’lgan, to’rtinchidan, ipak yo’li bu hudud xalqlarini yanada yaqinlashtirib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol’ o’ynab, ma’naviy va moddiy madaniyatning uyg’unlashishiga asos solgan. Ammo, bu g’oyaning zamirida Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtirish yoki ular tepasida turuvchi yangi bir tizimni yaratish kabi maqsadlar qo’yilayotgani yo’q. “Turkiston – umumiy uyimiz” deganda barcha turkiy davlatlar hamda turkiy xalqlar nazarda tutilayotgani yo’q, gap Turkiston deb nomlangan siyosiy-geografik hududdagi mamlakatlarning o’zaro birligini mustahkamlash, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini yaqinlashtirish haqida bormoqda. Markaziy Osiyo davlatlarining har biri o’z doirasida o’z taraqqiyoti yo’lidan rivojlanib boraveradi.
Turkiston xalqlari madaniyati assambleyasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat, san’at, adabiyot va fan namoyandalari o’rtasida aloqalarni chuqurlashtirish, xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish maqsad qilib olingan. SHu ma’noda 1997 yilda Bishkekda “Mustaqillik vaziyatida ma’naviyat masalasi” mavzusida simpozium, Toshkentda taniqli qozoq adibi Muxtor Avezovning ijodiga bag’ishlangan “Muxtor Avezov va o’zyuek adabiyoti” mavzusida ilmiy konferensiya, “Mustaqillik – baxtimiz, toleimiz, kamolimiz” mavzusida mushoira, “Markaziy Osiyo mustaqil davlatlari halqlari she’riyatining buguni va ertasi” mavzusida davra suhbati va boshqalar bo’lib o’tdi.
Bu boradagi muhim qadamlardan biri “Markaziy Osiyo madaniyati” (1997 y. oktyabr’) nomli 8 sahifali haftalik gazeta o’zbek, qozoq, qirg’iz, tojik, rus tillarida chiqmoqda. Bu tadbirlar mintaqa xalqlari o’rtasidagi ipak yo’lida orttirilgan do’stlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishga hamda ma’naviyatini boyitishga ko’maklashmoqda.
O’zbek xalqi ma’naviy madaniyatini shakllanishiga olib kelgan ijtimoiy-axloqiy vositalardan biri hududdagi qadimdan mavjud bo’lgan turli xil diniy va madaniy haarkatlar o’chog’idir. Ular insonda barkamollik, haqgo’ylik, adolatni ulug’lagan, insondan fikr sofligi, so’zning sobitligi va amallarning insoniyligini talab qilgan zardo’shtiylik, insonning ma’naviy kamoloti me’yorlarini ishlab chiqqan islom dini, muqaddas dinimiz bag’rida yuzaga kelib, insonyi komillik ta’limotiga aylagan tasavvuf nazariyasi va amaliyoti uning uch tariqati – Kubraviya, YAssaviya va Xojagon Naqshbandiya aynan bizda paydo bo’lib, shu yerdan Byuk ipak yo’li orqali keng islom olamiga yoyildi va o’zining katta ta’sirini ko’rsatdi. YAssaviya va Xojagon Naqshbandiya tariqatlari bevosita Buxoroda – Xoja YUsuf Hamadoniy pirligida kurtak otdi. Hind-Pokiston mintaqasida ehtirom bilan tilga olinadigan ko’plab so’fiy ustozlarning nomlari ularning tag zoti Markaziy Osiyoga mansub ekanligidan dalolat beradi. masalan, Dehlida faoliyat ko’rsatgan, asli o’shlik Qutbiddin Baxtiyor Kaki va bobolari buxorolik bo’lgan Nizomiddin Avliyolarni eslash mumkin. Keyinchalik bu o’lkalarda muhim o’rin tutgan Naqshbandiylikni ham nazarda tutish lozim.
Tasavvufning mag’zida bu dunyoga berilmaslik, hayotning o’tkinchiligini ichdan his qilib yashash g’oyasida bo’lgan so’fiylar uchun, xususan, Xojagon Naqshbandiyadan oldingi tariqat vakillari orasida tarkidunyochilikka moyillik tuyg’usi kuchli bo’lgan. shunga asoslanib, jahon tasavvufshunoslaridan ayrimlari musulmon mamlakatlari umumtaraqqiyotda G’arb dunyosidan orqada qolgani xususan, yer yuzidagi eng rivojlangan yetti mamlakatning birontasi ham musulmonlar yurti emas ekanligini ro’kach qildi va aynan aholining kuchli, aqlli, ruhan, ma’nan kamolot cho’qqisiga yetgan kishilari siyosatga, ya’ni davlat ishlaoiga aralashmay, tasavvufga mashg’ul bo’lganligini sabab sifatida ko’rsatadi.
Ular nazdida, aynan shu sababga ko’ra, bizlarda o’tgan asrlrda hukmdorlarga ta’sir o’tkazadigan ijtimoiy-siyosiy kuch bo’lmagan, demokratiya va shaxs erkinligi ta’minlanmagan, demakki, taraqqiyot yuz bermagan, degan fikr ilgari suriladi.
So’fiylarning tarkidunyochilikka berilishi o’ziga xos muxolifat bo’lib, buning ta’sir kuchi sust bo’lgan, ya’ni yashirish, nofaol ixtilof bo’lgan. trixdan ma’lumki, aynan ana shu ixtilofiy dunyoqarash deb atalgani uchun ham tasavvuf tarixida ko’p so’fiylar o’ldirilgan. Mansur Xalloj, Boborahm Mashrab dorga osilib, Nasimiyning terisi shilindi, biroq, bu gap ko’proq tasavvufning eng so’nggi yirik oqimi, ya’ni o’ziga xos sintezi sifatida maydonga chiqqan Xojagon Naqshbandiya tariqatigacha bo’lgan davriga tegishlidir.
Abduholiq G’ijduvoniy ta’limotidan bu tasavvur o’zgara boshladi. CHunki u rivoyatga ko’ra, Xojai Xizrdan xufiya zikrini o’rgandi. Zikr Allohning ismlarini takrorlash. Xojai Xizr Abdulholiq G’ijduvoniyga “Hovuzga sho’ng’i, suv ostida “lo iloha illoloh” deb zikr qilki, buni o’zi va o’zingdan boshqa hech kim ko’rmasin ham, eshitmasin ham”, - dedi. SHundan Xojagon tariqatida xufiya zikri rasm bo’ldi, boshqa tariqatlar, jumladan, YAssaviyada ham ovoz chiqarib, ko’pchilik bo’lib zikr tushish odat edi.
Abdulholiq G’ijduvoniy hayot va faoliyatni ikkiga zohir va botinga bo’ldi. Bu esa tariqatda “Dil ba yoru dast ba kor” ya’ni ko’ngling xudoda, qo’ling ishda bo’lsin degan shiorni o’rtaga tashlash imkonini berdi. Bu keyinchalik Xojagon Naqshbandiya tariqatida “Zohir yuzidan – xalq bilan, botin jihatdan haq bilan” degan qat’iyatning joriy etilishiga nazariy asos bo’ldi. Ayni aqidani mohiyatida so’fiy bo’lish uchun xalqdan ajralish, tiriklik tashvishlaridan qochish, dunyo ishlari bilan shug’ullanishdan bosh tortish shart emas, degan oqilona yo’l-yo’riq paydo bo’ldi. SHunga ko’ra tasavvuf insonni xalqdan qochishga emas, aksincha, el-yurt tashvishi bilan yashashga, tarkidunyochilikka emas, aksincha, ijtimoiy-siyosiy faollikka undovchi kuchga aylandi. Binobarin, G’arbdagi ayrim nazariyotchilarning musulmon dunyosida so’fiylik tariqatlari tufayli o’rta asrlarda hukmdorlarga ta’sir o’tkazadigan ijtimoiy-siyosiy kuchlar bo’lmagan, degan fikrlariga barham berildi.
Navoiyning fikriga ko’ra, so’fiy zohiran, hattoki, mamlakatga podsholik qilishi ham mumkin. Bu uning tasavvuf yo’lini tutishiga aslo halaqit bermaydi. Axir, Amir Temur ham Bahouddin Naqshbanddek Xojagon tariqatining yettinchi halqasidagi piri komil – Amir Kulolning muridi edi. Barcha temuriy zodalar Naqshbanddiy shayxlariga, XV asrning ikkinchi yarmida esa aksaran Xoja Axrori Valiyga qo’l berigan-ku. Navoiy zamonasi humkdori Husayn Boyqaroni o’zida shoh va darvishlikni ajib tarzda uyg’unlashtirgan zot sifatida tasvirlashi ham bejiz emas. Z.M.Bobur ham Naqshbandiylardan bo’lgan, uning otasi bevosita Xoja Ahrorning muridi edi. Bobur betob yotganida piri komilning ruhi pokidan madad kutib, Xoja Ahrorning “Volidiya” asarini tojikchadan o’zbekchaga tarjima qilib uning Hindjistonga yoyilishida katta xizmat ko’sratgan.
XVI asr Naqshbandiyadagi ana shu ijtimoiy-siyosiy hayotda muayyan mavqe tutish an’anasini Samarqandda Maxdumi A’zam Kosoniy izchil davom ettirdi. Uning mashhur bo’lib ketgan: “Xeshobai punba ham ibodat ast” (“g’o’zani yagana qilish ham ibodat hisoblanadi”), degan aqidasi zamirida aynan faollika, u dunyo ilinjida bu dunyo ishlaridan qo’l silkimaslikka, halol mehnatga, yaratuvchilikka da’vat yotadi.
Keyingi asrlarda Buxoro amirligida SHarif shaharning qibla tarafida joylashgan Jo’ybor qishlog’idagi “CHor Bakr” xonaqohida jam bo’lgan naqshbandiy shayxlarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mavqei alohida o’rin tutdi. Amirlar hukm yurgizishda ular bilan hisoblashib ish ko’rganini tarixiy hujjatlar dalillaydi. Buning tasdig’ini o’sha davrlar tarixi asosida qalam surgan Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy asarlarida ham ko’ramiz. Demak, Naqshbandiya tariqati vakilalri asrlar mobaynida davlat va xalq o’rtasidagi murosaviy tizim vazifasini o’tab kelganlar. Albatta, bu aralashuv sababi, maqsadi, darajasi, natijasi har xil bo’lgan. shunga qaramay, umumiy qilib aytganda, ular Xudo yo’lida davlatni – xalqqa, xalqni – davlatga moyil etish bilan shug’ullangan, deyish mumkin.
Tasavvufning bunday ijtimoiy-siyosiy faol yo’lga o’tishi birinchidan, aynan Abduholiq G’ijduvoniydan boshlandi; ikkinchidan, Xojagon Naqshbandiyaning alohida tariqat tarzida maydonga chiqishi va u bu sulukning sarharqasi hisoblanishi bejiz emas[18]; uchinchidan, ana shu davrdan boshlab, ma’naiy madaniyatda axloqiy kamolot bilan bir vaqtda ijtimoiy, siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishini kuzatish mumkin; to’rtinchidan, tasavvuf ta’limotini musulmon davlatlarida keng yoyilishi ham ipak yo’li orqali amalga oshirilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat faoliyati ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish zamonaviy demokratiyaning muhim talabi sifatida shakllandi va taraqqiy etdi. Prezident I.A.Karimov o’rtaga tashlagan “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” shiori zaminida ham mohiyatan shu qat’iyat yotda. Demak, birinchidan, G’arb demokratiyasining bu yutug’i musulmon SHarqi xalslarinin gko’p asrlik tajribalarini ham umumlashtirish naijasida yuzaga keldi, ikkinchidan, biz demokratiyaning yuksak cho’qqilariga faqat chetdan “import” qilish yo’li bilan emas, o’z milliy merosimizdan kelib chiqqan holda intilib borsak foydadan holi bo’lmasdi. Tasavvuf ta’limotining targ’ibotida keyinchalik ham Buyuk ipak yo’lidan foydalanish davom etgan.
Bahouddin Naqshban Hamadoniylarning vorisi sifatida tasavvuf ta’limotini rivojlantirishda o’rtaosiyolik xojagonlarning an’analarini davom ettirib, xushyor so’fiylarning yetakchi rahnamosiga aylandi. Bu so’fiylar Buxoro viloyati va undan naridagi shimoli-sharqiy hududlarda ulkan ta’sir etish kuchiga ega bo’lib, ularning yo’lboshchilari XVIII asrdan boshlab, Hindistonda Akbarshoh joriy etishga uringan sinkretizmga qarshi turib, shimoliy Hindistonda muhim ijtimoiy-siyosiy o’rinni egalladilar.
CHingizxon davrida bir talay o’rtaosiyolik so’fiylar saljuqiylar Turkiyaga o’tib ketgani sababli keyinchalik naqshbandiylar bu yerda ham zo’r mavqeni egalladilar, so’ngra yevropaliklar orasida ham Naqshbandiy tariqatiga rioya qiluvchi bir talay kishilar paydo bo’ldi. B tariqat haqida, xususan, uning Markaziy Osiyoda tutgan ijtmioiy-siyosiy o’rni haqida nemis tilida Frits Mayerning yangi asari yozildi. Keyinchalik shveysariyalik bu olim J.Rumiyning otasi Bahouddin Valad (1231 y. Ko’nyoda vafot etgan) hamda Najmiddin Kubrolar haqida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. SHu tufayli buyuk so’fiy allomalarimiz nemis tilli faylasuf oilmlar muhitida ham ma’lum va mashhur bo’ldi va olmon xalqi ma’naviyatida muhim o’rin tutdi.
Evropa orqali okean orti mamlakatlariga ham yetib bordi. Masalan, Franklin tuzgan 13 moddadan iborat axloqiy barkamollik kodeksi tasavvuf ta’limoti, ayniqsa, Naqshbandiya tariqati bilan g’oyatda uyg’un[19]Franklin xilma-xil yo’nalishda ijod qilgan bo’lsa ha yirik asarlari sanoqli. Ulardan biri “Benjamin Franklin hayoti” nomli memuar qissa. Zamondoshlari uni YUliy sezar’ xotiralari bilan qiyoslagan va hatto, amaliy ahamiyati jihatidan undan ustun sanagan[20]Bu kitob Franklinning xaarkter va dunyoqarashi qanday shakllangani haqida batafsil tushuncha beradi. asar odam o’zini-o’zi qanday tarbiyalashi bo’yicha qo’llanma bo’la oladi.
SHarqda, shu jumladan, O’zbekistonda moddiy va ma’naviy madaniyatning naqadar o’ziga xos rivojlanganligini mavjud manbalarning tahlili orqali ko’rib chiqdik. Lekin nima uchun SHarq dunyosi insoniyat madaniyatining beshigi bo’la turib, G’arb dunyosidan taraqqiyotda, ayniqsa, texnik ravnaqda muayyan darajada orqada qoldi? Buning sababi, bizningcha, SHarq falsafasi avval boshdan asosan inson ruhiyatini, uning ma’naviy olamini bilishga, odamlarning o’zaro munosabatlarini anglashga e’tibor berdi. G’arb falsafasi esa asosiy maqsadini tashqi dunyo tabiatini bilishga, insonlarning tabiatdagi o’rnini aniqlashga qaratdi. YAna bir jihati SHarq o’z tafakkurida insonning ijtimoiy ahvolini nisbatan ikkinchi o’ringa surib, uning ma’naviy kamolotiga e’tibor qaratgan bo’lsa, G’arb tafakkuri insonning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga asosiy diqqatni qaratdi. Buning oqibatida yevropaning yirik davlatlari milodiy XV asrning o’rtalaridan boshlab taraqqiyotda, jumladan, texnik ravnaqda SHarqdan olg’a ketib, dunyoning deyarli barcha qit’alarida yangi-yangi hududlarni egallashga kirishdilar.
Milodiy XV asrning oxirida rimlik X.Kolumb Amerika qit’asigacha kemada suzib bordi, garchi, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy undan besh asrcha ilgari dunyoning narigi tarafida quruqlik bo’lishi kerakligi haqida ishora qilgan bo’lsa-da, bu fikrni yevropaliklar ilib ketishdi.
SHarqning G’arbdan orqada qolib ketishiga yana bir sabab shuki, G’arb ta’limni vosita deb bilib, ilm-fanning barcha qirralaridan keng foydalanib, moddiy to’kin-sochin jamiyat qurishga intildi, biroq, u axloqiy qadriyatlarni boy bera boshladi.
SHarq esa ta’limni maqsad deb qarab, texnikaviy taraqqiyotga jiddiy e’tibor bermadi, yuksak ma’naviyatni saqlab qola oldi-yu, lekin iqtisodiy tanazzulga uchradi. Bu esa o’z navbatida jamiyatning ma’naviyatiga ham ta’sir qildi, yirik markazlashgan davlatlar parchalanib, milliy birlik millat tushunchasiga e’tibor kamaydi.
G’arbliklar esa SHarqda yuz bergan birinchi, ikkinchi, uchinchi Uyg’onish davrlari yutuqlarini yevropaga ko’chirib olib o’tdilar va SHarq va G’arb falsafasini birlashtirib yagona maqsadga yo’naltirdilar. Uning markazi dastlab Fransiya keyin butun yevropa – Ispaniya, italiya, Germaniya, so’ngra bular orqali Rossiya va boshqa mamlakatlarga yoyildi, bizlar esa jahon taraqqiyotidan chetda qolib ketaverdik.
Ayni paytda SHarq xalqlarining qadimiy madaniyati, fani va ma’naviyati ancha rivojlanganligi haqida yangi-yangi ma’luomtlar bor. yevropadagi aksariy hamkasblarimiz ko’proq g’aroyib manzaralar, turarjoylarning shakl-shamoyili, kiyim-kechaklar, ayollarning taqinchoqlari kabi xususiy arxeologik-etnografik muammolar atrofida o’ralashib qolib, Buyuk ipak yo’lining ikki qit’a aholisi ijtimoiy madaniy-ma’naviy taraqqiyotidagi ahamiyatini falsafiy jihatdan yoritishga kam e’tibor berganlar.
YUqorida bayon qilingan fikrlarni muxtasar qilganda ipak yo’lining o’zbek xalqi ijtimoiy taraqiyoti va ma’naviy madaniyatiga ta’siri o’zining uzoq tarixi, chuqur ildizlariga ega bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy va boy ma’naviy-madaniy merosi bilan xalqimiz ongi va shuurini shakllantirib kelgan. Uning ta’siri hududimiz doirasi bilan chegaralanmasdan, balki Markaziy Osiyo va SHarq xalqlari dunyoqarashiga ham o’z ta’sir kuchini ko’rsatib kelgan.
Ushbu bo’limdagi fikrlarning falsafiy tahlilidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
-XX asrning oxiri – XXI asrning boshlarida jamiyat va insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti tubdan o’zgarib, dunyoda ijtimoiy hayot rivojiga, tinchlikka tahdid soluvchi global muammolar: diniy fundamentalizm va ekstremizm; xalqaro terrorizm va narkobiznes; korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik; ekologik tanglik va biogenetik buzilishlar; buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik kabilarni oldini olishda Buyuk ipak iak yo’li mamlakatalri xalqaro integratsiyada bo’lishi bu mamlakatlar xalqlari uchun ijtimoiy zaruriyatga aylanib bormoqda;
-Buyuk ipak yo’li geografik – siyosiy jihatdan markaziy o’rinni egallagan O’zbekiston orqali o’tganligini e’tiborga olsak, bu yo’l an’analarini tiklash harakati, ayniqsa, butun insoniyatning taqdiri, SHarq va G’arb mamlakatlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti istiqboli xalqaro integratsiyalashuvi jarayoniga bog’liq bo’lib qolmoqda;
-Jahon hamjamiyati mamlakatlari va Markaziy Osiyo hududida davlatlararo munosabatlarning ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama manfaatlari asosini shakllantirish orqali ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti integratsiyalashuvi jarayonini mustahkamlashga harakat qilinmoqda;
-O’zbekiston xalqining boy ma’naviy-madaniy merosini o’rganish, Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlarning madaniyatlari integratsiyalashuvi jarayonida Prezident Islom Karimov tomonidan “Turkiston – umumiy uyimiz” degan g’oyasi mintaqada yashovchi barcha xalqlar o’rtasidagi qadimiy do’stlik va madaniy aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
-Mustaqillik yillari O’zbekistonning BMT, NATO va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi hududimizda tinchlikni ta’minlashga, jamiyat taraqqiyotida, xalqlar ma’naviy-moddiy madaniyati rivojida yangi bosqich bo’ldi.
Nazorat savollari:
G’arbning Uyg’onish davrida SHarqda erishilgan ilm-fan yutuqlarini ayting.
XX asrning oxiri – XXI asrning boshlarida jamiyat va insoniyat sivilizatsiyasi.
Jamiyat taraqqiyotida ma’naviy madaniyatning yo’nalishlari.
Dostları ilə paylaş: |