1-Mavzu: Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo‘lishi


Ijtimoiy hayotning tashkil etilganlik darajasiga ko‘ra konflikt turlari



Yüklə 430,5 Kb.
səhifə10/15
tarix16.10.2023
ölçüsü430,5 Kb.
#156165
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-ma`ruza

Ijtimoiy hayotning tashkil etilganlik darajasiga ko‘ra konflikt turlari:
1) global;
2) mintaqaviy;
3) davlatlararo;
4) elatlararo;
5) sinflararo yoki jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida;
6) guruhlararo;
7) partiyalararo;
8) shaxslararo siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy.
Agar, ishtirok etayotgan taraflar soni, ya’ni ishtirokchilar doirasi mezon sifatida olinsa, bu holda konfliktlar ikki, uch va ko‘p taraflama bo‘ladi deb aytish mumkin.
Mezon sifatida kuch bosimi darajasi olinganida, bunday hollarda konfliktlar qurolli bo‘lmagan (bojxona urushlari), hamda haqiqatda turli ko‘lamli urush harakatlarini olib borishdan iborat bo‘lgan qurolli konfliktlarga bo‘linadi.
Agar ziddiyatlar darajasi mezon deb olinsa, bunda konfliktlar ning agressiv va murosali (kompromiss) turlari mavjud deb aytish mumkin. Shuningdek, asosiy va asosiy bo‘lmagan masalalar yuzasidan ro‘y beradigan konfliktlar farqlanadi.
Ammo barcha konfliktlarni yagona universal sxemaga keltirib, jamlab bo‘lmaydi. Masalan, kurash ko‘rinishidagi konfliktlarda yechim faqat tomonlardan birining g‘alabasi bilan tugashi mumkin bo‘lsa, munozaralar toifaidagi konfliktda umumiy murosa yo‘li tanlanishi mumkin.
Konfliktlarning ular motivatsiyasini hamda vaziyatni sub’ektiv idrok etishni hisobga olgan holdagi va boshqa turlari
1) soxta – sub’ekt buning uchun real sabablar mavjud bo‘lmasa ham, vaziyatni konfliktli deb idrok etadi. Konflikt ob’ektiv asoslariga ega emas, soxta tasavvurlar oqibatida yuzaga keladi;
2) potensial – konflikt yuzaga kelishi uchun real asoslar mavjud, ammo tomonlardan birortasi ham u yoki bu sabablar tufayli vaziyatni konfliktli sifatida idrok etmaganlar. Konflikt ob’ektiv sabablar tufayli paydo bo‘lishi mumkin, ammo ma’lum vaqtga qadar yuzaga chiqmay turadi.
3) haqiqiy – taraflar o‘rtasidagi real to‘qnashuv. Bu manfaatlar to‘qnashuvi ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan idrok etiladi va oson o‘zgaradigan omilga bog‘liq bo‘lmaydi. Haqiqiy konfliktni quyidagi kichik turlarga ajratish mumkin: konstruktiv – sub’ektlar o‘rtasida real mavjud bo‘lgan ziddiyatlar asosida yuzaga kelgan; tasodifiy yoki shartli – anglashilmovchilik yoki voqealarning tasodifiy to‘g‘ri kelishi sababli yuzaga kelgan, ammo bu hol uning ishtirokchilari tomonidan idrok etilmaydi. U konfliktga real muqobil variantlar mavjudligi anglangan holida to‘xtatiladi; “ko‘chgan” konflikt – asl sabab yashirin bo‘lib, konflikt esa yolg‘on, soxta sababga ko‘ra yuzaga keladi; “manzilidan adashgan konflikt” – asl aybdori to‘qnashuv “sahnasi ortida” yashirinib, konfliktda esa unga aloqasi bo‘lmagan ishtirokchilar qatnashadilar.
Konfliktlar tasnifiga o‘zgacha yondashuvlar:
1) tashqi – sub’ektlar o‘rtasidagi konfrontatsiya; 2) ichki – sub’ekt motivlari, maqsad va vazifalari konfrontatsiyasi; 3) tanlashga oid konflikt – ikki bir-biriga teng maqsadlardan birini tanlash muammosi; 4) kamroq darajada mushkullikni tanlash konflikti – ikkisidan har biri ham bir xil darajada maqbul bo‘lmagan variantlardan birini tanlash muammosi; 5) guruhli konflikt – odamlar guruhlari o‘rtasidagi; 6) kommunikativ konflikt – og‘zaki (dahanaki) qarshilik natijasi; 7) motivatsion konflikt – ehtiyojlar va istaklar o‘rtasidagi; 8) ochiq konflikt – raqibga zarar yetkazish maqsadidagi kurash; 9) yashirin konflikt – ochiq-oydin, yaqqol bo‘lmagan qarama-qarshilik, zo‘riqqan o‘zaro munosabatlar; 10) ehtiyojlar konflikti – inson ziddiyatli, qarama-qarshi maqsadlarga erishishni istaydi; 11) ehtiyojlar va ijtimoiy me’yorlar o‘rtasida konflikt – intiluvchan shaxsiy istak-motivlar hamda taqiqlovchi umumiy imperativlar o‘rtasida; 12) maqom, statusga doir konflikt – ishtirokchilarning maqomi va roli bilan belgilanadigan konfrontatsiya; 13) maqsadga doir konflikt – muayyan maqsadga erishish yuzasidan konflikt.

Yüklə 430,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin