1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Reja


Yunon faylasuflari asarlarida o'qituvchilarning kasbiy mahorati haqidagi g'oyalar



Yüklə 33,34 Kb.
səhifə10/11
tarix12.12.2022
ölçüsü33,34 Kb.
#74166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Ma`ruza mashg`uloti

1.1. Yunon faylasuflari asarlarida o'qituvchilarning kasbiy mahorati haqidagi g'oyalar
Antik davrdagi maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan.
«Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi V asrda Afina yaqinidagi Akadema so'zi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim-tarbiya berish uchun tashkil etiluvchi maskanlar ham shunday nom
bilan atala boshlangan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga ta'lim-tarbiya berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan edi. Ular notiqlik san'atining yetuk namoyondalari bo'lib, o'zlarining chiroyli so'zlari, baland va ta'sirchan ovozlari bilan ta'lim oluvchilarning tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta'lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san'ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me'morchilik san'ati bilan birga notiqlik san'ati ham murakkab va muhim san'at asari sifatida tan olingan. Notiqlik san'atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg'in ta'sir etuvchi murakkab vosita sifatida rivojlantirganlar.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda yoshlarga ta'lim-tarbiya berish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng takomillashgan davri bo'lgan. Shu sababli “Notiqlik san'ati” ham qizg'in rivojlangan davr hisoblanadi. Bu davrda notiqlikning uchta qonuniyati umumiy shior sifatida e'tirof etilgan:
• o'quvchilarga tushuntirish (ma'lum bir mavzuni);
• o'quvchilar ongini uyg'otish (inson tafakkurini, ongini, maqsadini);
• har bir tinglovchiga huzur-halovat va qoniqish uyg'otish.
Yunonistonda notiq ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda o'quvchilarga, ya'ni “tinglovchilarga halovat bag'ishlash” orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchga sadoqatli bo'lishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Bu uning jamiyat oldidagi asosiy vazifasi hisoblanardi. Notiqlik san'atini chuqur egallagan, o'zlarining go'zal va chiroyli nutqlari bilan jamiyatda hurmat va e'tibor qozongan Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen kabi namoyondalar mashhur davlat arboblari bo'lib yetishganlar.
Yunon faylasuflari o'qituvchilarning ta'lim va tarbiya berishda og'zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmi qoidalarini chuqur o'zlashtirishlari lozimligini qat'iy talab qilganlar. Shuning uchun pedagog o'qituvchilar o'z fikrlari va tuyg'ularini o'quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta'sir o'tkazganlar. Har bir pedagog o'zlarining notiqlik san'ati ustida tinimsiz mashg'ulotlar olib borganlar, sehrli ovoz sohibi bo'lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o'z nutqlarini mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli deb hisoblaganlar.

Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin