Ifodali hikoya—
voqealarni bayon etish, yozuvchilarning va
tarixiy arboblarning hayoti haqida gapirib berish.
Tasvirli hikoya—
o‘simliklar tuzilishini, moddalar tarkibini
tasvirlashdir.
Hikoya qilib berishning rejali bo‘lishi, uning puxta tuzilishi,
234
ta'sirchan hamda obrazli bo‘lishi o‘qituvchi hikoyasining zarur
fazilatlaridir. Hikoyaning ta'sirchanligi o‘quvchilarga katta tarbiyaviy
ta'sir ko‘rsatadi.
Tushuntirish
o‘quv materialining o‘qituvchi tomonidan
muntazam va mantiqiy izchillik bilan bayon qilinishidan iboratdir.
O‘qituvchining tushuntiri- shida hamisha ko‘plab mulohazalar,
xulosalar, dalillar bo‘ladi. Tushuntirish hamisha o‘qituvchining
o‘quvchilarga savollar berib turishini va ularni tushuntirish jarayonini
kuzatib turishga majbur etishni, o‘z fikrlarini aytishlarini taqozo qiladi.
Tushuntirishning oxirida o‘qituvchi xulosani, qoidani aniq ta'riflab
beradi. Tushuntirishdan foydalanilgan darsning majburiy elementi-
material o‘zlashtiri- lishining sifatini tekshirish, o‘quvchilar keltirgan
faktlar va misollarni tahlil qilishdan iboratdir.
Suhbat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta'siri shaklida amal
qiladigan ta'lim metodidir. Suhbat paytida o‘qituvchi o‘quvchilarni
bilimiga tayanib hamda savollardan foydalanib o‘quvchilarni yangi
bilimlarni tushunish va o‘zlashtirish sari olib boradi. Suhbat jarayonida
o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, mulohazalarini aytishlari
uchun imkoniyat yaratib berish zarur. Suhbat mohiyatiga ko‘ra evristik
va noevristik turlariga bo‘linadi.
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar
hamda topshiriqlar:
1.
Psixologiyani o‘rganishda o‘quv mashg‘ulotlari taksonomiyasi
haqida ma’lumot bering.
2.
Ma’lumotlarni idrok qilish bo'yicha vazifalarni tasniflang.
3.
Oddiy tafakkur operatsiyalarini o'z ichiga olgan vazifalar
qaysilar?
4.
Murakkab tafakkur operatsiyalarini o'z ichiga olgan vazifalarni
izohlang?
5.
Bilimlarni umumlashtiruvchi va muayyan nutqiy malakalarni
shakllantiruvchi vazifalarga nimalar kiradi?
6.
Ijodiy tafakkurni o'z ichiga olgan vazifalarni tushuntiring.
7.
Refleksiv vazifalar nima?
8.
Psixologiyani o'qitishda og'zaki bayon metodlari haqida
ma’lumot bering.
9.
Psixologiyani o'qitishda og'zaki bayon metodlarini tasniflang.
|