№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar 
hamda topshiriqlar: 
 
1.
 
Psixologiyani o‘qitishda ko‘rgazmali metodlar qaysi guruhlarga 
ajartiladi? 
2.
 
Ko'rgazmali metodninig samaradorligini oshiruvchi talablarni aytib 
bering. 
3.
 
Psixologik 
fanlarini 
o'qitishda 
qaysi 
amaliy 
metodlardan 
foydalanadilar? 
4.
 
Psixologik testlar haqida ma’lumot bering. 
5.
 
O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlarini 
tasniflang. 
6.
 
Muammoli bayon qilish metodini tushuntiring. 
7.
 
Masofaviy ta’lim nima? 
8.
 
O‘zlashtirilgan ma’lumotlarni mustahkamlash metodlari mazmunini 
tavsiflang. 
 
 
 
 
 


244 
16-MAVZU. O‘QITISHNING TA’LIMIY METODLARI 
 
 
Tayanch so‘zlar:
interfaol usullar, interfaol 
o‘qitish, faol metodlar, dasturlashtirilgan ta’lim, 
interaktiv ta’lim, dasturlash-tirilgan ta’lim, muammoli 
ta’lim, muammo, muammoli ta’lim, muammoli vaziyat 
16.1. O‘qitishning interfaol usullariga tavsif 
O‘qitish jarayonida e’tiborni, birinchi navbatda, tinglovchilar 
o‘zlarini o‘quv materiali bilan birday xis etishlariga, o‘rganilayotgan 
vaziyatga kirishadigan, faol harakatlarga undaydigan, muvaffaqiyat-
larga intilishga chorlaydigan metodlarni qo‘llashga qaratmoq lozim. 
O‘qitishning interfaol metodlari aksariyat hollarda bu talablarning 
barchasiga javob beradi. 
O‘qitishning interfaol metodlariga tayangan o‘quv jarayoni, 
o‘quv guruhning barcha tinglovchilarini bilish jarayoniga jalb qilishni 
inobatga olgan holda tashkil etiladi. Birgalikdagi faoliyat deganda, har 
bir kishi o‘zining alohida, o‘ziga xos hissasini qo‘shishi tushuniladi, ish 
jarayonida bilim, fikr, faoliyat usullari bilan o‘zaro almashuv amalga 
oshiriladi. Individual, juftlik va guruh bilan, hujjatlar va boshqa axborot 
manbalari bilan ishlash tashkil etiladi. Interfaol metodlar o‘zaro 
aloqadorlik, tinglovchilarning faolligi, guruh tajribasiga tayanish, 
qaytma aloqa prinsiplariga asoslanadilar . O‘zining ochiqligi, 
qatnashchilarning o‘zaro aloqa-dorligi, ular keltirgan dallilarning 
tengligi, bilimlarni birgalashib to‘planganligi, o‘zaro baholash va 
nazorat qilish imkoniyatlari bilan tavsiflanadigan ta’lim muloqoti 
muhiti yaratiladi. 
O‘qituvchi yangi bilimlar berish bilan birgalikda tinglovchilarni 
mustaqil 
izlanishlarga 
chorlaydi. 
O‘qituvchining 
faolligi 
tinglovchilarning faolligiga yon beradi, tinglovchilarning tashab-
buskorligi uchun sharoit yaratish o‘qituvchining vazifasi hisobla-nadi. 
O‘qituvchi o‘quv axborotini o‘zidan o‘tkazuvchi o‘ziga xos filtr rolidan 
voz kechib, ma’lum bir axborot manbai bilan ishlashda yordamchi 
vazifasini bajaradi. 
Shu o‘rinda har bir o‘qituvchi tinglovchilarning o‘quv materialini 
eslab qolish, tahlil qilish, amalda qo‘llash yoki bajarish qobiliyatlarini 
shakllantirishda quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim: 


245 
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va tinglovchilar o‘zaro 
munosabatining umumiy uchta shakli mavjud bo‘lib, keng qo‘llanilib 
kelinmoqda. Ular quyidagilardir
1

1) 
sust metodlar; 
2) 
faol metodlar; 
3) 
interfaol metodlar. 
Bularning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega. 
Sust (passiv) metod– bu o‘qituvchi va tinglovchi o‘zaro 
munosabatining shunday shakliki, unda o‘qituvchi harakatdagi asosiy 
shaxs bo‘lib, darsning borishini boshqaradi, tinglovchi esa 
o‘qituvchining 
ko‘rsatmalariga 
bo‘ysunuvchi 
darsning 
sust 
qatnashchisi rolida ishtirok etadi. Sust shakldagi darslarda o‘qituvchi 
va tinglovchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqa so‘rovlar, mustaqil nazorat 
ishlari, 
testlar 
va 
boshqalar 
vositasida 
amalga 
oshiriladi. 
Tinglovchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi va 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar nuqtai nazaridan sust metod kam 
samarali hisoblanadi, biroq shunga qaramay ushbu metodning ham bir 
qator afzal tomonlari mavjud. Bu o‘qituvchining mashg‘ulotga nisbatan 
osonroq tayyorgarlik ko‘rishi va tinglovchilarga mashg‘ulotning 
chegaralangan vaqti doirasida nisbatan ko‘proq o‘quv materialini 
yetkazish imkoniyatining mavjudligidir. 
Faol (aktiv) metod– bu o‘qituvchi va tinglovchi o‘zaro 
munosabatining shunday shakliki, unda tinglovchi va o‘qituvchi 
mashg‘ulot jarayonida birgalikda harakat qiladi va tinglovchi bu yerda 
sust qatnashchi emas, balki faol ishtirokchidir. Agar sust metod 
birgalikda harakat qilishning avtoritar uslubini taqozo qilsa, faol metod 
demokratik uslubni taqozo qiladi. 
Ko‘pchilik faol va interfaol metodlarni teng deb hisoblashadi, 
biroq ularning o‘zaro o‘xshash jihatlari borligiga qaramay ular bir 
biridan farq qiladi. Interfaol metodni faol metodlarning zamonaviy 
shakli sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Interfaol metod. Interfaol («Inter» – o‘zaro, «act»– harakat 
qilmoq) – birgalikda harakat qilmoq. Faol metodga qaraganda interfaol 
metod tinglovchilarning nafaqat o‘qituvchi, balki o‘zaro faol 
faoliyatiga va tinglovchilarning mashg‘ulot jarayonida faolligini 
1
Расулев А. А., Хайдаров М. М. Ўқитишнинг интерфаол методлари: Ўқувуслубий қўлланма. – Т.: 
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015.– 47 б.


246 
oshirishga 
yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. 
Interfaol 
mashg‘ulotlarda 
o‘qituvchining o‘rni tinglovchilar faoliyatini mashg‘ulot maqsadiga 
erishish uchun yo‘naltirishga qaratilgan bo‘ladi. 
O‘qitishning interfaol shakllarining vazifalari quyidagilar: 
— tinglovchilarda qiziqish uyg‘otish; 
— o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish; 
— tinglovchilar qo‘yilgan o‘quv vazifalarini yechish uchun yo‘nalish 
va variantlarini mustaqil izlashlari (berilgan variantlardan birini tanlash 
yoki shaxsiy variantini ishlab chiqish va qarorini asoslantirish); 
— tinglovchilar orasida o‘zaro ta’sirni o‘rnatish, guruh bo‘lib 
ishlashga, har qanday nuqtai nazarga sabrli bo‘lishga, boshqalarning 
fikrini hurmat qilishga o‘rgatish; 
— tinglovchilar dunyoqarashini kengaytirish va fikrlash qobiliyatini 
shakllantirish; 
— hayotiy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish. 
Interfaol shakllardan foydalanishda o‘qituvchining roli keskin 
o‘zgarib, u faqatgina jarayonni boshqaradi va uni tashkillashtirish bilan 
shug‘ullanadi, oldindan kerakli topshiriqlar tayyorlaydi va guruhda 
muhokama qilish uchun savol va mavzularni shakllantiradi, maslahatlar 
beradi, vaqtni va mo‘ljallangan rejaning bajarilish tartibini nazorat 
qiladi. Tinglovchilar – o‘zlarining va boshqa insonlarning tajribalariga 
murojaat qiladilar, shu bilan birga ular birbiri bilan fikr almashinishga 
kirishadilar, qo‘yilgan vazifalarni birgalashib yechadilar, nizolarni 
yengadilar, ularni o‘zaro bog‘laydigan umumiy nuqtalarni izlaydilar, 
murosaga keladilar. 
O‘qitishning 
interfaol 
shakllari 
asosida 
o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘qituvchining oldida 
nafaqat aniq mavzu bo‘yicha o‘qitishning eng qulay va samarali 
shaklini izlash masalasini turishiga, balki tinglovchilarning yaxshiroq 
o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadigan o‘qitishning bir nechta 
metodlarini 
mujassamlashtirish 
imkoniyatlarining 
mavjudligiga 
alohida etibor qaratmoq lozim. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish borasida 
o‘qitishning turli xil interfaol shakllarini ko‘rib chiqish maqsadga 
muvofiq deb o‘ylaymiz. 
Interfaol mashg‘ulotlarda ishlash prinsiplari: 
— mashg‘ulot – ma’ruza emas, balki umumiy ish; 
— barcha ishtirokchilar yoshi, tajribasi, ish joyidan qat’iy nazar teng; 


247 
— har bir ishtirokchi har qanday savol bo‘yicha shaxsiy fikrga ega 
bo‘lish huquqiga ega; 
— shaxs tanqid qilinishga yo‘l qo‘yilmaydi (faqatgina g‘oya tanqid 
qilinishi mumkin); 
— mashg‘ulotda aytilgan fikrlar – faoliyat uchun asos emas, balki 
fikrlash uchun ma’lumot. 
Interfaol mashg‘ulotni o‘tkazish algoritmi: 
1. 
Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish. 
O‘qituvchi mavzuni, vaziyatni, definitsiyalarni (ta’rif) tanlaydi 
(barcha ibora, tushunchalar va h.k.lar tinglovchilarning barchasi uchun 
tushunarli bo‘lishi lozim), mazkur guruhda va mazkur mavzu bo‘yicha 
samarali ishlash uchun interfaol mashg‘ulotning aniq shaklini tanlaydi. 
Interfaol mashg‘ulotlarni o‘tkazishda quyidagi holatlarga alohida 
e’tibor qaratishni tavsiya qilamiz: 
1) 
mashg‘ulot qatnashchilari, mavzu: 
— qatnashchilarning yoshi, ularning qiziqishi, bo‘lg‘usi mutaxassisligi; 
— mashg‘ulot o‘tkazishning vaqt chegarasi; 
— ushbu guruhda ilgari mazkur mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar 
o‘tkazilganligi; 
— guruhning ushbu mashg‘ulotdan manfaatdorligi; 
2) 
zaruriy sharoitlar ro‘yxati: 
— mashg‘ulot maqsadi aniq belgilab olinishi shart; 
— tarqatma materiallar tayyorlangan; 
— texnik vositalar bilan ta’minlangan; 
— qatnashchilar belgilangan; 
— asosiy savollar va ularning ketmaketligi belgilangan; 
— hayotdan amaliy misollar tanlab olingan; 
3) 
har bir mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda: 
— yechilishi lozim bo‘lgan muammoni aniqlashtirib olish; 
— olingan bilimni amalda qo‘llash istiqbollarini belgilash; 
— mashg‘ulotning amaliy qismini belgilash (guruh mashg‘ulotda nima 
bilan shug‘ullanadi); 
4) tarqatma materiallar: 
— mashg‘ulot dasturi; 
— tarqatma materiallar tinglovchilar auditoriyasiga moslashtirilgan 
bo‘lishi shart; 
— material tizimlashtirilgan bo‘lishi shart; 


248 
— grafik, sxema va belgilardan foydalanilishi. 
2. 
Kirish. 
Mashg‘ulot mavzusi va maqsadi haqida axborot berish: 
– tinglovchilar taqdim etilgan vaziyat bilan, hal etilishi kerak bo‘lgan 
muammo bilan, shuningdek ko‘zlanayotgan maqsad bilan tanishadilar; 
– o‘qituvchi barcha tinglovchilarni vaqt chegarasi, guruhda ishlash 
qoidalari bo‘yicha xabardor qiladi, mashg‘ulotda tinglovchilar 
harakatlanishi mumkin bo‘lgan doira bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar 
beradi; 
– zarur hollarda tinglovchilarni birbiriga tanishtirishi lozim (agar 
mashg‘ulot guruhlararo yoki fanlararo o‘tkazilayotgan bo‘lsa); 
– ibora, tushunchalarni va boshqalarni yagona semantik (ma’noviy) 
tushunilishiga erishish. Buning uchun savol va javoblar yordamida 
o‘qitilayotgan mavzuga oid ishchi ta’riflar va tushunchalar apparatini 
aniqlashtirib olish lozim. Tushunchalar apparatini aniqlashtirib olish 
tinglovchilarda faqatgina tushunarli bo‘lgan iboralar bilan ishlash, 
yaxshi tushunib bo‘lmaydigan so‘zlardan foydalanmaslik, muntazam 
ravishda turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlardan 
foydalanish odatini shakllantiradi. 
Guruhda ishlashning namunaviy qoidalari: 
— faol bo‘lish; 
— qatnashchilarning fikrini hurmat qilish; 
— xayrixoh bo‘lish; 
— puxta va mas’uliyatli bo‘lish; 
— fikrni bo‘lmaslik; 
— hamkorlik uchun ochiq bo‘lish; 
— manfaatdor bo‘lish; 
— haqiqatni aniqlashga intilish; 
— belgilab berilgan vaqt (reglament)ga rioya qilish; 
— ijodkorlik qobiliyati (kreativlik); 
— guruhda ishlash qoidalarini hurmat qilish. 
3. 
Asosiy qism. 
Asosiy qismning o‘ziga xosligini interfaol mashg‘ulotning 
tanlangan shakli belgilab beradi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
3.1. Tinglovchilarning fikrlarini aniqlash; 
3.2. Auditoriyani kichik guruhlarga bo‘lish (segmentatsiya) va 
guruhlararo (segmentlararo) aloqadorlikni tashkillashtirish. Bunda har 


249 
bir guruhning fikrlarini umumiyligi bo‘yicha maqsadli guruhlar 
shakllantiriladi, turli tinglovchilar orasida muayyan masala yuzasidan 
o‘xshash fikrlarni umumlashtirish amalga oshiriladi, mashg‘ulot 
mavzusi doirasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha yagona 
yo‘nalishlar shakllantiriladi va auditoriya tarkibidan turli fikrlarga ega 
bo‘lgan guruhlar tashkil qilinadi , so‘ng guruhlararo aloqadorlik 
o‘rnatiladi. Agar mashg‘ulot katta auditoriyada o‘tkazilsa, ushbu 
bosqich eng samarali deb hisoblanadi: bu holatda kichik guruhlarga 
bo‘linish aloqadorlikning samaradorligi va unumdorligini oshirish 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
3.3. Interfaol yo‘nalish to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi: 1) 
auditoriyaning fikrlarini aniqlash ; 2) ushbu fikrlarning umumiy 
mazmunini anglab olish; 3) ularga yangicha mazmun berish; 4) yangi 
mazmun asosida yangi fikrlarni shakllantirish. 
4. 
Xulosa (refleksiya). 
Refleksiya (fikr yuritish) mashg‘ulot davomida qatnashchilarning 
emotsional holati, xis etgan tuyg‘ulariga tinglovchilarning e’tibrini 
qaratishdan boshlanadi. Mashg‘ulotning refleksiv tahlilining ikkinchi 
bosqichi – baholovchi (tinglovchilarning mashg‘ulot davomida 
foydalanilgan 
metodlarning 
mazmuni, 
tanlangan 
mavzuning 
dolzarbligi va boshqalarga bo‘lgan munosabatini aniqlash) bosqich. 
Refleksiya o‘qituvchining umumiy xulosalari bilan yakunlanadi. 
Refleksiya o‘tkazish uchun namunaviy savollar ro‘yxati: 
— sizda nima ko‘proq taasurot qoldirdi; 
— mashg‘ulot jarayonida vazifani bajarishda nimalar sizga 
yordam berdi, nimalar halaqit qildi; 
— mashg‘ulot davomida sizni nimadir hayratga soldimi; 
— qaror qabul qilish jarayonida siz nimalarga tayandingiz; 
—guruh 
qatnashchilarining 
fikrlarini 
o‘zingizning 
harakatlaringizda hisobga oldingizmi; 
— o‘zingizni va guruh harakatlarini qanday baholaysiz; 
— agarda siz mazkur o‘yinda yana bir bor qatnashsangiz 
xulqingizda nimani o‘zgartirgan bo‘lar edingiz. 
Interfaol o‘qitish bir vaqtning o‘zida bir qancha vazifalarni hal 
etish imkonini berib, eng muhimi, tinglovchilarning o‘zaro fikr 
almashinuv qobiliyati va ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Mazkur o‘qitish 
tinglovchilar orasida emotsional aloqalar o‘rnatishga yordam beradi, 


250 
tarbiyaviy vazifalarni ta’minlaydi, chunki jamoada ishlashga
o‘rtoqlarning fikrlariga quloq solishga o‘rgatadi, bilimlar 
mustahkamligini, ijodkorlikni, faol hayotiy pozitsiyasini, o‘zini 
namoyon qilish erkinligini, o‘zaro hurmatni ta’minlaydi. Amaliyotning 
ko‘rsatishicha, o‘qitish jarayonida interfaol shakllardan foydalanish 
tinglovchilarning ruhiy zo‘riqishini yo‘qotadi, ularning faoliyat 
shaklini o‘zgartirish imkonini beradi, diqqate’tiborini mashg‘ulot 
mavzusining asosiy tayanch savollariga qaratadi. 
Kafedra o‘qituvchisi o‘qitishning mazkur turini chuqur 
o‘zlashtirishi zarur. Aniq fan (mavzu) bo‘yicha qo‘llaniladigan 
interfaol o‘qitishning u yoki bu shakli o‘qituvchining ish rejasida, 
mashg‘ulot o‘tkazishning texnologik xaritasida aniq ko‘rsatilgan holda 
o‘z aksini topishi kerak. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin