№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Ta’lim 
metodining 
nomlanishi 
O‘qituvchi faoliyati 
O‘quvchi faoliyati 
Axborotli-
namoyish 
etish 
O‘quv axborotini uzatish, 
o‘rganilayotgan ob’ekt bilan 
o‘quvchi harakatini tashkil etish 
Bilimlarni idrok etish, 
anglash va yodda saqlash. 
Reprodukt
iv
Bilimlar hamda aqliy va 
faoliyat usullarini hosil qilishga 
doir topshiriqlarni tuzish va 
taqdim etish 
Namuna asosida bilimlarni 
hamda aqliy va faoliyat 
usullarini egallash. 
Muammoli 
bayon etish
Muammoni qo‘yish va uni hal 
etish usullarini ochib berish 
Topshiriqni idrok etish va 
uni qismlarga ajratish. 
Topshiriq qismlarini 
mustaqil hal etish va o‘z-
o‘zini nazorat qilish 
Qisman-
izlanish
Muammoni qo‘yish va uni hal 
etishga doir qadamlar ketma-
ketligini rejalatirish. 
O‘quvchilar faoliyatini 
boshqarish 
Qo‘yilgan vazifa bilan 
bog’liqlikda muammoni hal 
etish yo‘llarini mustaqil 
izlash va o‘qituvchining 
qisman ko‘magi yordamida 
muammoni hal etish 
Izlanuvchan
lik 
Mustaqil hal etishga doir 
muammoli vazifalarni 
shakllantirish. Muammoni hal 
etilish jarayonini nazorat qilish 
Muammoni mustaqil hal 
etish. 
1.
Axborotli-namoyish etish metodi. Bunda bilimlar o‘qituvchi 
tomonidan tayyor holda beriladi. O‘quvchi talabalarga muammo 
to‘g‘risida ma’lumot beriladi va misollar keltiriladi, bayon etilayotgan 
pedagogika faniga oid muammolar to‘g‘risidagi axborotni tinglaydilar, 
namoyish etgan pedagogik hodisani ko‘radilar va ularni xotiraga 
saqlashga harakat qiladilar. Bayon etilayotgan pedagogik hodisani 
ko‘radilar va ularni xotiraga saqlashga harakat qiladilar. Bayon 
etilayotgan pedagogik hodisa muammoli vaziyatni sodir qilish orqali 
amalga oshirilsa samara yaxshi bo‘lishi mumkin.
2.
Reproduktiv metod. Bu metod o‘quvchi talaba bilimini 
chuqurlashtirish va kengaytirishni nazarda tutadi bunda talaba 
pedagogika fanidan berilgan o‘quv topshirig‘ini oldin egallangan 


240 
ma’lum darajada esda qolgan namunaga qarab bajaradi o‘quvchi 
o‘rganuvchi namunani darslikdan yoki boshqa manbalardan o‘qituvchi 
ko‘rsatmasiga qarab oladi. 
3.
Izlanuvchanlik metodi bu meyodning mohiyati shundaki 
pedagog masalaga doir muammoni o‘qituvchi mashg‘ulot jarayonida 
talabalar oldiga qo‘yadi ammo muammoni yechish yo‘llarini 
ko‘rsatmaydi va maslahat ham bermaydi. O‘quvchilarning har biri 
muammoni mustaqil hal qilish uchun izlanadi, ijodiy faoliyat 
ko‘rsatadi. Muammoni aqliy faoliyat asosida yechgan o‘quvchilarda 
bilim faolligi va ijodiy izlanish malakalari hosil bo‘ladi. 
4.
Evrika yoki qisman izlanish metodi o‘quv mashg‘ulotlarida 
o‘qituvchi o‘quvchilar fikrini qo‘yilgan o‘quv vazifasi (muammosi)ni 
hal qilishga yo‘llashni nazarda tutadi. Bunda o‘qituvchi turli vositalarni 
namoyish etib yangi ma’lumotni izlab topishni vazifa qilib qo‘yadi. 
Buning uchun dastlab o‘qituvchi yangi bilimlarning muayyan bir 
qismni, o‘quvchilarga ma’lum qiladi va muammoning qolgan qismini 
topshiriqlar berish orqali o‘quvchilarning faoliyatini yo‘lga qo‘yadi 
hamda ularning o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. 
 5.
Muammoli bayon qilish metodi - o‘qituvchi talabalar oldiga 
ma’lum bir muammoni qo‘yadi, muammoli vaziyat yaratish orqali 
o‘quvchilar aqliy faoliyatlarini yuzaga keltiradi, ammo hal qilish 
yo‘llari ko‘rsatilmaydi. Har bir o‘quvchi qo‘yilgan muammoni hal 
qilish uchun izlanadi, o‘qituvchining yo‘naltiruvchi savollari asosida 
vazifani bajaradi. Ta’limning bu metodi o‘quvchilar tomonidan o‘quv 
materialini o‘qituvchi rahbarligida mustaqil yechish va tahlil qilish 
bilan xarakterlanadi. 
Bunda talabalarda mantiqiy mulohaza yuritish natijasida ijodiy 
fikrlash rivojlanadi. 
6.
Tadqiqot (ijodiylik) metodi. Bu metod ta’lim oluvchilarning 
to‘la ijodiylikka, tadqiqotchilikka ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Bunda 
o‘qituvchi taklif etgan masalani talabalar mustaqil mustaqil tadqiq 
etadilar. Bu jarayonda zaruriy bilimlar, talabalar tomonidan mustaqil 
ravishda o‘zlashtiriladi. Tavsiya etilgan topshiriqni bajarish jarayonida, 
o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib, tadqiqotchilik 
faoliyatini egallaydi. 


241 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin