Psixologik muammolarning yechimi nazariy bilimlarni
mustahkamlashga yoki amaliy muammolarni hal qilishda ushbu
bilimlardan foydalanishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Bunga nazariy
tushunchalar, qonunlar va ulardan foydalanish misollari o'rtasida
moslikni o'rnatish bo'yicha vazifalar bo'lishi mumkin yoki adabiy
qahramonlar va taniqli odamlarning xatti-harakatlarini psixologik-
mantiqiy tahlil qilish bo'yicha vazifalar, shaxsiy hayot yoki ta'lim
holatlarini psixologik tahlil qilish uchun vazifalar kiradi.
Mashqlar talabalarda ko'nikmalar va tadqiqot qobiliyatlarini
rivojlantirishga imkon beradi. Masalan, matematik statistik yoki amaliy
psixologik ishlarning ba'zi metodlarini qo'llashda, masalan, konsalting
ko'nikmalarini egallashda mashqlardan foydalaniladi.
Guruh muhokamasi va ishbilarmonlik o'yin i psixologiyani
o'qitishning amaliy metodi sifatida muayyan kommeunikativ yoki
kasbiy ko'nikmalarni o'zlashtirishga qaratilgan. Psixologik maslahat
asoslari, mehnat psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi kabi fanlarni
o‘qitishda talaba-psixologlar guruhlarida o'tkazilishi mumkin.
15.3. O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi Ta’limning turli metodlari talabalarning bilish faoliyati xarakteriga
har xil ta'sir ko'rsatadi. Shu munosabat bilan M. N. Skatkin va I.
Ya.Lerner tomonidan taklif qilingan usullarning tasnifi qiziqish
uyg'otmoqda. Unga muvofiq quyidagi o'qitish usullari ajratiladi;
1) Axborotli-namoyish etish;
2) reproduktiv;
3) muammoli bayon etish;
4) qisman-izlanish;
5) Izlanuvchanlik.
239
O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin).