274
mezonlar o‘qituvchining talabalarga "nimani" va "qanday" o‘qitganini
belgilaydi.
3. Attestatsiya (nazorat qilish).
Ushbu funksiya talabalarni
mashg'ulotning ma'lum bir bosqichida o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va
malakalarini aniqlashda namoyon bo'ladi. Bu ularning keyingi
bosqichda o'qish yoki ishlashga tayyorligini aniqlash uchun zarur.
Nazorat tegishli ta'lim dasturining maqsadlariga erishish va ta'lim
sifatini ta'minlash uchun mo'ljallangan. Bu oraliq va yakuniy
attestatsiya orqali amalga oshiriladi. O'qituvchi talabani oraliq baholash
jarayonida unga ma'lum bir belgi qo'yish orqali talabaning tegishli kurs
bo'yicha bilimlarni egallaganligiga kafolat beradi. Talaba tomonidan
o'rganilgan mavzularning jami va olgan baholari uning ushbu ta'lim
dasturiga tayyorlik darajasini tavsiflaydi. Davlat attestatsiya
komissiyasi tomonidan o'tkaziladigan yakuniy attestatsiya paytida
tekshirish va baholash mustaqil monitoringni o'tkazish va talabaning
ta'lim dasturining maqsadlariga erishganligini ta'minlash uchun
mo'ljallangan.
Dostları ilə paylaş: