277
ichiga oladi. Bu uchun o‘qituvchi qo‘yidagilarni oldindan ta'minlashi
kerak:
1) talabalarning darsdagi yutuqlarini baholashda qanday mezon va
ko'rsatkichlardan foydalanishi;
2) darslarga qatnashish va talabalar faolligi hisobga olinishi;
3) bilimlar tekshirish qanchalik tez-tez o'tkazilishi;
4) baholashning qaysi turlari va
shakllaridan foydalanishi;
5) nazorat jarayonlarini qachon amalga oshirilishi: sanalar va
vaqtlar;
6) har bir nazorat jarayonining davomiyligi qanday bo'lishi va
buning uchun qanday o'quv soatlaridan foydalanishi;
7) kurs davomida har bir joriy bahoning yakuniy bahoga qo'shgan
hissasi qanday bo'lishi.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar talabalarni birinchi darsda
xabardor qilish maqsadga muvofiqdir. Bu ularga o'zlarining ta'lim
faoliyatining asosiy turlarini oldindan rejalashtirish, o'qituvchining kurs
bo'yicha bilimlarni baholash talablariga o'z
vaqtida moslashishga
imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: