Reyting nazorati.
“Reyting” inglizcha so‘z bo‘lib, u baholash,
tartib, tasnif so‘zlari ma`nosiga to‘g‘ri keladi. Bu so‘zning dastlabki
ma`nosi – “baholashni” nazarda tutib, unga quyidagicha ishchi ta`rif
beramiz: reyting nazorati – bu berilgan o‘lchovlar (shkalalar) asosida
o‘quvchilar bilimi, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi va o‘quv
predmetlariga munosabatini baholash demak. Reyting nazorati
o‘quvchilar o‘zlashtirishini baholash shkalalarini aniqlashdan
boshlanadi. “SHkala” inglizcha “shkaling” so‘zidan olingan bo‘lib,
“o‘lchash birligini aniqlash” iborasi mazmuniga tugri keladi.Baxolash
shkalalari o‘rganilayotgan ob`yekt (lar) majmuini ularning barchasi
uchun umumiy sanalgan mohiyat (maqsad)ga taqsimlash usulidir.
“Ta`lim etaloni” ruknida berilgan matnni yana bir bor diqqat bilan
o‘qib chiqing. Shuni hech unutmangki,
E
talon o‘zlashtirishning barcha
pillapoyalarida erishilgan natijalarni anglash, o‘lchash, taqqoslash
ta`limning borishiga o‘zgartirish, tuzatishlar kiritish, o‘quvchilar
faoliyatini optimal takrorlashning o‘lchov toshidir. Ilmiy-pedagogik
asoslangan etalon bo‘lmagan joyda ta`lim texnologiyasi to‘g‘risida
ham, reyting haqida ham gapirish “aravani quruq olib yurishga”
o‘xshaydi. etalon ta`lim texnologiyasini qo‘llab erishilgan natijalarni
qo‘yilgan maqsadlarga taqqoslashning
O
‘lchov toshi bo‘lsa, reyting
ta`limning har bir bosqichida erishilgan natijalarni sinashga oid
281
vosatalar usullar majmuidir, Binobarin, etalon o‘zlashtirishning hamma
bosqichlarida
:
o‘zgarmasdan qoladigan sobit o‘lchov vositasi reyting
esa o‘zlashtirishning har bir bosqichiga ko‘ra o‘zgarib turadigan usullar
vositalardir. Shundan ko‘rinadiki reyting oldindan puxta o‘ylab
tuzilgan etalon asosida o‘tkaziladi. Reyting davomida to‘plangan ballar
etalonga chogishtirilib. umumiy baho chiqariladi. Chiqarilgan umumiy
bahoda mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, malaka.
ijodiy faoliyat tajribasi, o‘rganilgan bilimlarga munosabatlar aks etadi.
Umumiy o‘quv maqsadini amalga oshirish yo‘li bilan erishilgan natija
— undalmalarni og‘zaki va yozma nutqda tug‘ri qo‘llay olish
o‘quvchining faoliyatiga o‘tib, shaxsiy sifatlar ansambilidan o‘rin
oladi.
Reyting nazorat turlari
O‘tkazilish davri (payti)ga qarab, reyting nazoratining uch
ko‘rinishi farqlanadi: joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), yakuniy
nazorat (YAN). Nazorat turlari o‘zaro uzviy 6og‘liq, ular bir-birini
to‘ldiradi. Ularning barchasini birlashtiruvchi narsa — ta`lim
etalonidir. Binobarin, nazorat turlarinnig barchasida erishilgan natijalar
o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda etalonga taqqoslanadi.
Bolalar taqqoslash yo‘li bilan o‘zlarining nimalarni talab darajasida,
nimalarni talab darajasidan past o‘zlashtirganliklarini ongli his
qilishadi, mavzu, bo‘lim yuzasidan o‘qishni davom ettirish zarurligini
payqaydilar. Binobarin, ta`lim texnologiyasida joriy nazorat o‘quvchini
oraliq nazoratga; oraliq nazorat o‘z navbatida yakuniy nazoratga
etaklaydi. Amaldagi pedagogik tajribada o‘zlashtirish va uning
natijasini tekshirish alohida jarayonlar sifatida amal qilsa, ta`lim
texnologiyasida reyting nazorati ta`limning o‘ziga singib ketadi.
Natijada reyting nazoratini tashkil qilmasdan, ta`limni amalga oshirish,
o‘zlashtirishda olg‘a siljish, ta`limni boshqarish mumkin bo‘lmay
qoladi. O‘z-o‘zidan reyting ta`lim texnologiyasining tarkibiy qismiga
aylanadi.
Joriy nazorat ta`limning ob`yektiv borishi bilan bog‘liq bo‘lib,
yangi o‘quv materiallarini o‘rganish va mustahkamlash, takrorlash va
malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtirish jarayonlarida
o‘tkaziladi. Shuningdek, uy vazifalari, qo‘shimcha topshiriqlar,
mustaqil ishlar hamda bolalarning o‘z xoxish-istaklari bo‘yicha
qilingan ijodiy ishlar (mas. undalmalarni ishtirok ettirib she`r yozish),
282
darslikdagi masala-misollarni echish, modellar yasash (mas. uy
konstruktsiyasini loy, plastilindan yasash), turli chizma, jadval,
diagrammalar tuzish, laboratoriya mashg‘ulotlari va didaktik o‘yinlarda
ishtirok etish, buklash, qirqish, qurish kabi faoliyat usullarini hisobga
olib, joriy nazorat uchun ballar to‘planadi. Qanaqa usul hamda vosita
bilan ball to‘planmasin, u qabul qilingan etalonga zid bo‘lmasligi
lozim.
Joriy nazorat uchun to‘planadigan ballar teskari aloqaga
asoslangan bo‘lib, u bolalarni o‘rganishga rag‘batlantirish, u yoki bu
o‘quv materialini, bo‘limni o‘zlashtirishda o‘zlarining qaerga kelib
qolganliklarini anglash, mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha o‘rganishni
davom ettirish zarurligini sezish, o‘z kuchiga ishonch, mavzu yuzasidan
biror ta`rif, aniqlik va qoidani e`tiborsiz qoldirmaslik kabi his-
tuyg‘ularga mo‘ljallab olib boriladi. Shu tufayli joriy nazoratda
ta`limiylik, shakllantiruvchanlik xususiyatlari ustun bo‘ladi. Binobarin,
joriy nazorat natijalari “4” yoki “5” raqamlari bilan emas, aksincha,
mavzu va uning bandlari bo‘yicha to‘plangan ballar asosida hisobga
olinadi. Joriy nazorat uchun ballar ham etalon asosida to‘plangani
tufayli mezoniy xarakterda bo‘ladi.
Joriy nazorat ballarini ikki yo‘l bilan to‘plash mumkin: ballarni
o‘qituvchining o‘zi to‘plashi; ballarni o‘quvchilarning o‘zlariga
to‘platish. Ikkinchi yo‘l biroz munozarali bo‘lsa-da, eng samarali
sanaladi. Joriy nazorat uchun ball to‘plashni o‘quvchilarning o‘ziga
yuklash ularda o‘ziga ishonchni, har bir ishni vijdonan bajarish, burchni
anglash kabi shaxsiy sifatlarni tarbiyalaydi. Joriy nazorat uchun ball
to‘plashni o‘quvchilarning o‘ziga yuklash o‘qituvchining pedagogik
mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘quv predmeti, uning bo‘limi yoki
mavzularga pedagogik ishlov bera olsa, har bir mashg‘ulot va o‘quv
topshiriqlari maqsadini o‘quvchilarga aniq etkazsa, ta`limni eng yuqori
o‘zlashtirishga yo‘naltira bilsa, ta`limni motivlar, tafakkur va xotira-
hodisalari ansambliga mo‘ljallab tashkil etsa, har bir o‘quvchining o‘z-
o‘zini nazorat qilishi uchun vositalar tayyorlasa, ana o‘shandagina joriy
nazoratning samaradorligi oshadi.
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid vositalardan biri
nazorat xaritasi. Nazorat xaritalari o‘zlashtirilayotgan o‘quv
materiallari, uning birliklari — o‘quv elementlari asosida tuziladi. Unda
o‘zlashtirilayotgan o‘quv elementlari, ularni o‘rganishga oid o‘quv
283
maqsadlari testga aylantirilgan maqsad, testning javobi, to‘plangan
ballarga mo‘ljallangan grafalar bo‘ladi. Testga aylantirilgan
maqsadlarga quyiladigan ball miqdori o‘quvchilarga oldindan aytiladi,
testning yechim i (kaliti) o‘qituvchida saqlanadi.
Joriy nazorat uchun tuzilgan o‘z-o‘zini nazorat qilish xaritasida
o‘zlashtirilayotgan mavzu bo‘yicha nechta o‘quv elementi ajratilgan
bo‘lsa, shuncha miqdorda bolalarning o‘quv maqsadlari, shuncha
miqordagi testga aylantirilgan maqsadlar bo‘lishi shart. Zero, testga
aylantirilgan maqsadlarning javobini tahlil qilish yo‘li bilan har bir
o‘quvchining qanday natijaga erishganini aniqlash mumkin. O‘qituvchi
shuni unutmasligi kerakki, o‘z-o‘zini nazorat xaritasida keltiriladigan
testga aylantirilgan maqsad o‘rganilgan hodisani tanish (mas.
undalmalarni matn tarkibida tanish) darajasida bulishi lozim.
Shunday qilib, joriy nazorat ta`limning borishi bilan daxldor bo‘lib,
mavzu bo‘yicha axborotlar to‘plash, to‘planganaxborotlarga dastlabki
ishlov berish, o‘rganilgan hodisalarni boshqa hodisalardan farqlash,
ularni taniy olish darajasida o‘tkaziladi, testga aylantirilgan
maqsadlarning murakkabligi, qiyinligi o‘rganilgan bilimlarga oid
hodisalarni tanish darajasida bo‘ladi.
Joriy nazorat jarayonida testga aylantirilgan maqsadlar bo‘yicha
to‘plangan ballar asosida sinf jamoasi gomogen guruhlarga ajratiladi,
guruhlar uchun qiyinchiligi, murakkabligi hisobga olingan topshiriqlar
belgilanadi, ta`limni borishiga qo‘shimcha,
tuzatishlar kiritiladi. Bular
ta`limni yana bir bor takrorlashni osonlashtiradi, o‘zlashtirishning
navbatdagi darajasi — malaka darajasida o‘zlashtirishga o‘tishga
imkoniyatlar yaratadi.
Joriy nazorat o‘zlashtirishning birinchi darajasi (ko‘nikma
darajasi)da, oraliq nazorat esa malaka darajasida o‘zlashtirilgan
bilimlar asosida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat mohiyati jihatdan
o‘rganilgan axborotlarga ishlov berish jarayoniga to‘g‘ri keladi.
O‘quvchilar o‘rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko‘rsatishadi,
ularni turli o‘quv va hayotiy holatlarga tatbiq qilishadi, o‘rganilayotgan
ob`yekt(lar)ning yangi-yangi xususiyatlarini kashf etishadi, bilimlarni
yangi sharoitlarda sinab ko‘rishadi.
Oraliq nazorat o‘rganilayotgan mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha
umumiy xulosalar chiqarish, voqea-hodisalarni tushuncha darajasida
o‘zlashtirish jarayonlarida ham o‘tkaziladi, shularga ko‘ra oraliq
284
nazoratda testga aylantirilgan maqsadning murakkablik, qiyinlik
darajasi oshiriladi. Testga aylantirilgan maqsadlarni o‘zaro taqqoslab
ko‘rish uchun oldingi sahifada keltirilgan jadvalni yana bir bor
takrorlaymiz.
Joriy nazoratga o‘xshab oraliq nazorat ham ta`limning borishi bilan
daxldor, shu sababli ular mashg‘ulotlarning tarkibida o‘tkaziladi, ularga
alohida o‘quv soatlari ajratilmasligi kerak. Bu ularning o‘xshash
tomonlaridir. Ammo oraliq nazoratning o‘zigagina xos xususiyati
mavjud. Taqqoslang; joriy_nazorat to‘liq o‘zlashtirishning dastlabki
bosqichida (mavzu bo‘yicha axborot to‘plash jarayonida) o‘tkazilsa,
oraliq nazorat axborotlarga ishlov berish — masala darajasida
o‘zlashtirish, shuningdek, mavzu yoki bulim yuzasidan umumiy
xulosalar chiqarish — tushuncha darajasida o‘zlashtirish bosqichlarida
o‘tkaziladi. “Oraliq nazorat” iborasi uning joriy va yakuniy nazorat
o‘rtasida o‘tkazilishiga ishora emas, aksincha, bilimlarni yuqori daraja
(etalon darajasi)da o‘zlashtirishga yaqinlashganlikka diqqatini
qaratishdir.
Hozirgi, endigina shakllanib kelayotgan ta`lim texnologiyasi
pedagogik amaliyotida joriy va oraliq nazoratda uy vazifalari,
qo‘shimcha topshiriqlar, ijodiy ishlarni tekshirish orqali o‘zlashtirish
ballarini to‘llash moyilligi paydo bo‘lyapti. Bu ma`qul tendentsiya
emas. Bizningcha, uy vazifasi, qo‘shimcha topshiriqlar, ijodiy ishlar,
konstruktiv yumushlarnn ta`limning tashkiliy shakllari sifatida ajratish,
maktabda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga ilova ishlar deb qarash
ma`qulqga o‘xshaydi. Bunday ishlarning natijasi hisobga olinishi zarur.
Ammo ularni bolaning ta`limni yangi sharoitlarda takrorlayotgani
sifatida qarash lozim. Haqiqiy reyting testga aylantirilgan maqsadlar
asosida o‘tkazilsa, nazoratning samaradorligi yanada oshadi.
Shu yerda bir hodisaga tanqidiy munosabat bildirishni joiz deb
topdik. Ta`lim texnologiyasi amaliyotida mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha
to‘planishi lozim bo‘lgan ballarning ko‘p miqdori joriy va oraliq
nazoratga, juda oz miqdordagi ballar yakuniy nazoratga to‘g‘ri kelyapti.
Bu unchalik to‘g‘ri emas. Ish shu yo‘sinda ketaversa, eskicha
protsentomaniya — foizbozlik o‘rniga, yangi “ballomaniya” —
ballbozlik paydo bo‘lmaydimi? Bu birinchi. Ikknnchidan, joriy va
yakuniy nazorat faqat ball to‘plash uchun emas, aksincha, bolalarni
ogohlantirish o‘zlashtirishda qaerga kelib qolganlarini ularga
285
tushuntirish, ta`limga tuzatishlar kiritish, uni yana bir bor takrorlash.
kabi tabaqalashgan-differensial ta`limning ehtiyojga aylanganini
o‘quvchilarga anglatish maqsadlarida o‘tkaziladi. Binobarin, joriy va
oraliq nazoratlarda ta`limiylik ustun bo‘ladi.
Yakuniy nazorat joriy va oraliq nazoratdan butunlay farq qiladi:
unga alohida o‘quv soati ajratiladi: u o‘quvchilar bilim darajasi etalon
darajasiga ko‘tarilgach o‘tkaziladi; unga ta`lim natijasi ta`lim
jarayonidan ajratiladi. Ko‘rinadiki, yakuniy nazorat ta`limning borishi
bilan emas. nuqul ta`lim natijasi bilan daxldor hodisadir. YAkuniy
nazoratda bulim yoki mavzu bo‘yicha ajratilgan o‘quv elementlarining
barchasini o‘zlashtirish etalonga taqqoslab tahlil etiladi, umumlashgan
test yoki testlar tizimi vositasida natija tekshirilib, baholanadi. Shu
tufayli uni “nazorat ustiga qurilgan nazorat” deb qaraymiz. Reyting
nazorati tizimini quyidagi chizma asosida tasavvur etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |