№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Tekshiruvchi 
suhbat ma’ruza va seminar 
mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarning haqqoniyligi, hajmi va 
hayotiyligini aniqlashga yordam beradi. Chunki bunday suhbat 
o‘tganlarni qayta xotirda tiklash, takrorlash va sistemalash ko‘rinishiga 
amalga oshiriladi. Evristik suhbat metodi o‘quv ma’lumotini ijodiy, 
topqirlik yo‘li bilan qo‘llanilganligi sababli, u talabalar tafakkurida 
mo‘ljallangan. Bunda o‘qituvchi-talaba faoliyati uyg‘unligi asosida 
mantiqiy tafakkur rivojlantirilishiga erishiladi. Umuman, suhbat 
metodining mohiyati shundaki u: 
-
Talabalarning ijodiy, mantiqiy fikrlashini yo‘lga qo‘yadi; 
-
Talabalar faolligini oshirishga, xotira va nutqning rivojlanishiga 
yordam beradi; 
-
Talabalarning muayyan ko‘rinishdagi mustaqilliklari yo‘lga 
qo‘yiladi; 
-
Talabalarda ijodiy qobiliyat rivojlanib axloqiy va estetik 
dunyoqarashlari rivojlanadi. 
Laboratoriya metodi.
Pedagogika fani mashg‘ulotlarida laboratoriya 
metodidan 
foydalaniladi. Bu metod asosan pedagogik hodisalarni tajriba qilishda 
qo‘llaniladi. Bu pedagog rahbarligida o‘tkaziladigan talabaning 
mustaqil faoliyati. Laboratoriya metodi og‘zaki bayon qilish 
metodlarining boshqa turlari ya’ni tushuntirish, mashq bajarish, ta’lim 
tarbiya usullarini amalda qo‘llash kabi pedagogik epizodlarda 
qo‘llaniladi. Masalan, kichik tarbiyachilik, o‘qituvchining dars o‘tish 
mahorati, maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy malakalarini 
shakllantirish, bog‘chaga o‘yin mashg‘uloti kabi pedagogik voqealarni 
laboratoriya metodidan foydalanib o‘tkaziladi. Chunki, bu metod ta’lim 
oluvchi 
talabaga 
o‘qituvchi pedagog tomonidan oldindan 


112 
rejalashtirilgan voqea bo‘yicha tajriba o‘tkazish tavsiya etiladi. Shu 
vaziyat yordamida nazariy ma’lumotlarni tajribada sinab, amaliy 
ko‘nikmaga ega bo‘linadi. Laboratoriya metodidan foydalanilganda, 
laboratoriya mashg‘uloti mavzusi, uning mazmuni, foydalanadigan 
adabiyotlar talabalarga oldindan tavsiya qilinadi, uni bajarish uchun 
ko‘rsatmalar beriladi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin