№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Manbalar bilan ishlash metodi



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Manbalar bilan ishlash metodi
. Ma’lumki, nazariy mashg‘ulotlar 
jarayonida, barcha axborotlar, ma’lumotlarni talaba xotirasida saqlab 
qolmaydi va esda saqlashi ham qiyin. Shuning uchun talabaga nazariy 
bilimlar bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya etiladi. 
Mazkur tavsiya bo‘yicha talabalar nazariy mavzuda ko‘zda tutilgan 
masalalarni mustaqil o‘rganadilar. Buning uchun talaba mavzu 
bo‘yicha fundamental hodisalarni saqlab qolgan bo‘lmasalar va 
mustaqil ish jarayonida bu xolatlarni yangi ma’lumotlar bilan 
to‘ldirishlari lozim. Asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlardan 
turlangan axborotlarni quyidagicha guruhlash mumkin; mustaqil 
egallangan 
yangi 
bilimlar, 
bilimlarni 
mustahkamlash 
va 
to‘ldirishbilimlarni amalda qo‘llashga tayyorlanish. 
Talabalar topshirilgan vazifaga qarab, manbalar bilan ishlashda 
quyidagicha yo‘l tutishi mumkin; a) manbalardan eng muhim va kerakli 
ma’lumotlarni yozib olish; b) tuzilgan reja bo‘yicha konspekt tuzish; v) 
kerak bo‘lgan qo‘llash uchun muhim belgilar shaklida bir yoki bir 
necha manbalar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bayon etish; g) 
ananaviy (mavzuning qisqa mazmuni) yozish, yangi mavzuning 
mazmuniga qisqa ta’rif berish vaho kazo. Bu ishlarni bajarish uchun 
pedagog talabaga ko‘rsatma berishi va mavzu rejasini tavsiya qilishi 
mumkin. 
Talaba o‘qishi va kelgusida yaxshi mutaxasis bolishni istasa, 
albatta manbalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lish lozim. Chunki, 
bu uning butun hayoti va faoliyatida asqotadi. 
6.4.Pedagogik fanlarni o‘qitish vositalari va ularning tasnifi 
Ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan sinf taxtasi va bo‘rdan 
tortib, elektron hisoblash mashinalarigacha bo‘lgan, o‘quvchi-
talabalarga ma’lumotlarni chuqur anglashga yordam berishga 


113 
yo‘naltirilgan materiallar o‘qitish vositalarini anglatadi. B.Q.Xo‘jayev
1
ularni quyidagicha tasniflangan: 
Ko‘rib turganimizdek bu materiallar turlicha bo‘lib, avvalo, 
ularning o‘ziga xos xususiyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni 
bo‘yicha farqlash lozim. O‘qitishning didaktik vositalari yangi 
ma’lumotlarni o‘qituvchi tomonidan bayon qilish, o‘quvchilar 
tomonidan esa o‘zlashtirishning eng qulay manbai hisoblanadi. 
Didaktika fanida o‘qitish metodlari va o‘qitish vositalarining 
o‘zaro bog‘ligi, biri birisiz mavjud bo‘lolmasligi va ko‘zlangan 
maqsadga erishishning qiyin bo‘lishi qayd etib o‘tiladi. Chunki, o‘qitish 
metodlari, o‘quvchi-talaba erishmoqchi bo‘lgan fan cho‘qqisiga 
ko‘tarilishining yo‘li bo‘lsa, o‘qitish vositalari mana shu yo‘lda 
o‘quvchi va o‘qituvchiga suyanchiq bo‘ladigan, yo‘lni shamchiroq 
singari yoritadigan «kompas», «xarita» sifatida ishtirok etadigan qurol 
hisoblanadi. Mabodo shu qurol bo‘lmasa, yoki o‘tmas, ishga yaroqsiz 
1
Xo`jayev B.Q. Didaktik vositalar majmui. –Buxoro. 2017.
Videofilmlar
Tiniq rangli bo`lmagan 
Yarim tiniqlikda 
bo`lgan 
Yassim 
turg`un 
Keng hajmli 
harakat 
Turg`unlik
da bo`lgan
Serharakatl
i
Darsliklar, 
albomlar, 
foto rasmlar 
Eksprimenta
l namoyishi 
Tayor
Chizm

Kinodan 
lavhalar
Diafilmlar 
Kod 
asboblari
Diopozitivla
r
Epiproyektorl
arva
O‘TV
O‘TV va 
video 
D
iaproyektorlar
Grafproyektorlar 
Kinoproyektorlar
Didaktik materiallar 


114 
bo‘lib qolgan bo‘lsa unda muddaoga erishish qiyin kechadi. Shuning 
uchun ta’lim-tarbiyada o‘qitish vositalari aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
hodisadir. Ma’lumki, tabiat hodisalari, jamiyatda ro‘y beradigan 
voqealar inson ongi orqali o‘zlashtirilganda odam va tabiat, jamiyat 
o‘rtasida qandaydir aloqa o‘rnatiladi. Mana shu aloqa rolini ta’limda 
o‘qitishning didaktik vositalari bajaradi. Shunga asosan o‘qish, o‘qitish 
jarayonini «inson–o‘qitish vositalari –muhit (obyekt)» kontekstida 
izohlash pedagogikada qabul qilingan. O‘quv-tarbiya jarayonida bu 
vositalardan 
keng 
foydalanish 
o‘qitishning mukammalligini, 
ishonchliligini kuchaytirib, o‘rganuvchilarning obyekt voqealarini 
tushunib etishini oshiradi va bilim sifatini yaxshilaydi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin