№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

ma’ruza-bahs metodi 
yaxshi natija 
berishi tabiiy, zero, ma’ruzadan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarda 
bilimni mustaqil ijodiy egallash qobiliyatini shakllantirishdir. Chunki, 
ma’ruzada talabalar mustaqil fikrlash, fikrlarni isbotlash va asoslashga 
o‘rganishlari lozim. Buning uchun ma’ruzachi dars boshlanishida 
talabalar oldiga ma’ruza mazmunidan kelib chiqib muammoni aniq 
belgilashi, uni talabalar o‘quv-biluv qobiliyatiga moslashtirishi holida 
talabalarni o‘z fikr-mulohazalarini isbotlashga tayyorlashlari lozim. 
Chunki, bu hol talabalarning ma’ruza mashg‘ulotiga bo‘lgan qiziqishi 
va bilishga ehtiyojini tarbiyalaydi. Bu esa talabani ta’lim obyektidan 
ta’lim subyektiga aylanishiga qo‘llashadi. 
O.R.Roziqov va “Didaktika” darsligining boshqa muallifari 
ma’ruza metodini o‘qitish va o‘qish usullariga ajratib, undan 
foydalanish bir necha variantlarni taqdim etadilar.
1
Ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan ma’ruza metodi, asosan 
talabalarga ya’ni bilim berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u murakkab 
masalalar, mavzularni o‘rganishda, muammoli mavzularni o‘qitishda 
va pedagogika o‘quv fanlari o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganishigda 
farqlaniladi.
Ma’ruza metodining samarali, optimal qo‘llanilishi uchun, 
o‘qituvchi-lektor: 
-
Mavzuga oid asosiy va ularni bayon etish rejasini tuzish. 
-
Ma’ruza boshlanishida rejani talabalarga e’lon qilib, asosiy va 
qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilishi; 
-
O‘quv materialini izchil, tizimli, o‘tilgan mavzu va kelgusi darsda 
o‘tilishi nazarda tutilgan mavzu bilan bog‘langan holda bayon etilishi; 
-
Ma’ruzaga 
talabalarning 
qiziqish, 
intilishi 
va 
ma’ruza 
samaradorligini oshirish maqsadida mavzuni hayotiy misollar
tajribadagi ishlar bilan bog‘lashi va kerakli joylarda talabalarga 
muammoli savollar bilan murojat qilish; 
1
Qarang: O.R Roziqov va boshqalar. Didaktikalar Darslik-T.: “Fan” 1997, 187-188-betlar


110 
-
Bayon 
talabalarga 
tushunarli, 
qiziqarli 
bo‘lishi 
uchun 
ko‘rgazmali, audio va video materiallardan unumli foydalanish; 
-
Rejada ko‘rsatilgan har bir punktni yakunlaganda, uni xulosalashi 
va ma’ruza yakunida umumiy xulosa uchun ma’lumotlarni belgilab 
qo‘yishi; 
-
Ma’ruza mavzusidagi eng muhim sonlar xotirada saqlanishi qiyin 
bo‘lgan ma’lumotlarni talabalarning yozuv daftarlariga qayd 
qilishlarini tavsiya etishi
-
Mavzu yuzasidagi xulosalarni turli o‘quv sharoitlarida tadbiq 
etishga oid ko‘rsatmalar berishi kabi qonun-qoidalarga amal qilishi 
talab etiladi. 
Uzluksiz ta’lim tizimida qo‘llaniladigan ta’lim metodlarining yana 
biri 
suhbat 
metodidir. Bu metod bilim o‘zaro so‘zlashuv (dialog) yo‘li 
bilan o‘rganishga sabab asosan seminar mashg‘ulotlarida, talabalarning 
mustaqil ishi, referatlari, o‘quv konfersiyalarida qo‘llaniladi. Bu 
pedagog va talabaning faol, jonli savol-javob yo‘sinida qo‘llaniladigan 
o‘qitish-o‘qishning bir ko‘rinishi bo‘lib, savol-javob tarzida tashkil 
qilinadi.
O‘qituvchi suhbat metodini tashkil etishda turli o‘quv vazifalarni 
hal 
etadi. 
Jumladan: 
talabalarning 
nazariy 
bilimlarini 
o‘zlashtirganliklarini aniqlash, ma’lumotlarni umumlashtirishi va 
tizimlashtirish: yangi mavzuni o‘rganishda talaba tafakkurini 
boshqarish; talabalarning ijodiy qobiliyati, aqliy kuchi, intellektini 
rivojlantirish vaho kazolar. Shu bois suhbat metodida talabalar pedagog 
savollariga javob berish bilan o‘rganilayotgan mavzuda izohlangan 
ma’lumotlarni mantiqiy ketma-ketlikda o‘rganadi, fikr yuritadi, tahlil 
qiladi va fikrlarini nazariy jihatdan umumlashtiradi. 
Pedagogik manbalarda ko‘rsatishicha suhbat metodi, o‘z mazmun 
mohiyatiga ko‘ra kirish suhbati, nazariy bilimlarni mustahkamlovchi, 
yangi bilimlarni ma’lum qiluvchi, tekshiruv suhbati, evristik suhbat. 
Kirish
suhbati seminar mashg‘uloti dastlabki soatida qo‘llanilib, u 
o‘qituvchining talablarni mazkur fandan o‘tkaziladigan seminar 
mashg‘ulotning maqsad, vazifalarini, fan dasturidagi ushbu fanga 
qo‘yilgan pedagogik talablarni, seminar mashg‘ulotida ajratilgan 
vaqtni, seminar mavzulari va ularning rejalari bilan tanishtirishni 
nazarda tutadi. Yangi bilimlarni ma’lum qiluvchi suhbat o‘qitish-
o‘qishning murakkab va ko‘p mehnat talab qiladiganlaridan biri bo‘lib, 


111 
nazariy bilimlarni izchil, o‘zaro aloqadorlikda, talabalarda ma’lum 
bo‘lgan faktlar, pedagogik hodisalarga asoslangan holda tashkil etiladi 
va o‘tkaziladi. Nazariy bilimlarni mustaqilovchi va umumlashtiruvchi 
suhbat, ma’ruzaga o‘rganilgan material bilan aloqa o‘rnatishiga yordam 
beradi. Masalan, shaxs ta’lim va tarbiya haqidagi bilimlarni 
mustaqillashga pedagog savollar berib, talabalarni ma’ruzaga 
o‘rganilgan shaxs taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi omillar va ularda ta’lim-
tarbiyaning yetakchilik rolining sabablarini, hayotiy misollar bilan 
ajratib ko‘rsatishga undaydi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin