122
Monolog
-ma’ruzadagii oq’ituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi
talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir.
Dialog
- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida
o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir.
Polelog-
guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki
o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobilyatlarni
rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
Oliy ta’lim maktablarida ham yuqoridagi shakllar bilan o‘quv
ishlari tashkil qilinmoqda.
Ma’ruza
(o‘quv ma’ruzasi)-oliy o‘quv yurti pedagogik jarayonida
eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim oluvchilarga
maksimal darajada
yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv materialini
talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda talaba uchun
zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etiladi.
Oliy ta’limda pedagogika fanlaridan tashkil etiladigan ma’ruzalar
pedagogik qonuniyatlar, g‘oyalar mazmunini nuqtai nazarlar
mohiyatini ochib berishga, bilimlarni tizimlash
va umumlashtirishga
qaratiladi. Bunda ma’ruzani tinglay olish, asosiy g‘oyalar va muhim
sanalar, fikrlarini yozib borish muhim hisoblanadi.
Ma’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi bilan tinglovchi-talaba
o‘rtasida jonli muloqot yuzaga keladi. Shuning uchun ma’ruzachi o‘z
o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur va mukammal
bilishi, fandagi ma’lumotlarni
qiziqarli, tushunarli, jonli qilib
talabalarga yetkaza olish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Ma’ruzada jonli muloqot tashkillashtirilganligi sababli talabalar ilmiy
nazariy bilimlar olamiga kiradilar,o‘zlari uchun mavhum bo‘lgan
pedagogik tushunchalarni mohiyatini tushunib oladilar. Bu hol
ma’ruzachining o‘quv dasturidagi muhim ma’lumotlar,
murakkab
fikrlar mazmunini aniqlab, ochib berishi, farazlar mohiyatini izohlashi,
talabalar oldiga muammolar qo‘yishi ularni mustaqil fikrlashga undashi
yordamida ro‘y beradi.
Ma’ruzaning afzalligi shundaki u katta hajimdagi materialni qisqa
mudatda, aniq izoh yordamida tinglovchiga yetkaza oladi va o‘quv
ma’lumotlarini sistwmali bayon qilishni ta’minlaydi. Ilmiy pedagogik
nazariya va amaliyot shundan darak beradiki, ma’ruzani ta’limiy va
tarbiyaviy imkoniyatlarini ijobiy bo‘lishi ko‘p hollarda auditoriyada
ma’ruzachi bilan tinglovchining aloqa o‘rnatishiga bog‘liq.
Ma’ruzachi professor- o‘qituvchi va talaba - tinglovchining
123
auditoriyadagi hamkorlik va aloqa o‘rnatishning muhim shartlari
mavjud. Ularni pedagog olim N.V.Savin uch guruhga ajratadi.
Birinchi guruhga ma’ruza mazmuni va tuzilishi bilan bog‘liq
shart
kiradi.
1.
Ma’ruza mavzusini aniq rejalash va ko‘rish;
2.
Ma’ruzani ilmiy informatsiyalarga boyitish;
3.
Ma’ruzada fanning eng yangi yutuqlarini bayon etish;
4.
Ma’ruza uchun o‘quv materialini puxta tayyorlash va uning
mazmunini asosiy tushunchalar mohiyatini yoritishga qaratish;
5.
Bayon etilayotgan o‘quv materialining
darslikdagi izohini
obyektiv baholash va qo‘shimcha ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish
hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish.
Ma’ruzachining talabalar bilan aloqasining ikkinchi sharti ma’ruza
sifatiga taa’lluqli:
1.
Ma’ruzachi mavqeining aniqligi uning g‘oyaviy va ilmiy
ishonchi hamda bu ishonchning ma’ruza mazmuniga, fikrlar bayonida
ifodalanishi.
2.
Umumiy va ilmiy bilimdonlik, erkin axbarotlarni bayon etishi.
3.
O‘z o‘quv faniga ishtiyoq va ilmiy ijodga qiziqish
4.
Diktorlik mahorati, bilimdonlik va fikrlar boyligi, bayon etish
malakasiga ega bo‘lish ( ma’ruzada diqqatini turli obyektlarga
taqsimlay olishi va uni butun mashg‘ulot
davomida saqlay olishi, aqliy
faoliyatini stimullash va h.k).
5.
Nutq sifati: fikrni til orqali ifodalashi, nutqning yorqinligi,
auditoriyada aniq eshitilishi, ifodali bayon etish.
6.
Ma’ruza o‘qish tizimi: barcha kurs talabalarining o‘quv
ma’lumatlarni to‘liq idrok qilish va ayrim yozuvlarni qayd qilish
imkoniyatining yaratilishi
Dostları ilə paylaş: