129
ijtimoiy-foydali ishni tashkil qilish va o‘tkazish, dars va tarbiyaviy
soatlarni rejalashtirish ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Amaliy mashg‘ulotlar frontal, guruhiy (juft-juft),
individual
ko‘rinishda “aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tanqidiy
fikrlarsh”, “Klaster” (tarmoqlar), “Munozara” va h.k interfaol usullarda
o‘tilsa ko‘zlangan maqsadga erishish amalga oshadi.
Tajribaning ko‘rsatishicha amaliy mashg‘ulot maxsus jihozlangan
kabinetlar, yoki o‘quv tarbiya muassasalarida o‘tkazilsa samaradorlik
yanada oshadi. Chunki, bunda o‘qituvchi-talaba-o‘quvchi muloqoti
amalga oshadi. Talabalar bunday mashg‘ulotlarda o‘zlarini yo
o‘qituvchi, yo tarbiyachi, yo o‘quvchi- tarbiyalanuvchi o‘rniga qo‘yish,
nazariya bilan amalyotni taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu
esa mashg‘ulot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Seminar va amaliy
mashg‘ulotlarning mazmundorligi va samaradorligi quyidagi talablar
asosida qurilishi talab etiladi.
-Seminar yoki amaliy mashg‘ulotda
talaba javobi, ma’ruzasi
muayan ijtimoiy-ma’rifiy maqsadga yo‘nalgan bo‘lishi (muammoning
qo‘yilishi, dolzarbligi, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi ustuvor
maqsadga ega bo‘lishi.
-
Talaba ma’ruzasida fikrlarning mantiqiy ketma-ketlik, rejalilik,
mukammalik va fikrlarning o‘zaro aloqadorlik
tamoyili asosida
tuzilganligi, asosiy va qo‘shimcha ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatilishi,
adabiyotlarni aniq tanlanganligi, va to‘g‘ri foydalanganligi.
-
O‘quvchi- o‘quvchi –o‘qituvchi muloqotining to‘g‘ri tuzilishi,
o‘quvchi
talabaning kursdoshlari, o‘qituvchining tanqidiy fikriga
xayrxohli, samimiyli, e’tirozli munosabatning ijobiyligi, muomilaga
kirish madaniyatining mavjudligi.
-
O‘quvchining axloqiy-madaniy harakatlari: o‘rinli,
maqsadli
bahslashishi, kursdoshi fikrini tinglay olishi, ma’lumotlarni taxlil qila
olishi, fikrini lo‘nda, ixcham bayon etish va nuqtai nazarini
dalillashning ijobiyligi.
-
Talabaning mashg‘ulot jarayonidagi faolligi, mavzu rejasidagi har
bir punktda o‘z fikrini ayta olishi, o‘ziga va o‘zgalar fikriga tanqidiy
yondasha olishi.
Dostları ilə paylaş: