№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Laboratoriya ishlari
oliy ta’limda “Umumiy pedagogika” fanidan 
laboratoriya mashg‘uloti o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotda laboratoriya 
ishi, o‘qitishning interfaol metodini ko‘rish orqali peagogik 


130 
mashg‘ulotlar o‘tiladi, amaliy o‘yinlar o‘tkaziladi, masalalar yechiladi 
va h.k. masalan, “Ta’limni tashkil etish shakllari” mavzusi zamonaviy 
darslarni tashkil qilish, dars o‘quv-tarbiya ishlarini yaxlit tizimini 
ko‘rinishida pedagogik o‘yin darsi o‘tkazilishi mumkin. Bunda asosan 
talabalarda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilish uchun 
laboratoriya ishini tashkil qilish nazarda tutilgan. Odatda laboratoriya 
ishlari “Umumiy pedagogika” fanining nazariy asoslari bo‘yicha 
ma’lumotlarni amalda qo‘llab, o‘quv mashg‘uloti, tarbiya soatlarni 
o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumot berish, o‘qituvchilik-murabbiylik 
kasbini egallash yo‘llarini ko‘rsatish maqsadida tashkillashtiriladi. 
Shu o‘rinda e’tibor etish joizki, laboratoriya mashg‘ulotlari izlanish 
xarakteri (tavsifi)ga ega bo‘lib, muayan pedagogik hodisani kuzatish, 
tajriba o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish ko‘rinishidagi ishlarni yo‘lga 
qo‘yish uning xulosalarini umumiylashtirish, yakuniy mashg‘ulotlarni 
qo‘lga kiritish uchun ham qo‘llaniladi. 
O‘quv konfrensiyasi va munozara mashg‘ulotlari
.
Pedagogik 
fanlarni o‘qitishda o‘quv konferensiyalari mashg‘ulotlarini tashkil-
lashtirish oliy ta’lim muassalarida qo‘llaniladigan ta’limning muhim 
shakllaridan biri hisoblanadi. Odatda o‘quv konfrensiyasi fanning 
muayyan bo‘limi yoki katta hajmdagi mavzularni o‘rganishda yoki 
o‘rgangandan so‘ng o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotidir. Shuning 
uchun konferinsiya mavzulari o‘quv mavzusini takrorlash, qo‘shimcha 
darsliklardagi qayd etilgan masalalarni takrorlamasliklari lozim. 
Masalan, “Pedagogika tarixi” o‘qitilgandan so‘ng “Sharq muttafakir-
lari ta’limotida ma’naviy –axloqiy tarbiya masalalari”, “Abdulla 
Avloniy jadid tarbiyashunosligining asoschisi”, “Mustaqillik yillarida 
O‘zbekistonda pedagogika faning taraqqiyoti” va h.k. Mavzularda
o‘quv konfrensiyasining boshqa o‘quv fanlaridan farqi shundaki, u bir 
necha fakultet ta’lim muassasalari talabalarni qamrab oladi. Unga 
talaba pedagog rahbarligida jiddiy tayyorgarlik ko‘radi, konfrensiya 
mavzusi va o‘zi tanlagan mavzu mohiyatidan kelib chiqib bir necha 
ilmiy, siyosiy, pedagogik, adabiyotlar bilan tanishib, muammoli 
masalalarni hal qilishga majbur bo‘ladi. 
O‘quv konfrensiyalari pedagogika fanlarining eng dolzarb, jamiyat 
talablariga javob bera oladigan masalalar bilan to‘ldirilsa ayni muddao 
bo‘ladi. U talaba yoshlarni ijodkorlikka, tashabbusga, ilmiy izlanishga 
qiziqish,manbalar bilan aniq ishlashga o‘z fikri, nuqtai nazarini 


131 
asoslashga o‘rgatadi. Shuning uchun ham uni oliy ta’lim maktablarida 
o‘qitish ishlarining tashkiliy shakli sifatida o‘tkazish muhim ilmiy 
pedagogik axamiyat kasb etadi. 
Shunday qilib, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida 
pedagogika fanlaridan tashkil qilinadigan o‘quv ishlarining shakllari 
bo‘lajak tarbiyachi –murabbiylarda pedagogika fanlariga qiziqishni, 
kelajak kasbga qiziqish va havasni uyg‘otishga katta amaliy yordam 
ko‘rsatadi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin