7.3.Pedagogik fanlarni o‘qitishning yordamchi shakllari
Ta'limning yordamchi shakllari: to‘garak, kolleklium,kurs ishi,
malakaviy bitiruv ishi fakultativ mashg'ulot, o‘quv ekskursiyalari va
boshqalar sanaladi.
Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga
o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning
mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda
o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish,
chuqurlashtirish,
ularni
esdan
chiqarishning
oldini
olish,
o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini
rivojlantirishdan
iborat.
Bu
ishlar
o‘quv dasturi talablari,
o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish
darajalarini hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari
ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o‘zlashtirilgan
bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan
o‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil
bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga
kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil
fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy,
tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari
statistik ma’lumotlar kabi o‘quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash
va boshqalar.
Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining
halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda
tekshirishga uninmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni
rag’batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan
kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha
vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam
132
hollarda o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan
qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa
ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi
samarasiz bo‘lib qoldi.
Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va
boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va
qobiliyatlarini
rivojlantirish,
o‘qishga
ijobiy
munosabatni
shakllantirishga yordam beradi.. To‘garaklar o‘qishni hayot bilan
aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog’liqlikni rivojlantiradi. Fan
to‘garaklarida o‘quvchilarning ishlari o‘quv jarayonini faollashtiradi,
o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular
ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv
ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham
rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi
unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib
chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak
topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida
mavzu va maqsad, obyekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok
etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur
bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani
o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o‘quvchilarning yoshi,
ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obyektiga bog’liq bo‘ladi.
Maktab o‘quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni
tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak
va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda
fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar
ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi
sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi,
rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi.
Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari
emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi.
Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg’ulotlar majburiy va umumiy o‘rta
ta’lim fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o‘tkazilishi kerak.
Maslahat (konsultatsiya-o‘quv suhbati)ga talablar ko‘pincha
o‘quvchilarning ma’lum o‘quv materiali yoki topshirig’i ustida
mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi savol
133
beradi. To‘g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarga o‘quv
materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Konsultatsiya davomida o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini u yoki bu
masalani to‘g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin
topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni
mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Konsultatsiya
o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida
e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb
etishga imkon beradi. To‘g’ri tashkil etilgan konsultatsiya
o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan
qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g’ri aniqlashga
yordam beradi.
Kurs ishining asosiy talab va shartlari. Oliy ta’lim muassasalarida
pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishi yozish
bitiruv malakaviy ish bajarishdan oldingi muhim bir tayyorlanish
bosqichlaridan biridir.
Kurs ishi yozishdan maqsad quyidagilardan iborat:
– talabalarning pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi hamda
kasbga yo‘naltirish va kasb tanlash asoslari fanini o‘rganishi uchun
huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy va o‘quv adabiyotlarni izlab topishi,
o‘rganib chiqishi hamda ularni jamlab, xulosa qilishi;
– mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish;
– amaliy materiallarni pedagogik tahlil qilish va ularga il-miy
xulosa berish borasidagi malakasini oshirish;
– faktlar asosida to‘g’ri xulosa chiqarishni o‘rganish;
– dolzarb mavzularga taalluqli yangiliklar, adabiyotlar va man-
balardan foydalanish;
– bitiruv malakaviy ishlarini yozishga tayyorlash.
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqich-
lardan iborat:
1. Mavzu tanlash.
2. Foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni izlab topish va
ularning ro‘yxatini tuzish.
3. Kerakli hujjatlar asosida ma’lumotlarni tayyorlash va yig’ish.
4. Kurs ishi rejasini tuzish.
5. Rejaga mos bo‘lgan savollarni batafsil o‘rganish ma’lumot-
larni tahlil qilish.
134
6. Olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rganish va tahlil natijasida
batafsil, mantiqan to‘g’ri bayon qilish.
7. Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tahlil
qilish.
8. Ilmiy rahbar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni barta-raf
etish va takliflarni e’tiborga olish.
9. Kurs ishini to‘g’ri rasmiylashtirish.
10. Kurs ishini himoya qilish.
Kurs ishi yozishdagi asosiy masalalardan biri, talabalar tomonidan
uning mavzusini to‘g’ri tanlashdir. Hamma fanlarda bo‘lganidek
Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi fanidan yoziladigan kurs ishi
mavzusi ham talabalar tomonidan mavzular ro‘yxatidan tanlanadi.
Talabalarning tanlagan mavzulari bir xil bo‘lib qolmasligi lozim.
Ular uchun mavzu tanlash imkoniyati keng bo‘lishi uchun, tay-
yorlangan mavzular ro‘yxati kurs ishi yozishi ko‘zda tutilgan tala-balar
soniga nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘lishi tavsiya etiladi.
Kurs ishi mavzulari ro‘yxati har yili kafedra tomonidan yangi va
dolzarb muammolarni yoritishga asos bo‘ladigan mavzular bilan
yangilanib turilishi va o‘quv yilining 1 oktyabriga qadar tanishish
uchun talabalarga berilishi kerak.
Talabalar mavzu tanlashda o‘qituvchilar bilan maslahatlashishlari
mumkin. U ro‘yxatdagi mavzulardan xohlaganini tanlash huquqiga ega.
Bundan tashqari, talaba kurs ishi mavzulari ro‘yxatida bo‘lmagan, lekin
pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi muammolarini ochishda
muhim ahamiyat kasb etgan mavzularni taklif qilishi mumkin.
Har bir talaba bitta mavzu tanlash huquqiga ega. Mavzu
tanlangandan so‘ng, kurs ishi ëzish masalasida albatta ilmiy rahbar
bilan maslahatlashib olish kerak.
Kirish qismi – kurs ishining boshlang’ich qismi bo‘lib, ishning
asosiy ma’nosini bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusi-ning dolzarbligi
asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish obyekti,
predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyat-ga to‘xtaladi. Shu
bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlar
manbalari aks ettiriladi.
Kirish qismdan so‘ng, asosiy qism shakllantiriladi. U bir nechta
savollardan iborat bo‘lib, bunda asosan ushbu mavzuning asosiy
mohiyati to‘liq va batafsil ochib beriladi.
135
Asosiy qismda ishning hamma savollari ochib beriladi. Avvalo,
tanlangan mavzuning ijtimoiy-pedagogik mohiyati, ahamiyati,
o‘quvchilar bilm, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilib borishning
zarurligi, uning ta’lim samaradorligidagi o‘rni, shakllari, metodlari,
vositalari tahliliy o‘rganiladi. Bunda mavzu bo‘yicha mavjud
muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish yo‘llari
izlab topiladi.
Kurs ishining har bir bo‘limi unga mos asoslar, qarorlar va
xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil
ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va
maqolalari, hisob-grafika ishlari va loyihalari, albatta, nomlari
ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish
mumkin.
Xulosa qismida mavzuni o‘rganish davomida talaba tomonidan
amalga oshirilgan tahlil jarayonida shakllantirilgan xulosalar aks
ettiriladi. Mavzuga oid zamonaviy asarlarda bayon etilgan tadqiq
etilayotgan mavzuni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirib,
shunga asosan talaba o‘z fikrini bayon etadi. Xulosa qismini ko‘pi bilan
2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar qismida darslik, o‘quv qo‘llanma,
uslubiy qo‘llanma, jurnal, tezislar to‘plami, huquqiy-me’yoriy huj-
jatlar va internet saytlarining asosiy ma’lumot ko‘rsatkichlari (chop
qilingan joyi va yili, nashriyot va boshqalar) ro‘yxati keltiri-ladi.
Barcha ilmiy ishlarda, shuningdek, kurs ishida ham foydalanil-gan
ma’lumotlar manbai va adabiyotlar ro‘yxatini keltirish maj-buriy
shartlardan biridir. Foydalanilgan ada-biyotlar qismini ko‘pi bilan 2-3
varaq hajmda keltirish tavsiya etiladi.
Kurs ishini himoya qilish. Dekanat tomonidan kafedra bilan
kelishilgan holda kurs ish-larini topshirish va himoya qilish reja jadvali
ishlab chiqiladi va kurs ishini topshirish va himoya qilish muddatlari
kafedra mudiri tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Talaba tayyor bo‘lgan kurs ishini kafedra kotibasiga topshiradi.
Kotiba ushbu kurs ishini ro‘yxatga olish ki-tobida ro‘yxatdan o‘tkazib,
kurs ishi titul varag’iga ro‘yxatdan o‘t-kazilgan sana va ro‘yxat tartib
raqamini yozadi. So‘ng ilmiy rah-barga topshiradi. Ilmiy rahbar kurs
ishini ro‘yxatdan o‘tgan sana-dan boshlab bir hafta ichida ko‘rib chiqib,
uni talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni
136
o‘z taqrizi (8-ilovaga qarang) bilan birga kafedraga taqdim etadi. Ilmiy
rahbar tomonidan taqdim qilingan taqrizda talabaning faolligi, mavzu-
ning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, qabul qilingan qarorlar-dagi
yangiliklari, keltirilgan ma’lumotlarning tahlili, chi-qarilgan xulosa va
takliflarning asosliligi va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari
tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham ko‘rsatiladi.
Natijada, taqriz oxirida xulosa qilinadi, ya’ni kurs ishi himoyaga
qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Kurs ishida qo‘pol xato-kamchiliklar bo‘lmasa, himoyaga tavsiya
etiladi. Talaba ko‘rsatilgan xato-kamchiliklarni asoslash yoki
to‘g‘rilash uchun kurs ishi himoyasigacha tayyorlanishi kerak. Agarda
kurs ishida xato-kamchiliklar ko‘p bo‘lsa, ularni bartaraf etgandan
so‘ng, himoyaga tavsiya etilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u xolda xato-kam-
chiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, ikkinchi marta yana himoyaga
tavsiya etish uchun taqriz yoziladi.
Agarda talaba kurs ishini sababsiz o‘z vaqtida topshirmasa,
kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi
himoyaga qo‘yilmaydi deb yozma xulosa beradi.
Kotiba taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro‘yxatdan
o‘tkazib qo‘yishi kerak. Kurs ishlarini ro‘yxatga olish kitobida har bir
guruhni alohida betga rasmiylashtirish tavsiya etiladi.
Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komis-
siya tarkibi kafedra majlisida belgilanadi. Kurs ishi himoyasida
qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-5 ta a’zodan iborat bo‘ladi. Kurs ishi
himoyasida komissiya tarkibidan kamida 3 ta azo bo‘lishi ta-lab etiladi.
Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 10-15 daqiqa (5-7 da-
qiqagacha talaba ma’ruzasi, 5-10 daqiqagacha savol-javob) davom
etadi. Talaba o‘z ma’ruzasida mavzu to‘g’risida qisqacha tushuncha
berishi, ya’ni mavzuning dolzarbligi, muammosi, xulosa va taklif
haqida to‘xtalishi zarur. Shuningdek, taqrizda ko‘rsatilgan kamchilik-
lar haqida to‘xtalishi kerak.
Himoyadan so‘ng, komissiya a’zolari yopiq majlis o‘tkazib, tala-
balarning ishini baholash qarorini qabul qiladi.
Komissiya a’zolari quydagicha qarorni qabul qilishi mumkin:
– kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qo‘yilishi;
– himoyaga kiritilmagan bo‘lishi;
– «himoyaga kelmadi» bo‘lishi;
137
– himoyada qoniqarsiz baho olgan bo‘lishi;
– qayta himoya qilish uchun muddat berilishi;
– boshqa mavzuda qayta ishlab, himoya qilish tavsiya qilinishi.
Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya
qilmagan talabalarga dekanning ruxsati bilan, komissiyasining ishi
yakunlanishiga qadar, boshqa muddatlarda himoya qilishga ruxsat
beriladi.
Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ta'lim oluvchilar tanlagan
mavzusi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini asosan oliy ta'lim muassasasi
sharoitida
amalga
oshiradi.
Kafedra
prfessor-o‘qituvchilari
(maslahatchi) ilmiy rahbar etib tayinlanadi. Bitiruv malakaviy ishiga
ilmiy darajaga ega mutaxassis rahbarlik qilishi mumkin. Ilmiy izlanish
natijalari ilmiy maqolalar, tezislar yozish, respublika va xalqaro ilmiy
anjumanlarda ishtirok etish va ma'ruza qilish orqali aprobatsiyadan
o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: |