O'qituvchining
psixologiya
darslariga
tayyorlanishi
quyidagilardan iborat:
200
1) darsda foydalanish uchun ma'lumot materialini tanlash;
2) o‘quvchi-talabalar o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilimlarni tashkil
etuvchi asosiy faktlar, hodisalar, tushunchalar, qonuniyatlarni yoritish;
3) ushbu bilimlarni tushuntirish usullarini tanlash;
4) tushunchalar va qonuniyatlar uchun misollar va rasmlarni
tanlash;
5) bilimlarni o'zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan amaliy
faoliyat turlarini ishlab chiqish;
6) o'quvchilarning faoliyat turlarini rivojlantirish;
7) sinf va mustaqil ish uchun topshiriqlarni taqsimlash.
Psixologiya darsiga tayyorgarlik ko'rishning eng muhim vazifasi
o'rganish predmeti bo'lgan bilimlarni tanlash va shakllantirishdir:
1) psixik hodisalar;
2) tushunchalar;
3) psixik hodisalarning aloqadorlik qonuniyati;
4) psixologik faktlar.
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar
hamda topshiriqlar:
1.
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllarini izohlang.
2.
Psixologik fanlarini o‘qitishda ma'ruza shaklini tushuntiring.
3.
Seminar va amaliy mashg’ulotlarning o‘xshash va farqli
jihatlarini ayting.
4.
Laboratoriya mashg’uloti nima?
5.
Ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik
ko‘rish tartibini tushuntiring.
6.
Referat nima?
7.
Psixologiya fanidan yozilga kurs ishlarini o‘zlashtirilgan
nazariy bilimlaringiz asosida tahlil qiling.
8.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi nimalardan iborat?
9.
Malakaviy amaliyot turlari haqida ma’lumot bering.
10.
Dars nima?
11.
I.N.Kazansev darslarni ta'lim metodlarini qo‘llashga ko‘ra
qaysi tiplarga ajratgan?
12.
M.I.Maxmutov qaysi dars tiplarini tavsiya etgan?
13.
Darsga qo‘yiladigan talablarni izohlang.
|