№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Rag'batlantiruvchi 
funksiya mavzuga qiziqishni uyg'otadi, 
boshqa manbalarni o'rganishga undaydi, psixologik nazariyalar va 
tushunchalarni jiddiy va chuqur o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshiradi. 


202 
Ishontiruvchi
funksiya, birinchi navbatda, bayonotlarni isbotlash 
orqali, eng aniq haqiqatlarning zaruriyati va ahamiyatini ko'rsatish 
orqali amalga oshiriladi. 
Metodologik funksiya
ilmiy tadqiqot metodlarini ochib berish 
orqali, ilmiy tadqiqot tamoyillari, shart-sharoitlari, yondashuvlari va 
metodlarini taqqoslash orqali talabalar tafakkurini rivojlantirishni o‘z 
ichiga oladi. 
Boshqarish funksiyasi
bilish jarayonini pedagogik boshqarishda, 
talabalarning aqliy faoliyatini faollashtirishda namoyon bo‘ladi. 
Rivojlantiruvchi funksiya
o'quv vazifalarini belgilashni va ularni 
ongli ravishda bosqichma-bosqich hal qilishni amalga oshiradi, bu esa 
talabalar shaxsining intellektual shakllanishiga yordam beradi. 
Tarbiyalash funksiyasi
o'rganish mavzusiga nisbatan hissiy-
baholovchi munosabatni uyg'otadi, ma'ruzachi bilan o'zaro aloqada 
ilmiy ma'lumotlarning taqdim etilgan hajmini bilish uchun chuqur ichki 
motivatsiyani shakllantiradi. 
Axborot funksiyasi
ilmiy faktlar va hodisalarni, ularning asosiy 
qoidalari va xulosalarini, qonunlari va qonuniyatlarini ularning izchil 
dalillarida ochib berish orqali o'quv mavzusining mantiqiy tuzilgan 
asosiy mazmunini taqdim etadi. 
Psixolog V.N.Karandashevning fikriga ko‘ra, ma’ruzaning 
an’anaviy funksiyalari axborot, tizimlashtirish, tushuntirish va 
rivojlantirishdir. 
1.
Tarixiy jihatdan 
axborot funksiyasi
asosiy bo'lgan. Dastlabki 
universitetlarda ma’ruzalarning asosiy maqsadi o‘qituvchi-professorlar 
tomonidan talabalarga yangi bilimlarni uzatish edi. Hozirgi kunda 
ko'plab o‘quv adabiyotlarning nashr bo‘lishi sababli ma'ruzalarning bu 
funksiyasi qisman o'z ahamiyatini yo'qotdi. Shu nuqtai nazardan 
darsliklardagi materialni talabalar mustaqil o‘qiy oladilar va mazkur 
materal o‘qituvchi tomonidan qayta so‘zlab berishi yehtimol 
o‘rinsizdir. Biroq, ma’ruzaning bu funksiyasi nashr etilgan 
adabiyotlarda mavjud bo'lmagan, ammo o‘qituvchi nuqtai nazaridan 
zarur bo'lgan o'quv materialini etkazishi ma'nosida o'z ahamiyatini 
saqlab qoladi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar hali chop etilmagan fanlar 
bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qishda axborot funksiyasi dolzarbligicha 
qolmoqda. 


203 
2.
Ma'ruzalarning ikkinchi muhim funksiyasi - 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin