208
kamdan-kam uchraydi. Shuning uchun o‘qituvchi ma’ruzaning
navbatdagi qismini ko‘rib chiqilgandan so‘ng talabalarni o‘z
savollarini berishga taklif qilishi lozim bo‘ladi.
Ma'ruza davomida talabalar diqqatining barqarorligi o'zgaradi.
Talabalar diqqatini barqarorlashtirish maqsadida vaqti-vaqti bilan (har
20-30 daqiqada) qiziqarli misol va yangi savol berishi yoki lerik
chekinishlar qilishi mumkin.
Talabalar nafaqat ma'ruzani tinglashlari, balki uning mazmunini
konspektlashtirib olishlari ham kerak bo‘ladi. Shu sababli, o'qituvchilar
ba'zan darsda hech narsa yozmaydigan talabalarga nisbatan ishonchsiz
munosabatda bo'lishadi, lekin ular ma'ruzachini diqqat bilan
tinglashlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, talabalar
ma’rzani konspektlashtirishlari kelajakda foydalanish uchun axborotni
yaxshiroq eslab qolishlariga yordam beradi va uni faol qayta ishlashga
hissa qo‘shishi mumkin. Har qanday holatda ham ma'ruzachi o'z
ma'ruzasini yozib olish jarayonini boshqarishi kerak. Dastlabki
mashg‘ulotlarda konspekt yozishni o'rgatish o'qituvchi uchun muhim
vazifadir. Asosiy tushunchalarni, g'oyalarni doskaga yozish yoki
boshqa proektsion vositalardan foydalangan holda namoyish qilish
foydalidir, chunki bu nafaqat idrokni yaxshilashga yordam beradi, balki
yozib olishni ham osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: