195
vazifalarini tekshirish va o‘quvchilar bilan savol-javob,
yangi
materialni o‘rganish, o‘zlashtirishini dastlabki tekshirish,
mashq
misollari
davomida
yangi
bilimlarini
mustahkamlash,
ilgari
o‘rganilganlarni suhbat ko‘rinishida takrorlash, o‘quvchilar bilimlarini
tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.
Aralash dars tipi quyidagi bosqichlardan iboratdir:
Tashkiliy bosqich. Didaktik vazifasi — o‘quvchilarni
darsga
tayyorlash. O‘tilganlarni takrorlash bosqichi. Didaktik vazifasi —
tekshirish.
Aktiv o‘quv bilish faoliyatiga tayyorlash bosqichi. Didaktik
vazifasi — o‘quvchilarni bilish faoliyatiga tayyorlash.
Yangi bilimlarni o‘zlashtirish bosqichi. Didaktik vazifasi —
o‘quvchilarda hodisa, jarayon, tushunchalar to‘g‘risida
tasavvurlarni
shakllantirish.
O‘quvchilarni yangi materialni tushunganligini tekshirish bosqichi.
Bilimlarni mustahkamlash bosqichi. Didaktik vazifasi —
bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish.
Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish bosqichi.
Bilimlarni nazorat qilish bosqichi.
Uy vazifasi haqida axborot berish bosqichi.
Bosqichlar dars tiplariga qarab o‘zgarishi mumkin.
11.4. Yangi materiallarni o‘rganish darsi
O‘quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi
bilimlarni berish (o‘rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni
o‘z ichiga olgan va uni o‘rganishga ko‘p
vaqtini talab qiluvchi,
o‘quvchilarga tanish bo‘lmagan yangi material uning mazmuni bo‘lgan
ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni,
aniq maqsadi va
o‘quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga harab ba’zi
hollarda yangi materialni o‘zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa –
o‘qituvchi rahbarligi ostida o‘quvchilarning mustaqil ishlari olib
boriladi, uchinchi holda – unisi ham bunisidan ham foydalaniladi.
Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi:
yangi materialni
o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash,
o‘qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi,
bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga
vazifa berish.
196
Yangi materialni o'rganish shakllari quyidagilar bo'lishi mumkin:
♦ ma'ruza;
♦ o'quvchilarni alohida masalalarni muhokama qilishga jalb qilish
bilan o'qituvchining tushuntirishi;
♦
evristik suhbat;
♦ darslik va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash;
♦ tajriba va eksperimentlarni tashkil etish va o'tkazish.
Dostları ilə paylaş: