193
maqsadi, mazmuni, metodi) o‘zaro aloqadordir.
Odatda dars quyidagi ta'lim shakllarini va tegishli didaktik
vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi:
1) uy vazifasini tekshirish va o‘tgan mavzuni takrorlash;
2) yangi o'quv materialini
tushuntirish;
3) yangi materialni mustahkamlash.
Ushbu didaktik muammolarni hal qilish ketma-ketligi boshqacha
bo'lishi mumkin. Kombinatsion (aralash) darsning an'anaviy rejasi
quyidagi fikrlarni o'z ichiga oladi:
1) tashkiliy qism;
2) uy vazifasini tekshirish;
3) ilgari o'tgan materiallarni so'rsh;
4) yangi materiallarni o'rganish;
5) yangi materialni mustahkamlash;
6) uy vazifasi.
Har qanday darsning yaratilishi uning maqsadini aniq anglashdan
boshlanadi.
Darsning maqsadi.
Pedagogik faoliyat obyekti bu o‘quvchilar faoliyati hisoblanadi,
natijasi esa o‘quvchilarni o‘zlashtirganlik darajasidir. Zamonaviy
maktabda darsning maqsadi aniq bo‘lishi zarur.
O‘qitishning umumiy nazariyasidan kelib chiqib, ta'lim nazariyasi
darsga nisbatan bir qancha talablarni ta'riflaydi:
Maqsadning aniq qo‘yilishi.
Interfaol metodlardan foydalanish.
Ta'lim prinsiplariga amal qilish.
194
O‘quvchilarda motivni shakllantirish.
Darsda vaqtdan ratsional foydalanish.
Dars tipologiyasi — ta'lim nazariyasining murakkab didaktik
vazifalaridan biridir. Zamonaviy didaktikada darslarni tasniflash uchun
bir
nechta yondashuvlar mavjud, ularning har biri o'ziga xos
xususiyatga ega. M.A.Danilov, B.P.Yesipov, B.A.Onishuklar dars
tiplarini didaktik maqsadga ko‘ra asoslaganlar va quyidagi dars tiplarini
tasviya etganlar:
—
kirish darslari;
—
o‘quv materiali bilan tanishtirish darslari;
—
qonun, qoida, tushunchalarni o‘zlashtirish darslari;
—
o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darslari;
—
malakalarni shakllantirish darslari;
—
takrorlash va umumlashtirish darslari;
—
nazorat darslari;
—
aralash darslar.
I.N.Kazansev darslarni ta'lim metodlarini qo‘llashga ko‘ra
tiplarga ajratadi.
—
ma'ruza-dars, suhbat-dars,
ekskursiya-dars, kino-dars, mustaqil
ishlash darsi.
M.I.Maxmutov
1
quyidagi dars tiplarini tavsiya etgan:
—
Aralash dars;
—
Yangi materiallarni o‘rganish darsi;
—
Bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish darsi;
—
Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi;
—
Bilim, mahorat va ko‘nikmalarni
nazorat qilish va tuzatish
darsiyangi materialni o‘rganish darsi.
O‘qituvchi dars tipi qanday bo‘lishidan qat'i nazar, dars samarali
bo‘lishi uchun uni tuzilishi haqida o‘ylashi zarur.
Dostları ilə paylaş: