Kurs ishlari.
Kurs ishi talabaning mustaqil ilmiy ishi bo‘lib,
o‘quv rejasining maxsus va ixtisoslik fanlari bo‘yicha olingan amaliy
ko‘nikma va tadqiqot natijalarini tanlangan mavzu doirasida aks
ettirishi hisoblanadi. Kurs ishini yozishda talaba quyidagilarni
ko‘rsatishi kerak: adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalari, normativ-
huquqiy va mavzu doirasidagi manbalarni tahlil qila olish va ongli
xulosalar chiqara olish. Kurs ishini bajarilishini nazorat qilish, kurs ishi
himoyasini ko‘rib chiqish va tashkil etish kafedra zimmasiga
yuklatiladi. Talabalarga ilmiy maslahat va uslubiy yordam ko‘rsatish
uchun kafedra ilmiy rahbar ajratadi, u kurs ishining tayyorlik darajasini
belgilaydi.Tanlangan mavzu ustida ishlash talabadan tadqiqot
metodologiyasi, ijodiy fikrlash, bahslashish va taqdimot mantiqi,
muammoga shaxsiy munosabat, mehnatsevarlik va professionallik
asoslarini bilishi talab etadi. Kurs ishini yozish jarayoni bir qator o‘zaro
bog‘liq bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Mavzu tanlash va ish rejasini ishlab chiqish.
2.
Adabiyotlarni to‘plash va o‘rganish.
190
3.
Tanlangan mavzu bo‘yicha materiallarni ishlab chiqilgan rejaga
muvofiq to‘plash va tahlil qilish.
4.
Asosiy nazariy qoidalar, amaliy xulosalar va tavsiyalarni
shakllantirish.
5.
Kurs ishini rasmiylashtirish.
6.
Ilmiy rahbar tomonidan taqriz berish.
7.
Kurs ishini himoya qilish.
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 2-, 3-va 4-kurs
talabalari psixologik fanlaridan kurs ishlarini bajarish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi
– oliy o‘quv yurti bakalavriatida
talabalarni o‘qitishnining yakuniy bosqichidir. Bitiruv malakaviy ishida
talabaning oliy o‘quv yurtida o‘qish davomida to‘plagan barcha nazariy
va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan
qurollanish darajasi, uning olgan bilimlari va ko‘nikmalarini ilmiy-
ishlab chiqarish vazifalarini echishga qay darajada qo‘llay olishi
namoyon bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish talabadan
universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishni talab
etadi, talabaning o‘qish davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga,
chuqurlashtirishga va mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo‘llashga
imkon beradi.
Bitiruv malakaviy ishida aniq bir amaliy vazifani yechish vazifasi
qo‘yilishi muhimdir. Bitiruv malakaviy ishida bir yoki bir-biri bilan
bog‘langan bir nechta masalalarni chuqur tadqiq etish va tegishli
tavsiyalarni ishlab chiqish talabaning muammoni mustaqil ko‘ra bilishi
va hal eta olishga qodirligini ko‘rsatadi. Bitiruv malakaviy ishining
sifati uning ilmiyligi, tanlangan mavzuning dolzarbligi, talabaning
mustaqil ishga ijodiy yondoshish ko‘nikmalarini namoyon qila olishi
bilan baholanadi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarilish darajasi, sifat va undan ko‘rib
chiqilgan masalalarning qanday darajada o‘zlashtirilganligiga ko‘ra
Davlat Attestatsiya komissiyasi bitiruv malakaviy ishi muallifiga
tegishli ixtisoslikni berish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida talabalar
quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
- voqelikni o‘rganish va anglashning ilmiy usullaridan boxabar
bo‘lish;
191
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
mohiyati va mazmunini chuqur anglash, davlatning ta’lim siyosati
tamoyillari bilan yaqindan tanishish;
- ta’lim va tarbiya borasida qabul qilingan Prezident farmonlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni
o‘rganib chiqish;
- ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar orqali o‘rganilayotgan
masalaning mohiyatini chuqur anglab etish;
- mustaqil ilmiy-tadqiqotlar olib borish uslubiyoti bilan tanishish;
- aniq bir muassasa misolida mavzuni ochib berishga xizmat
qiladigan barcha ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlash;
- ishda ilmiy-tadqiqot muassasalari tavsiyalari, ilg‘or tajribalar,
mahalliy va xorijiy adabiyotlardan unumli foydalanish;
- ishning ilmiy saviyasi yuqori bo‘lishiga, mavzuning yetarlicha
dolzarbligiga e’tibor berish;
-
o‘rganilayotgan masalani aniq ochib berish, ishda
ko‘chirmachilikka, keraksiz va ortiqcha ma’lumotlardan foydalanishga
yo‘l qo‘ymaslik;
- boblar va bo‘limlarning mantiqan bog‘lanishiga e’tibor berish,
fikrlarni qisqacha bayon etish orqali ishning hajmi ortib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik;
- masalani aniq dalillar va raqamlar yordamida tahlil etish, o‘z
o‘rnida ishning mazmunidan kelib chiqadigan tavsiyalar va xulosalar
bera olish;
- tavsiya etilayotgan echimlarning asoslanganligiga va
samaradorligini baholash mezonlari bo‘lishiga e’tibor berish, ishning
faqatgina faktlarni quruq bayon etishdan iborat bo‘lib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik;
- ishda ko‘rgazmali vositalardan, ya’ni jadvallar, chizmalar,
diagrammalar va grafiklardan unumli foydalanish;
- mavzu ustida maqsadga yo‘naltirilgan va tizimga solingan ish
olib borish, bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlariga qat’iy rioya
etish.
Bitiruv malakaviy ishida taklif va muloxazalar, xulosalar va
amalga oshirilgan barcha hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va sifati uchun
talabalar ma’sul hisoblanadilar.
192
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarida
Dostları ilə paylaş: |