№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

amaliy mashg‘ulot
, seminardan farqli 
ravishda,o‘quv materialini muhokama qilibgina qolmay, balki ma’lum 
amaliy vazifalarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Bunday vazifalar tizimi 
ko‘pincha amaliyot deb ataladi. Psixologiya fanidan amaliy 
mashg‘ulotlar ta’lim jarayonida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: 
1) nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash; 2) tadqiqot ishlari 
ko‘nikmalarini o‘zlashtirish; 3) amaliy psixologik ishlar ko‘nikmalarini 
o‘zlashtirish; 4) nazariy bilimlardan amaliy muammolarni yechish 
uchun qo‘llash; 5) o‘z-o‘zini bilish; 6) o‘z-o‘zini rivojlantirish.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun eng tipik vazifalar quyidagilardan 
iborat: 1) namoyish yeksperimenti; 2) individual vazifalar; 3) guruh 
vazifalari; 4) juftlik(kichik guruhlar)da tajriba; 5) psixologik 
muammolarni yechish; 6) munozara. 
Laboratoriya 
ishi amaliy mashg‘ulot turlaridan biri hisoblanadi. 
Laboratoriya mashg‘ulotlarida maxsus uskuna va qurilmalardan 
foydalanish mumkin. Laboratoriya mashg‘ulotlari ko‘pincha, hissiyot, 
idrok, xotira va tafakkur kabi bilish jarayonlarini o‘rganishda 
o‘tkaziladi.
Konsultatsiya 
mashg‘ulot turi sifatida o‘qituvchi va talabalar 
o‘rtasidagi suhbat bo‘lib, unda talabalar ta’lim jarayoni bilan bog‘liq 
ayrim masalalar yuzasidan o‘qituvchidan maslahat va tushuntirishlar 
so‘rashadi. Konsultatsiya talaba bilan yakka tartibda yoki o‘quvchilar 
guruhi bilan o‘tkazilishi mumkin. Konsultatsiya turli maqsadlarga ega 
bo‘lishi mumkin. Misol uchun, talabalarni imtihonlarga tayyorlash 
vaqtida konsultatsiyalar o‘tkaziladi va bu kurs bo‘yicha talabalar 
bilimini umumlashtirishga ko‘maklashadi. Referat, kurs ishi vabitiruv 


186 
malakaviy ishlarni yozishdan oldin ham konsultatsiyalar o‘tkazish 
mumkin. 
Talabalarning mustaqil ta’limi adabiyotlarni mustaqil o‘qish, 
ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish, 
referat, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlashni o‘z ichiga 
oladi. Ular mustaqil ta’lim olish faoliyati sifatida quyidagi maqsadlarga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin: 
1) ayrim mavzular bo‘yicha psixologik bilimlarni kengaytirish va 
chuqurlashtirish; 
2) amaliy masalalarni yechish uchun ushbu bilimlardan 
foydalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish; 
3) psixologik tadqiqot ko‘nikmalarini o‘zlashtirish; 
4) amaliy psixologik ish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish; 
5) o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarini 
rivojlantirish. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin