№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


 Dasturlashtirilgan ta’lim



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
16.2. Dasturlashtirilgan ta’lim 
Ilmiy pedagogik ma’lumotlarning xabar berishicha Rossiyada 
pedagogik texnologiyaga e’tibor 1965 yildan boshlandi. Bunda, asosan, 
ta’limni ishlab chiqarish bilan qo‘shib borish nuqtai nazaridan 
yondashildi va shu yili “Maktab jihozlari va O‘TVITI” markazi tashkil 
etildi hamda “Maktab va ishlab chiqarish” jurnali chop etila boshlandi. 
Shunga qadar buni rus pedagogi A.S.Makarenko: “Metodlarni
texnologiyalashtirish, bu tarbiya va o‘qitish jarayonining qurilmasini
texnologiyalashtirishlardan iborat”, deb tariflagan edi. 
Mazkur yo‘nalishning dastlabki hosili ayni paytda pedagogik
texnologiyaning poydevori hamda taraqqiyoti maxsuli sifatida 
maydonga kelgan 
dasturlashtirilgan ta’lim 
maydonga keldi. Uning
asoschilaridan biri amerikalik olim pedagog B.F.Skinerning fikricha
dasturlashtirilgan talimda o‘quv malumotlari uncha katta
bo‘lmagan, ammo bir-biri bilan mantiqiy bog‘langan o‘quv 
dasturlarining muayyan blokini dozalarga bo‘lingan holda
o‘zlashtirish demakdir. Dasturlashtirilgan ta’limning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri shundaki, unda o‘quv maqsadlari aniqlanib, ularni 
qo‘lga kiritish ketma-ket va izchillik bilan amalga oshiriladi. Natijada, 
o‘qishning ketma-ketlik, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik kabi didaktik 
prinsiplariga amal qilinadi va ta’limda aniqlikdan-noaniqlikka
oddiydan-marakkabga, osondan-qiyinga koidalariga tayaniladi hamda
o‘quv ma’lumotlari dozalarga ajratiladi va o‘zlashtiriladi. Ma’lum 


251 
dozadagi o‘quv ma’lumotlarining o‘zlashtirilganiga ishonch hosil 
qilgach, o‘quvchilar diqqatiga yangi dozadagi o‘quv ma’lumotlarini 
o‘rganish havola qilinadi. “Dasturlashtirilgan o‘qitish o‘quv 
materialining 
o‘qituvchi, 
vosita 
yordamida 
boshqariladigan 
o‘zlashtirishidir”. ... dasturlashtirilgan o‘quv materiali o‘quv axborotini 
bir necha uncha katta bo‘lmagan bo‘laklaridan (“qatorlar”, “fayllar”, 
“qadamlar”) iborat bo‘lib, ma’lum ketma – ketlikda taqdim etiladi”.
AQSh maktablarida dasturlashtirilgan ta’lim bo‘yicha o‘tkazilgan 
tajribalarning dastlabki natijalariga asoslanib, amerikalik pedagog 
U.Shramm qo‘yidagilarni ma’lum qilgan edi: “Dasturlashtirilgan ta’lim 
o‘ziga xos avtomatik repetitor hisoblanib, u o‘quvchilarni 1) mantiqiy 
bog‘langan, qisqa yo‘llardan shunday olib boradiki, oqibatda 
2)o‘quvchilar deyarli xato qilmaydilar, 3) va o‘quvchi shunday to‘g‘ri 
javoblar beradiki, 4) ularni natijani ma’lum qilish bilan mustahkamlash 
imkoniyati yaratiladi hamda, 5)ta’lim maqsadini to‘la amalga oshirish 
sari yana yangi qoidalarga qadam qo‘yiladi”

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin