240
ma’lum darajada esda qolgan namunaga qarab bajaradi o‘quvchi
o‘rganuvchi namunani darslikdan yoki boshqa manbalardan o‘qituvchi
ko‘rsatmasiga qarab oladi.
3.
Izlanuvchanlik metodi bu meyodning mohiyati shundaki
pedagog masalaga doir muammoni o‘qituvchi mashg‘ulot jarayonida
talabalar oldiga qo‘yadi ammo muammoni yechish yo‘llarini
ko‘rsatmaydi va maslahat ham bermaydi. O‘quvchilarning har biri
muammoni mustaqil
hal qilish uchun izlanadi, ijodiy faoliyat
ko‘rsatadi. Muammoni aqliy faoliyat asosida yechgan o‘quvchilarda
bilim faolligi va ijodiy izlanish malakalari hosil bo‘ladi.
4.
Evrika yoki qisman izlanish metodi o‘quv mashg‘ulotlarida
o‘qituvchi o‘quvchilar fikrini qo‘yilgan o‘quv vazifasi (muammosi)ni
hal qilishga yo‘llashni nazarda tutadi. Bunda o‘qituvchi turli vositalarni
namoyish etib yangi ma’lumotni izlab topishni vazifa qilib qo‘yadi.
Buning uchun dastlab o‘qituvchi yangi bilimlarning muayyan bir
qismni, o‘quvchilarga ma’lum qiladi va muammoning qolgan qismini
topshiriqlar berish orqali o‘quvchilarning faoliyatini yo‘lga qo‘yadi
hamda ularning o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.
5.
Muammoli bayon qilish metodi - o‘qituvchi talabalar oldiga
ma’lum bir muammoni qo‘yadi, muammoli
vaziyat yaratish orqali
o‘quvchilar aqliy faoliyatlarini yuzaga keltiradi, ammo hal qilish
yo‘llari ko‘rsatilmaydi. Har bir o‘quvchi qo‘yilgan muammoni hal
qilish
uchun izlanadi, o‘qituvchining yo‘naltiruvchi savollari asosida
vazifani bajaradi. Ta’limning bu metodi o‘quvchilar tomonidan o‘quv
materialini o‘qituvchi rahbarligida mustaqil yechish va tahlil qilish
bilan xarakterlanadi.
Bunda talabalarda mantiqiy mulohaza yuritish natijasida ijodiy
fikrlash rivojlanadi.
6.
Tadqiqot (ijodiylik) metodi. Bu metod ta’lim
oluvchilarning
to‘la ijodiylikka, tadqiqotchilikka ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Bunda
o‘qituvchi taklif etgan masalani talabalar mustaqil mustaqil tadqiq
etadilar. Bu jarayonda zaruriy bilimlar, talabalar tomonidan mustaqil
ravishda o‘zlashtiriladi. Tavsiya etilgan topshiriqni bajarish jarayonida,
o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib,
tadqiqotchilik
faoliyatini egallaydi.