260
– shovqin-suron bo‘lmasligi uchun takliflarni ishlab chiquvchi-
larga navbatma-navbat so‘z beradi. Aqliy hujum ishtirokchilari o‘z
fiklarini bildirishlari uchun teng imkoniyatga ega bo‘lishlarini nazorat
qiladi;
– hushmuomalalik, lekin qat’iyat bilan taklif ishlab chiquvchi
tinglovchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar boshqa tinglovchilar
tomonidan tanqid qilinishiga barham beradi.
Fikrni o‘ldiruvchi (idea killers) odatiy gaplar va ularga qanday
javob berish kerak:
– Bundan hech narsa chiqmaydi. — «Albatta, bu fikr shakllanti-
rilmasa, undan hech narsa chiqmaydi».
– Bu haddan tashqari. — «Nima qilibdi?».
– Buning nimasi o‘ziga xos? — «Buning o‘ziga xosligi bu tak-lifni
ilgari hech kim bildirmaganligida».
– Buni xohlagan odam o‘ylab topishi mumkin. — «To‘g‘ri!» va
hokazo.
Dostları ilə paylaş: