8. “Suhbat” usuli. Talaba o‘quv stollariga davra qurib o‘tiradilar,
bir-birlariga yozma tarzda savollar beradilar. Mashg‘ulot diolog tarzda
o‘tkaziladi. Suhbat individual yoki guhuh shaklida tashkil etilishi
mumkin.
9. “6x6x6” usuli. Talabalar 6 kishidan iborat guruhlarni tashkil
qiladilar. Berilgan topshiriq belgilangan vaqtda bajariladi, so‘ngra
guruhlar qayta shakllantiriladi va bu guruhda oldingi guruhning bir
ishtirokchisi qatnashadi va u yangi guruhga o‘z jamoadoshlarining
javobini taqdim etadi va mu’lum muammo yechimi birgalikda
muhokama qilinadi. Bunda:
- guruhlarning har bir a’zosini faol bo‘lishi ta’minlanadi;
- ilgari surilgan fikrni boshqalar tinglaydi va mulohaza yuritadi;
- guruhlarning fikrlari umumlashtiriladi va aniq bir xulosa qilinadi.
10. “Klaster” (tarmoqlar) usuli. Fikrlarning tarmoqlanishi
nazarda tutilgan ushbu metod mavzuni chuqur o‘rganish, mavzuga oid
tushuncha yoki aniq fikrni erkin, ochiq bayon qilishga ko‘maklashadi.
Bunda har bir talaba mavzuga taalluqli bo‘lgan fikrni ketma-ketlikda,
mantiqiy bog‘langan tarzda tarmoqlanishiga yordam beradi. Mavzuni
chuqur o‘rganish, fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish
uchun bu usul qulay hisoblanadi.
11. “Pinbord” usuli (inglizcha, pin - muhtahkamlash, board – doska ma’nosini anglatadi). Bu usulda o‘quv mavzusi yoki o‘quv
suhbati kabi o‘quv usullari yordamida bayon etiladi. Bu usulning
afzalligi shundaki, u rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi funksiyalarning
bog‘lanishini ta’minlaydi. Bu usl yordamida talabalarda muloqotga
kirishish, fikr yuritish, munozara olib boorish, o‘z nuqtai nazarini faqat
262
og‘zaki emas, balki yozma bayon etish mas’uliyati shakllanadi.
Tizimli-mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi va mustahkamlanadi.