№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Reyting nazorati. 
“Reyting” inglizcha so‘z bo‘lib, u baholash, 
tartib, tasnif so‘zlari ma`nosiga to‘g‘ri keladi. Bu so‘zning dastlabki 
ma`nosi – “baholashni” nazarda tutib, unga quyidagicha ishchi ta`rif 
beramiz: reyting nazorati – bu berilgan o‘lchovlar (shkalalar) asosida 
o‘quvchilar bilimi, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi va o‘quv
predmetlariga munosabatini baholash demak. Reyting nazorati 
o‘quvchilar o‘zlashtirishini baholash shkalalarini aniqlashdan 
boshlanadi. “SHkala” inglizcha “shkaling” so‘zidan olingan bo‘lib, 
“o‘lchash birligini aniqlash” iborasi mazmuniga tugri keladi.Baxolash 
shkalalari o‘rganilayotgan ob`yekt (lar) majmuini ularning barchasi 
uchun umumiy sanalgan mohiyat (maqsad)ga taqsimlash usulidir. 
“Ta`lim etaloni” ruknida berilgan matnni yana bir bor diqqat bilan 
o‘qib chiqing. Shuni hech unutmangki,
E
talon o‘zlashtirishning barcha 
pillapoyalarida erishilgan natijalarni anglash, o‘lchash, taqqoslash 
ta`limning borishiga o‘zgartirish, tuzatishlar kiritish, o‘quvchilar 
faoliyatini optimal takrorlashning o‘lchov toshidir. Ilmiy-pedagogik 
asoslangan etalon bo‘lmagan joyda ta`lim texnologiyasi to‘g‘risida 
ham, reyting haqida ham gapirish “aravani quruq olib yurishga” 
o‘xshaydi. etalon ta`lim texnologiyasini qo‘llab erishilgan natijalarni 
qo‘yilgan maqsadlarga taqqoslashning
O
‘lchov toshi bo‘lsa, reyting 
ta`limning har bir bosqichida erishilgan natijalarni sinashga oid 


281 
vosatalar usullar majmuidir, Binobarin, etalon o‘zlashtirishning hamma 
bosqichlarida
:
o‘zgarmasdan qoladigan sobit o‘lchov vositasi reyting 
esa o‘zlashtirishning har bir bosqichiga ko‘ra o‘zgarib turadigan usullar 
vositalardir. Shundan ko‘rinadiki reyting oldindan puxta o‘ylab 
tuzilgan etalon asosida o‘tkaziladi. Reyting davomida to‘plangan ballar 
etalonga chogishtirilib. umumiy baho chiqariladi. Chiqarilgan umumiy 
bahoda mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, malaka. 
ijodiy faoliyat tajribasi, o‘rganilgan bilimlarga munosabatlar aks etadi. 
Umumiy o‘quv maqsadini amalga oshirish yo‘li bilan erishilgan natija 
— undalmalarni og‘zaki va yozma nutqda tug‘ri qo‘llay olish 
o‘quvchining faoliyatiga o‘tib, shaxsiy sifatlar ansambilidan o‘rin 
oladi. 
Reyting nazorat turlari 
O‘tkazilish davri (payti)ga qarab, reyting nazoratining uch 
ko‘rinishi farqlanadi: joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), yakuniy 
nazorat (YAN). Nazorat turlari o‘zaro uzviy 6og‘liq, ular bir-birini 
to‘ldiradi. Ularning barchasini birlashtiruvchi narsa — ta`lim 
etalonidir. Binobarin, nazorat turlarinnig barchasida erishilgan natijalar 
o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda etalonga taqqoslanadi. 
Bolalar taqqoslash yo‘li bilan o‘zlarining nimalarni talab darajasida, 
nimalarni talab darajasidan past o‘zlashtirganliklarini ongli his 
qilishadi, mavzu, bo‘lim yuzasidan o‘qishni davom ettirish zarurligini 
payqaydilar. Binobarin, ta`lim texnologiyasida joriy nazorat o‘quvchini 
oraliq nazoratga; oraliq nazorat o‘z navbatida yakuniy nazoratga 
etaklaydi. Amaldagi pedagogik tajribada o‘zlashtirish va uning 
natijasini tekshirish alohida jarayonlar sifatida amal qilsa, ta`lim 
texnologiyasida reyting nazorati ta`limning o‘ziga singib ketadi. 
Natijada reyting nazoratini tashkil qilmasdan, ta`limni amalga oshirish, 
o‘zlashtirishda olg‘a siljish, ta`limni boshqarish mumkin bo‘lmay 
qoladi. O‘z-o‘zidan reyting ta`lim texnologiyasining tarkibiy qismiga 
aylanadi. 
Joriy nazorat ta`limning ob`yektiv borishi bilan bog‘liq bo‘lib, 
yangi o‘quv materiallarini o‘rganish va mustahkamlash, takrorlash va 
malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtirish jarayonlarida 
o‘tkaziladi. Shuningdek, uy vazifalari, qo‘shimcha topshiriqlar, 
mustaqil ishlar hamda bolalarning o‘z xoxish-istaklari bo‘yicha 
qilingan ijodiy ishlar (mas. undalmalarni ishtirok ettirib she`r yozish), 


282 
darslikdagi masala-misollarni echish, modellar yasash (mas. uy 
konstruktsiyasini loy, plastilindan yasash), turli chizma, jadval, 
diagrammalar tuzish, laboratoriya mashg‘ulotlari va didaktik o‘yinlarda 
ishtirok etish, buklash, qirqish, qurish kabi faoliyat usullarini hisobga 
olib, joriy nazorat uchun ballar to‘planadi. Qanaqa usul hamda vosita 
bilan ball to‘planmasin, u qabul qilingan etalonga zid bo‘lmasligi 
lozim. 
Joriy nazorat uchun to‘planadigan ballar teskari aloqaga 
asoslangan bo‘lib, u bolalarni o‘rganishga rag‘batlantirish, u yoki bu 
o‘quv materialini, bo‘limni o‘zlashtirishda o‘zlarining qaerga kelib 
qolganliklarini anglash, mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha o‘rganishni 
davom ettirish zarurligini sezish, o‘z kuchiga ishonch, mavzu yuzasidan 
biror ta`rif, aniqlik va qoidani e`tiborsiz qoldirmaslik kabi his-
tuyg‘ularga mo‘ljallab olib boriladi. Shu tufayli joriy nazoratda 
ta`limiylik, shakllantiruvchanlik xususiyatlari ustun bo‘ladi. Binobarin, 
joriy nazorat natijalari “4” yoki “5” raqamlari bilan emas, aksincha, 
mavzu va uning bandlari bo‘yicha to‘plangan ballar asosida hisobga 
olinadi. Joriy nazorat uchun ballar ham etalon asosida to‘plangani 
tufayli mezoniy xarakterda bo‘ladi. 
Joriy nazorat ballarini ikki yo‘l bilan to‘plash mumkin: ballarni 
o‘qituvchining o‘zi to‘plashi; ballarni o‘quvchilarning o‘zlariga 
to‘platish. Ikkinchi yo‘l biroz munozarali bo‘lsa-da, eng samarali 
sanaladi. Joriy nazorat uchun ball to‘plashni o‘quvchilarning o‘ziga 
yuklash ularda o‘ziga ishonchni, har bir ishni vijdonan bajarish, burchni 
anglash kabi shaxsiy sifatlarni tarbiyalaydi. Joriy nazorat uchun ball 
to‘plashni o‘quvchilarning o‘ziga yuklash o‘qituvchining pedagogik 
mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘quv predmeti, uning bo‘limi yoki 
mavzularga pedagogik ishlov bera olsa, har bir mashg‘ulot va o‘quv 
topshiriqlari maqsadini o‘quvchilarga aniq etkazsa, ta`limni eng yuqori 
o‘zlashtirishga yo‘naltira bilsa, ta`limni motivlar, tafakkur va xotira- 
hodisalari ansambliga mo‘ljallab tashkil etsa, har bir o‘quvchining o‘z-
o‘zini nazorat qilishi uchun vositalar tayyorlasa, ana o‘shandagina joriy 
nazoratning samaradorligi oshadi. 
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid vositalardan biri 
nazorat xaritasi. Nazorat xaritalari o‘zlashtirilayotgan o‘quv 
materiallari, uning birliklari — o‘quv elementlari asosida tuziladi. Unda 
o‘zlashtirilayotgan o‘quv elementlari, ularni o‘rganishga oid o‘quv 


283 
maqsadlari testga aylantirilgan maqsad, testning javobi, to‘plangan 
ballarga mo‘ljallangan grafalar bo‘ladi. Testga aylantirilgan 
maqsadlarga quyiladigan ball miqdori o‘quvchilarga oldindan aytiladi, 
testning yechim i (kaliti) o‘qituvchida saqlanadi. 
Joriy nazorat uchun tuzilgan o‘z-o‘zini nazorat qilish xaritasida 
o‘zlashtirilayotgan mavzu bo‘yicha nechta o‘quv elementi ajratilgan 
bo‘lsa, shuncha miqdorda bolalarning o‘quv maqsadlari, shuncha 
miqordagi testga aylantirilgan maqsadlar bo‘lishi shart. Zero, testga 
aylantirilgan maqsadlarning javobini tahlil qilish yo‘li bilan har bir 
o‘quvchining qanday natijaga erishganini aniqlash mumkin. O‘qituvchi 
shuni unutmasligi kerakki, o‘z-o‘zini nazorat xaritasida keltiriladigan 
testga aylantirilgan maqsad o‘rganilgan hodisani tanish (mas. 
undalmalarni matn tarkibida tanish) darajasida bulishi lozim. 
Shunday qilib, joriy nazorat ta`limning borishi bilan daxldor bo‘lib, 
mavzu bo‘yicha axborotlar to‘plash, to‘planganaxborotlarga dastlabki 
ishlov berish, o‘rganilgan hodisalarni boshqa hodisalardan farqlash, 
ularni taniy olish darajasida o‘tkaziladi, testga aylantirilgan 
maqsadlarning murakkabligi, qiyinligi o‘rganilgan bilimlarga oid 
hodisalarni tanish darajasida bo‘ladi. 
Joriy nazorat jarayonida testga aylantirilgan maqsadlar bo‘yicha 
to‘plangan ballar asosida sinf jamoasi gomogen guruhlarga ajratiladi, 
guruhlar uchun qiyinchiligi, murakkabligi hisobga olingan topshiriqlar 
belgilanadi, ta`limni borishiga qo‘shimcha,
tuzatishlar kiritiladi. Bular 
ta`limni yana bir bor takrorlashni osonlashtiradi, o‘zlashtirishning 
navbatdagi darajasi — malaka darajasida o‘zlashtirishga o‘tishga 
imkoniyatlar yaratadi. 
Joriy nazorat o‘zlashtirishning birinchi darajasi (ko‘nikma 
darajasi)da, oraliq nazorat esa malaka darajasida o‘zlashtirilgan 
bilimlar asosida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat mohiyati jihatdan 
o‘rganilgan axborotlarga ishlov berish jarayoniga to‘g‘ri keladi. 
O‘quvchilar o‘rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko‘rsatishadi, 
ularni turli o‘quv va hayotiy holatlarga tatbiq qilishadi, o‘rganilayotgan 
ob`yekt(lar)ning yangi-yangi xususiyatlarini kashf etishadi, bilimlarni 
yangi sharoitlarda sinab ko‘rishadi. 
Oraliq nazorat o‘rganilayotgan mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha 
umumiy xulosalar chiqarish, voqea-hodisalarni tushuncha darajasida 
o‘zlashtirish jarayonlarida ham o‘tkaziladi, shularga ko‘ra oraliq 


284 
nazoratda testga aylantirilgan maqsadning murakkablik, qiyinlik 
darajasi oshiriladi. Testga aylantirilgan maqsadlarni o‘zaro taqqoslab 
ko‘rish uchun oldingi sahifada keltirilgan jadvalni yana bir bor 
takrorlaymiz. 
Joriy nazoratga o‘xshab oraliq nazorat ham ta`limning borishi bilan 
daxldor, shu sababli ular mashg‘ulotlarning tarkibida o‘tkaziladi, ularga 
alohida o‘quv soatlari ajratilmasligi kerak. Bu ularning o‘xshash 
tomonlaridir. Ammo oraliq nazoratning o‘zigagina xos xususiyati 
mavjud. Taqqoslang; joriy_nazorat to‘liq o‘zlashtirishning dastlabki 
bosqichida (mavzu bo‘yicha axborot to‘plash jarayonida) o‘tkazilsa, 
oraliq nazorat axborotlarga ishlov berish — masala darajasida 
o‘zlashtirish, shuningdek, mavzu yoki bulim yuzasidan umumiy 
xulosalar chiqarish — tushuncha darajasida o‘zlashtirish bosqichlarida 
o‘tkaziladi. “Oraliq nazorat” iborasi uning joriy va yakuniy nazorat 
o‘rtasida o‘tkazilishiga ishora emas, aksincha, bilimlarni yuqori daraja 
(etalon darajasi)da o‘zlashtirishga yaqinlashganlikka diqqatini 
qaratishdir. 
Hozirgi, endigina shakllanib kelayotgan ta`lim texnologiyasi 
pedagogik amaliyotida joriy va oraliq nazoratda uy vazifalari, 
qo‘shimcha topshiriqlar, ijodiy ishlarni tekshirish orqali o‘zlashtirish 
ballarini to‘llash moyilligi paydo bo‘lyapti. Bu ma`qul tendentsiya 
emas. Bizningcha, uy vazifasi, qo‘shimcha topshiriqlar, ijodiy ishlar, 
konstruktiv yumushlarnn ta`limning tashkiliy shakllari sifatida ajratish, 
maktabda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga ilova ishlar deb qarash 
ma`qulqga o‘xshaydi. Bunday ishlarning natijasi hisobga olinishi zarur. 
Ammo ularni bolaning ta`limni yangi sharoitlarda takrorlayotgani 
sifatida qarash lozim. Haqiqiy reyting testga aylantirilgan maqsadlar 
asosida o‘tkazilsa, nazoratning samaradorligi yanada oshadi. 
Shu yerda bir hodisaga tanqidiy munosabat bildirishni joiz deb 
topdik. Ta`lim texnologiyasi amaliyotida mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha 
to‘planishi lozim bo‘lgan ballarning ko‘p miqdori joriy va oraliq 
nazoratga, juda oz miqdordagi ballar yakuniy nazoratga to‘g‘ri kelyapti. 
Bu unchalik to‘g‘ri emas. Ish shu yo‘sinda ketaversa, eskicha 
protsentomaniya — foizbozlik o‘rniga, yangi “ballomaniya” — 
ballbozlik paydo bo‘lmaydimi? Bu birinchi. Ikknnchidan, joriy va 
yakuniy nazorat faqat ball to‘plash uchun emas, aksincha, bolalarni 
ogohlantirish o‘zlashtirishda qaerga kelib qolganlarini ularga 


285 
tushuntirish, ta`limga tuzatishlar kiritish, uni yana bir bor takrorlash. 
kabi tabaqalashgan-differensial ta`limning ehtiyojga aylanganini 
o‘quvchilarga anglatish maqsadlarida o‘tkaziladi. Binobarin, joriy va 
oraliq nazoratlarda ta`limiylik ustun bo‘ladi. 
Yakuniy nazorat joriy va oraliq nazoratdan butunlay farq qiladi: 
unga alohida o‘quv soati ajratiladi: u o‘quvchilar bilim darajasi etalon 
darajasiga ko‘tarilgach o‘tkaziladi; unga ta`lim natijasi ta`lim 
jarayonidan ajratiladi. Ko‘rinadiki, yakuniy nazorat ta`limning borishi 
bilan emas. nuqul ta`lim natijasi bilan daxldor hodisadir. YAkuniy 
nazoratda bulim yoki mavzu bo‘yicha ajratilgan o‘quv elementlarining 
barchasini o‘zlashtirish etalonga taqqoslab tahlil etiladi, umumlashgan 
test yoki testlar tizimi vositasida natija tekshirilib, baholanadi. Shu 
tufayli uni “nazorat ustiga qurilgan nazorat” deb qaraymiz. Reyting 
nazorati tizimini quyidagi chizma asosida tasavvur etish mumkin.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin