290
qimmatga egaligi bola uchun ruhiy ahamiyat kasb etib, unga rioya qilish
asosiy pedagogik shartlardan sanaladi.
Testning ishonchliligini ham uning yana bir xususiyati sifatida
ajratsa bo‘ladi. Agar testning bir xil qimmatga egaligi uni bajaruvchi
shaxs bilan, uning ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, testning ishonchliligi
uning o‘ziga (testga) daxldordir. Bir xil qimmatga, qiyinlik va
murakkablikka ega test vositasida aniqlangan natija shu tipdagi, ,
qiyinlikdagi, murakkablikdagi boshqa bir test vositasida Xuddi shunday
(oldingidan) natija olinsa, ularning ikkalasi ham ishonchli test
hisoblanadi.
O‘
QUV
materiallarini o‘zlashtirishning barcha darajalariga
(birinchi daraja+ikkinchi daraja+uchinchi daraja) mos keladigan uch xil
testlar to‘plami tuzildi deb tasavvur qiling. Uch xil darajaga moslab
tuzilgan testlar to‘plamini “zinapoya testlar to‘plami” deb qaraymiz.
Zinapoya shaklidagi testlar quyidagicha tartibda bajarildi deylik: oldin
birinchi darajaga, keyin ikkinchi darajaga sungra uchinchi darajaga oid
testlar. Shu tartibda bajarilgan test to‘plamlarining oldingisi keyingi
to‘plamni bajarish uchun vosita bo‘ladi. Shu sababli, qiyinligi
o‘zlashtirish darajasiga qarab oshirib borilgan test to‘plamlarini bir
paytning o‘zida ketma-ket bajarishni “test ustida mashq o‘tkazish” deb
qaraymiz.
Agar o‘quv materiali birinchi darajada o‘zlashtirilgach, testlar
to‘plami shu darajani mo‘ljallab tuzilgan bo‘lsa, to‘plam faqat va faqat
shu darajadagi natijalarni tekshirish omili bo‘la oladi. Joriy nazoratda
Xuddi shunday testlar to‘plamidan foydalaniladi. Shunga o‘xshash
ikkinchi darajaga ko‘tarilgan bilimlarga mo‘ljallab tuzilgan testlar
to‘plami oraliq nazoratga, uchinchi darajaga ko‘tarilgan bilimlarga
mo‘ljallab tuzilgan testlar to‘plami yakuniy nazoratga mos keladi. Test
nazorati natijalarining barchasi qabul qilingan etalonga muhoyasa qilib
qayd etiladi. Testlar tuplamining qachon mashq qilish qachon nazorat
qilish omili bo‘la olishini quyidagi chizma vositasida tasavvur etish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: