№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
Reyting nazorati tizimi 
 
Yakuniy nazorat 
TuShuncha 
darajasida 
o`zlashtirish 
Axborotlarni 
umumlashtirish 
Oraliq nazorat 
Oraliq nazorat 
To`plangan 
axborotlarga ishlov 
berish 
Malaka darajasida 
o`zlashtirish 
Ko`nikma darajasida 
o`zlashtirish 
Mavzu bo`yicha 
axborot to`plash 
Joriy nazorat 
O`zlashtirish 
darajalari
O`zlashtirish bloklari 
Reyting nazorati 
turlari 


286 
19.2.
 
Psixologiyani o‘qitishda bilimlarni nazorat qilish shakllari 
O'quvchilar va talabalar bilimlarini tekshirishning asosiy 
shakllariga quyidagilar kiradi: kollokvium, imtihon, nazorat ishlari, 
darsda baholash, testlar, reyting baholash, malaka ishlarini bajarish. 
Kollokvium 
(lot. colloqium — suhbat) — ta’lim tizimida 
talabalarning bilim darajasini aniqlash va oshirish maqsadida 
o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘uloti shakllaridan biri, talabaning 
o‘qituvchi bilan suhbati. Kollokviumda o‘rganilayotgan kursning, 
odatda, seminar va b. amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tematikasiga 
kirmagan ayrim qism, bo‘lim, mavzu, masalalari hamda ta’lim 
oluvchilarning referat, loyiha va b. ishlari muhokama qilinadi; 
Imtihon 
— o‘quvchi va talabalar bilimini tekshirish usullaridan 
biri. Imtihonlar davlat imtihoni, kirish, sinfdan sinfga (kursdan kursga) 
ko‘chirish, tanlov imtihon va b. turlarga bo‘linadi. Dastlab Xitoyda Xan 
sulolasi hukmronligi davri (mil. av. 206 — mil. 220 y.) da paydo 
bo‘lgan. Imtihon o‘qimishli kishilar orasidan amaldor buladiganlarni 
ajratib olish zaruriyatidan kelib chiqqan. Amal talabgorlari Konfutsiy 
kitoblari buyicha bilimdonliklarini ko‘rsatuvchi davlat imtihonni 
topshirish va ilmiy daraja olishlari zarur bo‘lgan. O‘rta asrdan Yevropa 
untlarida bakalavr yoki magistrlik darajasini olish da’vogarlarining 
bilimini sinash uchun kiritilgan. 19-a. boshlariga kelib, Yevropaning 
barcha mamlakatlariga yoyildi. 
O‘zbekistondagi umumiy ta’lim maktablarida sinfdan sinfga 
ko‘chirish va bitirish imtihonlari topshiriladi. Ko‘chirish imtihonlari 
ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan va tegishli tashkilotlar 
tasdiqlagan Nizomga muvofiq o‘qishning muayyan bosqichida olinadi. 
Bitirish imtihonlari esa, ta’lim tizimining biror bo‘g‘inida o‘qiyotgan 
o‘quvchi tomonidan o‘quv yurtini tugatish paytida topshiriladi. Bitirish 
imtihonlarini imtihon komissiyalari qabul qiladilar. Imtihonlarning 
qaysi fanlardan topshirilishi, qachon, qay tarzda o‘tkazilishi muayyan 
huquqiy hujjatlar orqali belgilanadi. Imtihonda yozma ish mavzulari va 
og‘zaki imtihon savollari ta’lim tizimi faoliyatini tashkil etuvchi va 
yo‘naltiruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Maktablarda 
imtihonga qo‘yilgan yillik va imtihon baholaridan pedagogik jamoa 
yakuniy baho chiqaradi. Bu baho o‘rta maktabni tugatganlik 
to‘g‘risidagi guvohnomaga qo‘yiladi. 


287 
Oliy ta’lim talabalari har bir semestr yoki kurs oxirida imtihon 
topshiradilar. Ularni bitiruvchilar esa davlat imtihoni topshiradilar. Oliy 
o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichida davlat imtihonlari bilan birga 
bitiruv ishi ham himoya qilinadi. Ijodiy yondashuv va alohida 
tayyorgarlik talab etiladigan oliy ta’limda qo‘shimcha imtihon joriy 
etiladi. Milliy ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida reyting joriy 
etilishi munosabati bilan oliy o‘quv yurtlaridagi kursdan kursga 
ko‘chirish imtihonlarida jiddiy o‘zgarish sodir buldi.
Talabalarning imtihonda baholashda imtihonchi odatda quyidagi 
mezonlarga amal qiladi: 
1) savollarga javoblarning to'liqligi va mazmunliligi; 
2) qo'yilgan savollarni ochib berish uchun muhim materiallarni 
tanlash qobiliyati; 
3) savollarni ochishda izchillik va uzluksizlik; 
4) 
faktlarni 
tavsiflash, 
nazariyalarni 
taqdim 
etish 
va 
tushunchalarni shakllantirishda aniqlik; 
5) taqdim etilgan materialni aks ettiruvchi misollar keltirish 
qobiliyati (o'zidan tanlangan misollar ayniqsa qadrlanadi); 
6) xulosa chiqarish qobiliyati; 
7) javobni stilistik va grammatik jihatdan to'g'irlash qobiliyati; 
8) belgilangan vaqt ichida saqlash qobiliyati; 
9) tekshiruvchi tomonidan berilgan savollarga javob berish 
qobiliyati. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin