№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Badiiy pedagogika
-
pedagogika va adabiyotni birlashtirishga 
asoslangan pedagogika fanining sohasi, ta'lim va inson taraqqiyoti 
qonunlarini badiiy adabiyot orqali o'rganish.
Baho
deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan 
o‘lchamiga aytiladi.
Baholash
deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida 
ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lcha-gich)lar bilan solishtirish.
Bakalavr, magistr
— oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq 
dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga beriladigan 
akademik darajalar. 
Bakalavriat
— o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida oliy 
ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan, 
o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’lim. 
Bilim –
ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan 
inson g‘oyalari yig‘indisi; 
Darslik —
davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi 
asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik 
talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, 
uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining 
maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta'lim oluvchilarning yoshi 
va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab 


306 
chiqiladigan, nazariy ma'lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov 
mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 
Darsliklarning 
multimediali 
ilovalari
— 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid 
materiallarni davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda 
yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning 
mustaqil ta'lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, 
animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni 
nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv 
fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega 
bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan 
interaktiv elektron axborot-ta'lim resursi. 
Diagnostika-
(yunon tilida «dia»-shaffof, «gnosiss»-bilim degan 
ma’noni bildiradi) - o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayon
to‘g‘risidagi aniq ma’lumot olishning umumiy vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Dialog
- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida 
o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin