179
- ta’limning rivojlantiruvchi xarakteri tamoyili.
V. N. Karandashev tomonidan taklif etilgan ta’lim tamoyillarini
batafsilroq ko‘rib chiqaylik.
Ilmiylik tamoyili
o‘rganilayotgan o‘quv materiali ilmiy va amaliy
psixologiyaning
zamonaviy yutuqlariga, obyektiv ilmiy faktlar,
nazariyalar va qonunlarga mos kelishini nazarda tutadi. Psixologiyani
o'qitishda ilmiylik prinsipga
rioya qilish shuni anglatadiki, talabaga
berilgan ma'lumotlar dalillarga asoslangan bo'lishi lozim, bu psixologik
tadqiqotning tegishli usullaridan foydalanish orqali erishiladi.
Izchillik tamoyili
o'quv materialining ma'lum bir ketma-ketlik va
mantiqiy asosda o'rganilishini nazarda tutadi.
Shu bilan birga
o‘quvchilarga turli psixologik nazariyalar,
tushunchalar va
qonuniyatlar munosabatlari ko‘rsatiladi. O‘rganilayotgan material
mantiqiy bo‘limlar va mavzularga bo‘linadi, ular bilan ishlash tartibi va
metodikasi belgilanadi, har bir mavzuda asosiy tushuncha va g‘oyalar
yoritiladi hamda nazariyalar va faktlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar
o‘rnatiladi.
Aqliy va hissiy birlik tamoyili
psixologik fakt va hodisalarga
qiziqishni shakllantirishda muhim ahamiyatga yega.
Bu tamoyilning
amalga oshirilishi o‘quvchilarning o‘quv maqsadi, shu mavzuni
o‘rganish zarurligi va uning shaxsiy yoki kasbiy ahamiyatini bilishlarini
nazarda tutadi.
Bu tamoyilga muvofiq, o‘qitish psixologiyasi nafaqat
talabalarni ular uchun zarur va foydali yekanligini ishontirishga, balki
hissiy jihatdan boy va informatsion o‘quv
materialini tanlashga ham
asoslanadi.
Psixologiyani fanga va shaxsga yo'naltirilgan
Dostları ilə paylaş: