171
nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan
holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati
va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan
belgilanadi.
Oraliq nazorat turining topshiriqlari
tegishli kafedra professor-
o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri
tomonidan tasdiqlanadi.
Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan
fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi.
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va
mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishi,
shuningdek uning ushbu
mashg’ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi.
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv
mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha
talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish
darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat turini
o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi.
Yakuniy nazorat turi oliy ta'lim muassasasining
tegishli fakultet
dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda
o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy
nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi,
mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi,
fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib
beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda —
5 (a'lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay
oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi,
aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda
— 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan
(mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
172
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega
emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: