№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


 Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

9.3. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash 
tamoyillari. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari
shakl, va metodlari
Xolislik (obyektivlik)
tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), 
tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagog-ning 
barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, 
malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan 
iborat.
Tizimlilik (sistemalilik)
tamoyilining talabi shundan iboratki, 
tashhislash nazoratini ta’lim jarayoni-ning barcha bosqichlarida – 
bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan 
bosqichlarida olib borish kerak.
Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) 
tamoyili avvalo barcha ta’lim 
oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan 
o‘tkazishni anglatadi.
Nazorat turlari 
Joriy nazorat
o‘qituvchi tomonidan talabalarning xar bir o‘quv 
ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan 
mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari 
darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Oraliq nazorat – 
bu talabalar tomonidan mazkur fanning muayyan 
bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni 


168 
o‘qituvchi mashg‘ulotlar jadvali asosida mashg‘ulotda o‘quv 
materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o‘tkazadi.
Yakuniy nazorat
– sesmestr va davlat attestatsiyasi sinovlari 
singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda 
amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi. 
Nazorat shakllari

nazoratning ommaviy (frontal) shakli
da o‘qituvchi talabalarga 
materi-alning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, talabalar unga
qisqa javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik talabani nazorat 
qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu 
nazoratni talabalarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun 
qo‘llab bo‘lmaydi. 


Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin