166
Tizimning
to‘rtinchi bo‘g‘ini
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha
davriy tekshirish
hisoblanadi.
Tekshirishni
tashkil
etishda
beshinchi
bo‘g‘in
ta’lim
oluvchilarning, ta’lim jarayonining barcha
bosqichlarida egallangan
bilim, ko‘nikma va malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga
olishdir
.
Baholash va uning o‘ziga xosliklari
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifa-
tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi.
Baholash
deb bilim,
ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon
(ko‘rstakich, qolip, o‘lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz.
Baho
deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga
aytiladi.
Bahoni
amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bi-lan
davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi
belgilan-gan bilim,
ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida
tushunish (ta’rif-lash)dan ta’lim darajasi-ning miqdoriy mazmuni kelib
chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi B=A/T*100%
nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq
hajmi.
Hisobga olish va uning o‘ziga xosliklari
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda talabalarning o‘rganilayot-gan
mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini
va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini
hisob-ga olib borishi
kerak.
Hisobga olish
– bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar
va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, talaba ham o‘zlari-ning
keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi.
O‘zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini
rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini
tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining
faoliyatni ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va shakllarining tabora
takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining
pedagogik mahorati
167
ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib
borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Talabalarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olish
1) o‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganish-da
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat
qilish;
2) har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha
talabalarning faoliyati
to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarish;
3) o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina talabalarning
o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
4) talabalarning
mavjud bilimlariga aniq, bataf-sil ma’lumot
(tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik
o‘zlashtirish ma’lumotlariga asoslanib tahlil etish.
Dostları ilə paylaş: