№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

“Skarabey” texnologiyasi. 
“Skarabey” interaktiv texnologiya 
bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning 
rivojlanishiga imkon yaratadi,qandaydir muammoni hal qilishda o‘z 
fikrini erkin va ochiq ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur 
texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va 
saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha 
va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda, turli 
g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga 
imkon yaratadi. “Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan 
o‘quv materialining turli bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi: 
-boshida – o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida (“Aqliy 
hujum”); 
-mavzuni o‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va 
mazmunini belgilash, ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar
aloqalar xarakterini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, 
yangi jihatlarini ko‘rsatish; 


156 
-oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash 
maqsadida. 
“Skarabey” texnologiyasi o‘quvchilar tomonidan oson qabul 
qilinadi,chunki u faoliyatning fikrlash bilish xususiyatlari inobatga 
olingan holda ishlab chiqilga. U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni 
ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash 
va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlarga ega. Mazkur texnologiyaning 
ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma 
shakllaridan foydalanishni ko‘rsatish mumkin. 
“Skarabey “ alohida ishlarda,kichik guruhlarda hamda o‘quv 
jamoalarda qo‘lanilishi mumkin. 
Ta’limdan tashqari mazkur metot tarbiyaviy harakterdagi qator 
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: 
-o‘zgalar fikriga hurmat; 
-jamoa bilan ishlash maxorati; 
-faolik; 
-xushmuomalalik; 
-ishga ijodiy yondashish; 
-imkoniyatlarini ko‘rsatish ehtiyoji; 
-o‘z qobilyatlari va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi; 
-“men” ligini ifodalashga imkon beradi; 
-o‘z faoliyati natijalarga masulyat va qiziqish uyg‘otadi. 
Asosiy tushunchalar quydagilar : 
-
Assosiasiya – mantiqiy bog‘liqlik bo‘lib, sezgilar,tasavvurlar, 
idrok qilish, g‘oyalar va boshqalar orasida xosil qiluvchi mantiqiy 
aloqadir. 
-
Zanjirlash (muayan tartib)- ahamiyati, muhimligi, mazmuni 
darajasiga qarab tartiblash. 
O‘qituvchi va o‘quvchi talabaning maqsatli natijaga erishishida 
qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala 
tomoning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda 
o‘quvchi talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab 
ishlatiladigan texnologiy tanlanadi masalan,natijaga erishish uchun 
balki kompuyuter bilan ishlash lozimdir,balki film, tarqatma 
material,chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi 
kerak bo‘ladi, bular o‘qituvchi va o‘quvchi talabaga bog‘liq. 


157 
Shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish 
zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos 
tomonini joy va sharoitini, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini 
hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishni hisobga olishi 
kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. 
Qisqa qilib aytganda o‘quvchi- talabani ta’limning markaziga olib 
chiqish kerak. 
Shuningdek, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tuzimiga, ayniqsa 
oliy ta’lim muassasalarida, taraqqiyotning hozirgi bosqichida, 
“Tabaqalashtirilgan a’lim texnologiyasi”, “ Dasturlashtirilgan ta’lim 
texnologiyasi”, “Bilish o‘yin texnologiyasi”, “Forstu texnologiyasi”, 
“Masofali 
o‘qitish 
texnologiyasi” 
“Indivudiallashtirilgan”, 
“Kompuyuterni o‘qitish” kabi texnologiyalar ham keng qo‘llaniladi.

Shunday qilib, ko‘rib o‘tilgan zamonaviy o‘qitish texnologiyalari 
o‘zida zamonaviy ta’lim shakllari majmuasi sifatida ta’lim beruvchida 
va 
ta’lim 
oluvchilarning 
hamkorlikdagi 
o‘quv faoliyatlarini 
tashkillashtirish, mujassamlashtirishni yo‘lga qo‘yadi va amalga 
oshiradi. Shu asosida oliy ta’lim maktablarida o‘qitiladigan pedagogik 
turkum fanlarni o‘qitishni jadallashtirish, mahsuldor (produktiv) qilish 
asosida talaba – yoshlarda erkin va mustaqil fikrlash, bilim doirasini 
kengaytirish, o‘z fikrini erkin, mazmunli bayon etish, jamoada o‘zini 
tuta bilish, jamoa ishlarida faol ishtirok etish, nutqi va muomila 
madaniyatini rivojlantiradi hamda takomillashtiradi zamonaviy 
o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash jarayonida, ta’limning interaktiv 
metodlarni tadbiq etish masala yechishni osonlashtiradi . 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin