№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida axborot



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida axborot 
texnologiyalaridan foydalanish 
Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda dars o‘tishda 
qanday ta’lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. 
Ayniqsa, texnik vositalarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchi-talabalarning 
fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga, berilayotgan 
axborotlarni chuqur o‘zlashtirishga katta yordam beradi. 
1
Avliyoqulov N.Q. “Zamonaviy o’qitish texnologiyalari” . Toshkent. 2001, B.Q.Xo’jayev , SH.SH. Olimov “ Yangi 
pedagogic texnologiyalar”. 


158 
Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani, mavzuni yoritishga 
qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga 
oladi. 
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vositalarni 
tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, 
radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, video-magnitofon
kompyuter kabilaiga bo‘lish mumkin. 
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar 
ta’lim vositalari deb ataladi. 
Ta’lim vositalari real va texnik vositalar hamda chop etilgan o‘quv 
materiallarini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi. 
Real ta’lim vositalari, odatda, farmatsiya yo‘nalish bo‘yicha ta’lim 
olish jarayonida kam ishlatiladi, lekin texnik va chop etilgan o‘quv 
materiallari juda keng qo‘llaniladi. 
Ta’lim vositalari bir-birini to‘ldiradi va dars jarayonida 
uyg‘unlashadi. Ta’lim vositalari talabalarning darsni tushunishi, 
mustaqil ishlashi, o‘quv jarayoniga faol qatnashishiga ko‘maklashadi. 
Kodoskop, proektor shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni 
ekranga tushirish, aks ettirish uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. 
U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta 
tayyorlangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin. Doska 
bo‘lmaganda zarur bo‘lgan narsalarni flomaster yordamida to‘ppa-
to‘g‘ri yozib ko‘rsatiladi. 
O‘qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vositani 
qo‘llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda 
oldindan belgilab olishi kerak. 
Dars o‘tishda keng qo‘llaniladigan nisbatan oddiy, bir 
auditoriyadan ikkinchisiga olib o‘tish oson texnik vosita kodoskop va 
proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor 
ko‘proq ishlatiladi. Ulardan foydalanishdan avval uning bexato 
ishlashini, tozaligini, xonada rozetka bor-yo‘qligini tekshirish lozim. 
Slaydlar taqdimot qilinishidan oldin tartib bilan mantiqiy ketma-
ketlikda tayyorlab qo‘ygan ma’qul. 
O‘qituvchi taqdimot jarayonida ekranga qarab emas, balki ta’lim 
oluvchilarga qarab, nutq tezligiga e’tibor bergan holda gapirishi lozim, 
ya’ni «ko‘z aloqasi»ni saqlab turishi kerak. 


159 
Boshqa vositalar kabi proektoming ham o‘ziga xos afzalliklari va 
kamchiliklari mavjud. 
Kodoskop va proektor bilan ishlashning afzalliklari: 
* dars jarayonida doimiy tasviriy kontakt yuz beradi; 
* plyonkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo‘lishi mumkin; 
* turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin, 
* slaydlarni qo‘lda, fotonusxa, kompyuter 
yordamida
tayyorlash va ulardan bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin; 
*kerak bo‘lmagan qismini yopib qo‘yish mumkin; 
*rangli tasvirni qo‘llash mumkin; 
*foydalanish oson, qulay joyga ko‘chirish mumkin. 
Videoproektor albatta boshqa vositalarga nisbatan qimmat, undan 
foydalanish uchun ko‘nikma talab etiladi. 
Hozirgi paytda o‘quv materiallari, axborotlarni ekranda ko‘rsatish 
imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o‘quv jarayonida erishilgan 
yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot 
texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi 
yutuqlarga tayanadi. Ularning gurkirab rivoj-lanishi turli axborotlardan 
samarali foydalanishga qaratilgan jamiyatning rivojlanishiga turtki 
bo‘ldi. 
Axborot 
texnologiyalari 
— bu odamlarning bilimlarini 
rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish 
bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, 
saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. 
Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir 
maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan 
iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. 
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va 
ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. 
Zamonaviy axborot texnologiyalami o‘quv jarayoniga tatbiq 
etilishi ta’limda yangicha o‘quv metodlarini keng ravishda qo‘llashga 
imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, 
chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta’minlangan 
auditoriyalarda dars o‘tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto 
uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Avniqsa, o‘quv 
jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funksiyalarni 
muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo‘llash 


160 
imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya 
deb ham atalmoqda. U: 
* talabalarga o‘rganayotgan mavzusi, jarayon, faoliyat bo‘yicha 
to‘liq, ishonchli axborot berish; 
*o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikning rolini oshirish; 
*talaba,o‘quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini 
qondirish; 
*o‘qituvchining talabalarning bilimini, ko‘nikmalarini sinash bilan 
bog‘liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o‘rnatish; 
* talabalarni o‘zlashtirishi bo‘yicha obyektiv 
hisobot, 
to‘la 
va uzluksiz uazoratni tashkil etish imkonini beradi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin