151
o‘qitishda o‘quvchilar amaliy faoliyatlarini rivojlantirishga yordam
beruvchi muammoli o‘qitish g‘oyasini ilgari surdi. U o‘zining “Biz
qanday fikrlaymiz“ risolasida, “ Tafakkur
muammolarini yechish
sharti” deb ta’riflaydi va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishi
mumkin bo‘lgan ta’lim – muammoli o‘qitishi deb biladi.
Keyinchalik bu g‘oya amerikalik psixolog Djon Bruner va
polshalik pedagog Vintensi Okon tomonidan, XX asrning 2- yarmida
tatar pedagogi M.I.Maxmudov tomonidan rivojlantirildi. Bularning
g‘oyasi mazmunida muammoli vaziyatni yaratish, muammolarni
shakllantirish va bu muammolarni xal qilishga o‘quvchilar
aqliy
kuchlarini jalb qilishi yotadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarda fanlarni, jumladan,
pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda pedagog talablar oldida har bir
fanning hususiyatidan kelib chiqib o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha
muammolar qo‘ydi, ularni yechish uchun muammoli vaziyat yaratadi,
bu vaziyatga talabani kiritadi va yechimini topishga talabani o‘zini
yo‘naltiradi. Bunda talabalrning faol, ijodiy, mustaqil izlanuvchanlik
faoliyati yotadi.
Shunday qilib, muammoli o‘qitish degandA, o‘quvchilarning faol
mustaqil faoliyatlarini ko‘zda tutadigan, bilim ko‘nikma, malakalarini
ijodiy o‘zlashtirishga qaratilgan pedagog tomonidan muammoli vaziyat
yaratilib muammoni o‘qituvchi rahbarligida yechishga yo‘naltirilgan
ta’lim tushuniladi.
Rus
pedagoglari
M.A.Danilov,
V.P.Eshnov,
I.Ya.Lerner,
G.V.Pudrasev, M.I.Mahmudov va boshqalar muammoli o‘qitish
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi tiliga
kirib muntazam ravishda
ta’lim oluvchilarini izlanishga, mustaqil o‘rganishga yo‘llovchi,
pedagog va talabaning o‘zaro hamkorligi muloqot vositasida ta’lim
oluvchilarining bilim faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
deb takidlaydilar.
Muammoli o‘qitishning asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil
etadi. O‘qituvchi rahnamoligida muammoni yaratish, muammoli bayon
qilish evristik suhbatlar tashkil etish muammoli topshiriqlarni bajarish
natijasida talabalarda mustaqil izlanish ko‘nikmalari shakllanadi, ijodiy
tafakur rivojlanadi, faol, erkin faoliyat tashkil topadi.
Yuqorida
qayd
qilganimizdek,
muammoli
o‘qitish
texnologiyasining asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil etadi .
152
Muammoli vaziyatda o‘quv muammosi, farazlar, ispotlar, izohlar,
taxlil, sintez, mustaqil anglash, o‘rganishlar
asosiy component
hisoblanib, ular o‘quvchilarni yangi bilim, ko‘nikma, malakalr bilan
qurollantirish aqliy faoliyatlarni egallashga qaratilganligi sababli
o‘quv- bilim faoliyatini o‘stiradi va ijodiylashtiradi. Bu jarayonda
o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, yo‘lga soluvchi, muammoni bayon qiluvchi
rolini bajaradi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi bayon etgan ma’lumotlar emas
talabalar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka haqiqiy hisoblanadi
shuning uchun bu jarayonda
talaba eshituvchi emas, muammoni hal
qiluvchi faol bajaruvchi hisoblanadi.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan
foydalanish bo‘lajak tarbiyachi- o‘qituvchilarda ijodiy tafakkur,
mustaqil faolikni o‘stiradi muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni
yechish yo‘larini o‘rgatadi; vaziyatni turlicha yechish yo‘llari haqida
tushuncha beradi, aynan bir hildagi pedagogik
voqeallarga turlicha
yondoshish haqida ma’lumot beradi.
Olib borilgan tajriba ishlarning natijalariga asoslanib, aytish
mumkinki,pedagogika fanlarini muammoli o‘qitishda quyidagilarga
rioya qilish lozim:
-
Eng zarur muammoli ta’lim yordamida yechiladigan muhim
mavzular tizimini ishlab chiqish;
-
Turli o‘quv mashg‘ulotlari (ma’ruza, seminar, amaliy
mashg‘ulotlar)da muammoli
vaziyatlarni yaratishda, muammoli
ta’limning o‘ziga xos pedagogik jihatlarida kelib chiqish ;
-
Muammoli talimda talabalarning bilm darajasi, aqliy zakovati
o‘zlashtirish meyorlarini inobatga olish;
-
O‘z shaxsiy tajribasi, mahorati o‘quvchi –talabalrga
tasir etish
qiymatidan kelib chiqish v.h.k
Shundagina pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli o‘qitish
texnologiyasidan maqsadli foydalanish amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: