№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

oldindan
aniqlash
hisoblanadi.
Bilimlarni tekshirishning 
ikkinchi bo‘g‘ini
har bir mavzuni 
o‘zlashtirish jarayonidagi 
joriy tekshirishdir
.
Takroriy tekshirish
bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshi-rishning 
uchinchi bo‘g‘ini
sanalib, joriy tekshirish kabi mavzu-li bo‘lishi 
mumkin. 


166 
Tizimning 
to‘rtinchi bo‘g‘ini
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha 
davriy tekshirish 
hisoblanadi.
Tekshirishni 
tashkil 
etishda 
beshinchi 
bo‘g‘in
ta’lim 
oluvchilarning, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan 
bilim, ko‘nikma va malakalarini 
yakuniy tekshirish va hisobga 
olishdir
.
Baholash va uning o‘ziga xosliklari 
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifa-
tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. 
Baholash
deb bilim, 
ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon 
(ko‘rstakich, qolip, o‘lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. 
Baho
deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga 
aytiladi.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bi-lan 
davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilan-gan bilim
ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida 
tushunish (ta’rif-lash)dan ta’lim darajasi-ning miqdoriy mazmuni kelib 
chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi B=A/T*100% 
nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi; 
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi; 
T – o‘zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to‘liq 
hajmi. 
Hisobga olish va uning o‘ziga xosliklari 
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda talabalarning o‘rganilayot-gan 
mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini
va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisob-ga olib borishi 
kerak. 
Hisobga olish
– bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar 
va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash. 
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, talaba ham o‘zlari-ning 
keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. 
O‘zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini 
rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini
tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining 
faoliyatni ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va shakllarining tabora 
takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik mahorati 


167 
ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib 
borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Talabalarning o‘zlashtirish natijalarini hisobga olish
1) o‘quv dasturi asosida mavzu va bo‘limni o‘rganish-da 
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat 
qilish; 
2) har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha talabalarning faoliyati 
to‘g‘risida to‘liq xulosa chiqarish; 
3) o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina talabalarning 
o‘zlashtirish darajasini baholamaslik; 
4) talabalarning mavjud bilimlariga aniq, bataf-sil ma’lumot 
(tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik 
o‘zlashtirish ma’lumotlariga asoslanib tahlil etish.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin