№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Amaliy 
topshiriqlarni 
bajarishga 
asoslangan 
tekshirish.
Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning 
to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat 
bo‘lishi mumkin.
Uy vazifalarini tekshirish
. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazo-
rat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini 
tekshirish katta ahamiyatga ega.
Reyting deganda
baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, 
bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash 
tushuniladi. Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan 
reytingini aniqlaydi. 
 
Shkalalash
– aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida 
modellashtirish. 
Reyting nazoratida o‘quvchilarning o‘quv faoli-yatini nazorat 
qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test metodidan 
ham sama-rali foydalanilmoqda.
Test
aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va 
miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. 
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga 
tashlanadi. Ular quyidagilardir: 
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 
2) nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash 
imkonining mavjudligi; 
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil 
etish mumkinligi; 
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda 
tekshirilishi; 
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, 
ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.

Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi: 

ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish; 

o‘quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash; 


170 

ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni 
ochib berish; 

ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan 
majburiy ixtiyoriy mavzularning to‘laligicha o‘zlashtirilishi; 

o‘quvchilarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr 
yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi; 

o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv yo‘qolib, 
uning o‘rniga bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va 
nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati 
yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga intilish, rejalashtirish, 
harakat qilishga ehtiyoj tug‘iladi, o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin