156
-oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash
maqsadida.
“Skarabey” texnologiyasi o‘quvchilar tomonidan oson qabul
qilinadi,chunki u faoliyatning fikrlash bilish xususiyatlari inobatga
olingan holda ishlab chiqilga. U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni
ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash
va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlarga ega. Mazkur texnologiyaning
ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma
shakllaridan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
“Skarabey “ alohida ishlarda,kichik guruhlarda hamda o‘quv
jamoalarda qo‘lanilishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur metot tarbiyaviy
harakterdagi qator
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-o‘zgalar fikriga hurmat;
-jamoa bilan ishlash maxorati;
-faolik;
-xushmuomalalik;
-ishga ijodiy yondashish;
-imkoniyatlarini ko‘rsatish ehtiyoji;
-o‘z qobilyatlari va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
-“men” ligini ifodalashga imkon beradi;
-o‘z faoliyati natijalarga masulyat va qiziqish uyg‘otadi.
Asosiy tushunchalar quydagilar :
-
Assosiasiya – mantiqiy bog‘liqlik bo‘lib, sezgilar,tasavvurlar,
idrok qilish, g‘oyalar va boshqalar orasida xosil qiluvchi mantiqiy
aloqadir.
-
Zanjirlash (muayan tartib)- ahamiyati,
muhimligi, mazmuni
darajasiga qarab tartiblash.
O‘qituvchi va o‘quvchi talabaning maqsatli natijaga erishishida
qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala
tomoning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda
o‘quvchi talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab
ishlatiladigan texnologiy tanlanadi masalan,natijaga
erishish uchun
balki kompuyuter bilan ishlash lozimdir,balki film, tarqatma
material,chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi
kerak bo‘ladi, bular o‘qituvchi va o‘quvchi talabaga bog‘liq.
157
Shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish
zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos
tomonini
joy va sharoitini, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini
hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishni hisobga olishi
kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.
Qisqa qilib aytganda o‘quvchi- talabani ta’limning markaziga olib
chiqish kerak.
Shuningdek, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tuzimiga, ayniqsa
oliy ta’lim muassasalarida, taraqqiyotning hozirgi bosqichida,
“Tabaqalashtirilgan a’lim texnologiyasi”, “ Dasturlashtirilgan ta’lim
texnologiyasi”, “Bilish o‘yin texnologiyasi”, “Forstu texnologiyasi”,
“Masofali
o‘qitish
texnologiyasi”
“Indivudiallashtirilgan”,
“Kompuyuterni o‘qitish” kabi texnologiyalar ham keng qo‘llaniladi.
1
Shunday qilib, ko‘rib o‘tilgan zamonaviy o‘qitish texnologiyalari
o‘zida zamonaviy ta’lim shakllari majmuasi sifatida ta’lim beruvchida
va
ta’lim
oluvchilarning
hamkorlikdagi
o‘quv
faoliyatlarini
tashkillashtirish, mujassamlashtirishni yo‘lga qo‘yadi va amalga
oshiradi. Shu asosida oliy ta’lim maktablarida o‘qitiladigan pedagogik
turkum fanlarni o‘qitishni jadallashtirish, mahsuldor (produktiv) qilish
asosida talaba – yoshlarda erkin va mustaqil fikrlash, bilim doirasini
kengaytirish, o‘z fikrini erkin,
mazmunli bayon etish, jamoada o‘zini
tuta bilish, jamoa ishlarida faol ishtirok etish, nutqi va muomila
madaniyatini rivojlantiradi hamda takomillashtiradi zamonaviy
o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash jarayonida, ta’limning interaktiv
metodlarni tadbiq etish masala yechishni osonlashtiradi .
Dostları ilə paylaş: