153
funksiya axborotchi – nazoratchilikdan iborat bo‘ladi . shuning uchun
u faqat oliy ta’lim maktablarida qo‘llaniladi .
Yukavichens L.A. modulli o‘qitishni shunday ta’riflaydiki,
“qo‘yilgan didaktik maqsadlarga erishishni taminlovchi, o‘quv
ma’lumotini mantiqn tugallangan birligini, harakatlarning maqsadli
dasturini va uslubiy talimotini o‘z ichiga olgan axborot bloki”.
Modulli ta’lim texnologiyasi asosini ta’limiy modul tashkil etib,
o‘zida
bilish
faoliyati
va
kasbiy
tayyorgarlikni
o‘zida
mujassamlashtiradi . modulli o‘qitish o‘quv materiallarini aniq
modullarga ajratish har bir moduldagi o‘quv materiali mazmunan bir
birini to‘ldirish, ketma- ketlikda izohlanishi bilan xarakterlanadi va
didaktik maqsadga erishishni taminlaydi buning uchun quydagi
pedagogik qoidalar bajarilishi talab etiladi:
-
O‘quv materiali shunday qurulmog‘i lozimki , har bir ta’lim
oluvchi oldida qo‘yilgan didaktik vazifani bajarish imkoniyatiga ega
bo‘lsin ;
-
O‘quv materialiga mos ta’lim komponentlari( shakl, metod,
usulni qo‘yilgan vazifa, me’yorlar)ga qarab tanlanilishi hamda bilim
oluvchilarning qobilyatlari, o‘quv-uslubiy material bilan ta’minlashni
hisobga olish;
-
Muayyan mutaxassislikka ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan,
turdosh bo‘lgan fanlar ularning bo‘limlari (mavzulari ) ni
mujasamlashtiradigan tashkiliy- metodik bog‘lanishli modullardan
iborat bo‘lishi lozim.
Shunga ko‘ra pedagogika fanlarni modulli texnologiya asosida
o‘qitishda:
-
Pedagogik ma’lumotlar tizimini tartiblashtirish ;
-
Pedagogik fanlarning har biri mazmunidagi o‘quv materialini
modulli dastur shaklida (makro –mikro modullar tarzida ) ketma-
ketlikda o‘qitishni loyihalash;
-
Har bir fan mazmunidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha axborot
bilan taminlagan holda o‘quv materiallarini katta bo‘lmagan modullarni
o‘zlashtirish asosida qurish.
Dostları ilə paylaş: