154
(A.S.Vigotiskiy, A.N.Leontev, S.A.Rubinshteyn, D.B.Elkoning,
L.Ya.Galsring, E.V. Ilvinkov, L.V.Zankov, V.V.Davidov).
Ular g‘oyalariga ko‘ra inson va jamiyat ehtiyojlari asosida ta’lim
shunday qurilmog‘i darkorki, u qisqa vaqtda
maksimal rivojlanishni
ta’minlasin. Shunga asosan rivojlantiruvchi ta’lim pedagogik ta’sir
tizimida shaxs irsiy xususiyatlarining rivojlanishini tezlashtirish,
yo‘naltirish, rag‘batlantirishning stimulidir. Masalaga shu nuqtai
nazardan
yondashganda
rivojlantiruvchi
ta’lim
shaxsning
qobilyatlarini, bilish kuchlarini, intellektual va ijodiy salohiyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasi hisoblanadi. G‘oya
mazmunida bolaning psixik rivojlanishi, bilim, ko‘nikma, malakaning
samarasi yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun o‘qitish
jarayonida bolaning
psixik xususiyatlari, ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish lozim.
Buning uchun o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarni turli faoliyatga
jalb qilish, har xil didaktik o‘yinlar, munozara usullaridan, bolalar
tasavvuri,
tafakkuri, xotirasi, nutqini rivojlantiruvchi metodlardan
foydalanish darkor.
Bunda, asosan, pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’lim oluvchilarning
fikrlash faoliyatlarini rivojlantiruvchi-ko‘rgazmali-harakatli, amaliy,
ko‘rgazmali-tasvirli, mavhum-nazariy o‘qitish ishlarini qo‘llash,
muammoli ma’ruza, evristik, tabaqalashgan,
aqliy hujum usullaridan
foydalanish talab etiladi.
“Bumerang” texnologiyasi.
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot
davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy
tushunib yetish. Erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va
xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan
mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish
shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir
ishtirokchining turli mashg‘ulotlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi
yoki o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli balni to‘plashiga
imkoniyat
beradi. “Buremang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni
shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni,
dalillarni og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda
mazkur metod tarbiyaviy
xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-jamoa bilan ishlash mahorati;
-muomalalik;
155
-xushfe’llik ;
-ko‘nikuvchanlik;
-o‘zgalar fikriga hurmat;
-faollik;
-rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
-ishga ijodiy yondashish;
-o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish;
-o‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom
ettirishga imkon beradi.
Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin
emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi
to‘g‘ri, ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
Kondalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar
qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni,
opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan
qarorlar qabul qilish
uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga
kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga
kirishilmaydi.
Dostları ilə paylaş: