177
yetishlari uchun, bir necha avlod olimlari izlanishlar olib borib,
didaktika tamoyillari majmuasi yaratilishiga sababchi bo‘lgan. Bu
sohadagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qonuniyat turg‘un bo‘lib, ular
asosida yaratilgan qonun va tamoyillar o‘zgarib turishi ham mumkin
ekan. Ba’zi eski tamoyillar o‘rniga boshqa yangi tamoyillar kiritilishi
mumkin ekan.
Psixologiya o‘qitish metodikasi psixologiya
va didaktika fanlari
asosida taraqqiy topgani uchun psixologiya o‘qituvchisi o‘z kasbiy
faoliyatida o‘qitishning umumiy didaktik tamoyillariga asoslanishi
lozim.
O‘quv adabiyotlarda olimlar yangi o'qitish
tamoyillarini ishlab
chiqishda Ya.A.Komenskiyning an'anaviy o'qitish tizimi tamoyillariga
tayanishi qayd etilgan. U o'qitish mohiyati g'oyasiga asoslangan o'qitish
tamoyillarining quyidagi tasnifini ishlab chiqdi:
1) onglilik va faollik prinsipi;
2) ko‘rgazmalilik prinsipi;
3) uzluksizlik va izchillik prinsipi;
4) mashq qilish va bilim, ko'nikmalarni mustahkamlash prinsipi.
Didaktika tadqiqotchilaridan ayrimlarining asarlarida turli
tamoyillar tavsiya etilgan. Masalan, M.I.Skatkin uzluksiz ta’lim
tamoyilini hisobga olib o‘qitishning mustaqil bilim olishga o‘tish
tamoyili
joriy etilishini taklif qiladi, shuningdek, o‘qishga ijobiy
munosabatni shakllantirishga katta e’tibor berib, ta’lim
ijobiy asosda
olib borilishi tamoyilini maqsadga muvofiq deb biladi.
Yu.K.Babanskiy didaktikaning yangi yo‘nalishlaridan biri —
optimallashtirish nazariyasini ishlab chiqib, mana shu nazariyaning
amaliy yo‘nalishini aks ettiradigan uchta yangi tamoyilni tavsiya qiladi.
Bular: 1) ta’limning og‘zaki, ko‘rsatmali
va amaliy, reproduktiv va
izlanishli, shuningdek, boshqa metodlari hamda usullarini to‘g‘ri
birlashtirish; 2)ta’limning dars,
darsdan tashqari, shuningdek
umumsinf, guruhiy va yakka tartibdagi shakllarini to‘g‘ri birlashtirish;
3) ta’lim oluvchilarning o‘qishga ijobiy munosabatini kuchaytirish,
ularda
bilishga qiziqishni, bilimlarga ehtiyojni tarkib toptirishdan
iboratdir.
Ta'lim muassasalarida psixologiyani o'qitishda I.V.Dubrovina
quyidagi o'qitish tamoyillarini qo'llashni tavsiya qiladi:
- ilmiy o'qitish prinsipi;
178
- mavzular aro aloqadorlik tamoyili;
- nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqlik;
- ko‘rgazmalilik prinsipi;
- fanlararo muvofiqlashtirish prinsipi;
- mustaqillik va faollik prinsipi;
- mavjudlik prinsipi;
- bola va kattalar o'rtasidagi faol sub'ekt-sub'ektning o'zaro ta'siri
prinsipi ;
- qiziqishni rag'batlantirish prinsipi;
- bag'rikenglik prinsipi;
- bolaning psixologiya bilimlarini anglash va o'zlashtirish
qobiliyatiga so'zsiz
ishonish prinsipi;
- o'quvchilarning bilimlari va aqliy rivojlanishi uchun
o'qituvchining javobgarligi prinsipi.
G.A.Klyuchnikov va M.V.Popovalar psixologiyani o‘qitishni
quyidagi prinsiplarni elgari suradilar:
- motivatsion tayyorlik prinsipi;
- rivojlanish prinsipi;
- sub'ektivlik prinsipi;
- psixologizatsiya tamoyili;
- psixologik g'oyalarni metaforizatsiya qilish;
- psixologik xavfsizlik
Dostları ilə paylaş: