Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o'quvchilarning o'zlashtirishini hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o'quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olish malakasi aniqlanadi.
Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting – bu inglizcha so’z bo’lib, uning ma’nosi «individual koefisient» yoki «baho» demakdir.Reyting tizimi (RT) – bu talabalarni faol o’quv faoliyatiga rag’batlantiruvchi va muhim asosli kuchga ega bo’lgan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi.
Reyting degandabaholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash(tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o'quvchining ma'lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Shkalalash — aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Reyting nazoratida o'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so'rovidan nafaqat o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o'quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test — aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. Umuman olganda test so’zi inglizchadan olingan bo’lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma’nolarini bildirib “Sinalayotgan shaxsning psixo xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobiliyati va malakasini tekshirishda qo’llaniladigan standart mashqlar” demakdir. Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko'zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtning o'zida ko'p sonli o'quvchiiar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o'qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o'quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Reyting tizimida o'zlashtirish natijasi nazoratning ko'rsatilgan barcha shakllardan o'tish jarayonida to'plangan ballarni qo'shish yo'li bilan aniqlanadi. Harbir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o'quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo'yilsa, o'quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to'plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting balini to'plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o'tmaguncha attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o'rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:
- Ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
- o'quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
- ta'limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;
- Ta’lim standartlarida ko'zda tutilgan o'quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy mavzularning to’laligicha o'zlashtirilishi;
- o'quvchilarda o'z ustida mustaqil ishlashga intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
- o'quvchilarda yomon baho olishga bo'lgan qo'rquv yo'qolib, uning o'rniga bilimlarni ixtiyoriy o'zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yo'lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo'rquv o'rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug'iladi, o'rganishga nisbatan qiziqish ortadi.