1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi



Yüklə 195,02 Kb.
səhifə1/66
tarix16.02.2023
ölçüsü195,02 Kb.
#84475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
shaxzod aka


1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza)
Mavzu rejasi:

  1. O‘qituvchi kasbi haqida tushuncha. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xosligi va uning insonparvarlik xususiyati.

  2. O‘qituvchilik kasbining insonparvarlik yo‘nalishi.

  3. O‘qituvchilik kasbi qadriyatlari. O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish.

  4. Professional va shaxsiy o‘zini o‘zi belgilash, shakllanishida o‘z-o‘zini takomillashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish.

  5. Professional va shaxsiy sifat komponentlari.



Tayanch iboralar: O`qituvchi, o`quvchi, uzluksiz ta`lim, faoliyat, obro`, kasb, layoqat, kasbiy sifatlar.

Respublikamiz hukumati xalq ta`limi sohasida o`rtaga qo`yayotgan vazifalarni bajarish ko`p jihatdan o`qituvchilikka bog’liq. YAngi iqtisodiy siyosatga o`tish sharoitida ta`lim-tarbiyadan ko`zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o`quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e`tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o`stirish o`qituvchi zimmasiga yuklatilgan.


O`zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo`shayotgan ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga tanilmoqda. Har yili eng yaxshi o`qituvchini aniqlash uchun o`tkazilayotgan maktab ko`riklari, tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu yutuqlarga omil bo`lmoqda. Maktablarda «metodist o`qituvchi», «katta o`qituvchi», «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan o`qituvchi» unvonlariga sazovor bo`lgan o`qituvchilar soni tobora ko`paymoqda.
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan o`qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liq.
So`nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitet-larda, pedagogika bilim yurtlarida o`qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko`pgina ishlar amalga oshirildi. CHunonchi, bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy tayyorligini kuchaytirish, ixtisosga doir fanlarni chuqur o`rgatish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llashga o`rgatish masalalariga e`tibor kuchaydi. SHunindek, bo`lajak o`qituvchilarga pedagogika, ruhshunoslik, usuliyotga doir fanlarni o`rgatish ko`lami yanada kengaydi. Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bir qancha ixtisosliklar bo`yicha besh yillik o`quv rejalari joriy etildi.
Uzluksiz pedagogik ta`lim g’oyalari amalga oshirilmoqda. SHu munosabat bilan o`qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning diqqat markaziga bo`ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika institutlarining maxsus fakul’tetlarida, malaka oshirish institutlarida amalga oshirilmoqda. O`qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, mulohazali bo`lishlariga e`tibor berilayotir. Sinfiy, tarbiyaviy qarashlarning biryoqlamaligidan, ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar ustun turishi ta`kidlan-moqda.
O`zbekiston hukumati maktab o`qituvchilarining haftalik o`quv ishlari hajmini kamaytirdi, maoshini oshirdi. O`quvchilarning daftarlarini tekshirgani uchun, shuningdek, «Xalq o`qituvchisi», «Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi», «Metodist-o`qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor o`qituvchilarga qo`shimcha haq to`lash joriy etildi. Pedagogika o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan talabalarning stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga qo`shimcha po`l to`lanadi.
O`qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. YAxshi o`qituvchi bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zigina etarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o`qitish va tarbiyalash umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g’oyalar bayon etildi. O`quvchilarning yosh, individual xususiyatlarini e`tiborga olish ta`kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o`qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Shuning uchun ham mustaqil O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim maktabida ishlaydigan o`qituvchi:
-pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon;
-milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma`naviy barkamol;
-O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etilishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to`g’ri anglagan, e`tiqodli fuqaro;
-ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahorati, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan;
-o`qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi ulg’ayib yaxshi odam bo`lishiga chin ko`ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan;
-erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo`lmog’i darkor.
Oʼqituvchi deyarli har kuni oʼquvchilar bilan uchrashadi, savol javob qiladi, ularning yaxshi ishlarini maʼqullaydi, bilimini baholaydi, nojoʼya xatti-xarakatlari uchun tanbeh beradi. Аlbatta oʼqituvchining fikri, muloxazalarida nisbiylik, subʼektivlik aʼlomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek juda toʼgʼri munosabatda boʼla olmasligi mumkin. Lekin u hamma oʼquvchilarga nisbatan xolis niyatli yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchani ishonchi komil boʼlmogʼi darkor. Sinfda oʼqituvchi yaxshi koʼradigan, yomon koʼradigan, oʼquvchilar bor degan taʼassurot tugʼilmasligi kerak. Xullas, obroʼ oʼqituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obroʼ kishining chuqur bilimi, yuksak ahloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan, koʼpchilik tomonidan eʼtirof etilgan taʼsir nufuzidir.
Pedagogik faoliyat oʼz mohiyatiga koʼra ijodiy xarakterga ega. Maʼlumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tugʼiladi. Oʼqituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati, pedagogik faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bogʼliq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyo qarashini, eʼtiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga boʼysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalar yechish jarayonidir. Oʼqituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yoʼllarini qidirib topa bilishlarida ifodalanadi. Pedagogik ijodkorlik manbai — boʼlgan pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilgʼor pedagogik tajriba deganda biz oʼqituvchining oʼz pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishini, oʼquvchilar taʼlim-tarbiyasining yangi, samarali yoʼl va vositalarini qidirib topishni tushunamiz. Ilgʼor pedagogik tajriba oʼqituvchi tomonidan qoʼllanadigan ish shakli va usullari, uslub va vositalaridir. Ular vositasida oʼquv-tarbiyaviy ishlarni eng yuqori natijalariga erishiladi.
Ilgʼor pedagogik tajribani oʼrganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish, oʼquv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli oʼzgarishlar kiritish, oʼquvchilarning bilim faoliyatini boshqarish, yangi koʼrinishdagi oʼquv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab boʼladi. Ijodiy ishlaydigan oʼqituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli oʼqitish va tarbiyalash, ilgʼor oʼqituvchilar tajribalarini oʼrganish bilangina cheklanib qolmasdan tadqiqotchilik koʼnikma malakalariga ham ega boʼlishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti oʼqituvchining ijodkor boʼlishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini oʼquvchilarga yetkaza olishini taqozo etadi. Bu ahloqiy eʼtiqod oʼqituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, oʼquvchilar va boshqa kishilar bilan munosabatlarida, muomalasida, kundalik turmushda oʼzining shaxsiy namunasi bilan ahloqiy taʼsir oʼtkazilishida koʼzga tashlanadi. Pedagogik etikaning asosiy tushunchalari umuminsoniy ahloq kategoriyalariga mos keladi va ularni oʼqituvchi faoliyati bilan bogʼliq tarzda bir qadar aniqlaydi.
Pedagogik etikada gumanizm, adolatlilik, vijdonlilik, halollik, yaxshilik qilish kabilar oʼqituvchilik faoliyati bilan bogʼliq ravishda tahlil qilinadi. Аhloq nazariyasida yaxshilik eng muhim kategoriya hisoblanadi. Yaxshilik-ahloqiy ijobiy fazilat boʼlib, normativ etikaning idealini, individual ahloqda ijobiy-xulqiy fazilatlarni mazmunini inson faoliyati yoki biror hatti-harakatiga ijobiy munosabatining yigʼindisini aks ettiradi. Yaxshilik kishining ongi va ahloqiy amaliyotida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib jamiyat va shaxsga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan tushunchalar. Pedagogik etikada yaxshilik tushunchasi oʼqituvchi faoliyati bilan bogʼliq holda aniqlashtiriladi. Unda oʼqituvchi va oʼquvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va oʼquvchi maqsadining birligi, taʼlim va tarbiyaning samarasi uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham yaxshi niyatli, xayrihoh, mehribon boʼlishini taqozo qiladi. Yaxshilik qaror topishi uchun yomonlikka murosasiz boʼlishi lozim. Yaxshi istak bilan xush muomalalik, yaxshi qiliq, yaxshi hatti-harakatning birligi zarur. Shaxs axloqini xarakterlaydigan belgilardan biri masʼuliyatdir.
Oʼqituvchining masʼuliyati — masʼuliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va taʼlim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham oʼz ichiga oladi. Oʼqituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish masʼuliyati yuklandi. Muallim oʼquvchiga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, individual munosabatda boʼlishi, unda mavjud boʼlgan ijobiy ahloqiy sifatlarni avaylab oʼstirishi darkor. Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida oʼqituvchilar jamoasi bilan yolgʼiz oʼzi ish olib boradi. Bunday sharoitda oʼqituvchining masʼuliyati uning xuquqini tartibga solib turadigan boshqaradigan kuch, oʼqituvchilarga taʼsir oʼtkazish darajasining asosiy mezoni hisoblanadi.. Pedagogik faoliyat koʼrsatayotgan oʼqituvchi mahoratli ravishda oʼtayotgan darsning taʼlimiy-tarbiyaviy tomonlarni tushunarli qilib bolalarni faoliyatini dunyoqarashda tabiat va jamiyat faoliyatidagi oʼzgarishlardagi koʼnikmalarni malakalarga aylantiradi. Eʼtiqod, odob, fuqarolik burchini anglash oʼqituvchining asosiy sifatlaridan biridir. Maktab oʼqituvchisini oʼzi targʼib qilayotgan idealning fazilatlarini shaxsiy namunasida koʼrsatish kerak. Bolalarga mehr-muhabbat oʼqituvchining eng muhim fazilatidir. Bu bolalarning hamma qiliq-qilmishlarini kechirish ularga xushomadguylik qilish emas, balki talabchanlik va qattiqqoʼllik, adolatlilik bilan qoʼyilgan mehr-muhabbat boʼlib ana shu sifatga ega boʼlgan shaxs oʼzining koʼp vaqtini va kuchini bolalarga bagʼishlaydi. U zarur vaqtida istaklarini qurbon qilib, bolalar manfaati yoʼlida ehtiyojlarini cheklashga tayyor turadi.
Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash oʼqituvchi shaxsiga xos sifat, zero xaqiqiy pedagog toʼla maʼnodagi jamoatchi boʼlib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol holda turishining amaliy namunasini koʼrsatadi. Oʼqituvchining muhim fazilati kishilar bilan tez el boʼla olish, koʼpchilikka aralasha bilish, dilkashlik boʼlib, bu unda muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki oʼqituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga toʼgʼri keladi. Oʼqituvchi ishidagi muvaffaqiyatni kundalik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini taʼminlaydi. Oʼqituvchi odobi umuminsoniy ahloqning kategoriyalari, qoidalari va normalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga mos xususiyatlari bilan uygʼunlashtirish, pedagogning oʼquvchilar, oʼqituvchilar jamoasi, ota-onalar va jamoatchilik vakillari bilan munosabatida ifodalanadigan kasbiy-ahloqiy xususiyatdir. Oʼqituvchi pedagogik etikaning normalarini oʼzlashtirib olishi, tajribada qoʼllashi, oʼzining dunyo qarashi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab koʼrish natijasida pedagogik etikaning qoidalari oʼqituvchining oʼz etiqodiga, intilishiga, oʼz ahloqiy sifatiga aylanadi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga taʼlim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab oʼqituvchilarining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Har bir bola oʼz xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning ana shu oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olish, oʼrganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar oʼrtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini oʼzida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik koʼrayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. Pedagogika, psixologiya, uslubiyot va pedagogik mahorat bir-biri bilan oʼzaro bogʼliq, yaqin aloqadagi fanlardir.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir oʼqituvchi pedagogik mahoratga ega boʼlishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnatini sarf qilib, katta natijaga erishadi, ijodkorlik uning xamisha hamkori boʼladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, isteʼdodli kishidagina pedagogik mahorat boʼlishi mumkin. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo boʼladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, oʼqish natijasi xisoblansa, layoqat va zexn yaʼni inson nerv tizimida anatom-fiziologik xususiyat boʼlishi xam zarur. Аna shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali boʼlishi uchun oʼqituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud boʼlmogʼi lozim. Bilish qobiliyati fanning — tegishli sohalariga oid matematik, fizika, biologiya, adabiyot va xokazolarga doir qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega boʼlgan oʼqituvchi fanni oʼquv kursi hajmidagi emas balki ancha va chuqurroq biladi, oʼz fani sohasidagi kashfiyotlarni xamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nixoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Tushuntira olish qobiliyati — oʼquv materialini oʼquvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, oʼquvchilar mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uygʼotish qobiliyatidir. Oʼqituvchi zarur hollarda oʼquv materiallarini oʼzgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib oʼquvchilarga yetkaza olishi darkor. Bunda oʼquvchilar ruhiyatini hisobga olish zarur. Qobiliyatli pedagog oʼquvchilarning bilim va kamolat darajasini hisobga oladi, ularning nima bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unitib qoʼyganlarini tasavvur etadi. Kuzatuvchilik qobiliyati — oʼquvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, oʼquvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy xolatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bogʼliq boʼlgan pedagogik kuzatuvchanlikdir. Bunday oʼqituvchi oʼquvchining ruhiyatidagi koʼz ilgʼamas oʼzgarishlarni ham tez farqlab oladi. Oʼquvchilar bunday oʼqituvchilar haqida: “Qaramayotganga oʼxshaydiyu, hamma narsani koʼrib turadi. Oʼquvchining hafa boʼlganini yoki dars tayyorlamayotganligini koʼzidan biladi”- deydilar. Nutq qobiliyati — nutq yordamida, shuningdek imo ishora vositasida oʼz fikr va tuygʼularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu oʼqituvchilik kasbi uchun juda muhimdir.Oʼqituvchining nutqi darsda hamisha oʼquvchilarga qaratilgan boʼladi. Oʼqituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, oʼquvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan boʼlsa ham uning nutqi xamisha oʼzining ichki kuchi, ishonchi, oʼzi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrining ifodasi oʼquvchilar uchun aniq, sodda tushunarli boʼladi. Tashkilotchilik qobiliyati — birinchidan, oʼquvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, oʼz ishini toʼgʼri uyushtirishini nazarda tutadi.
Oʼz ishini tashkil etish deganda ishni toʼgʼri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali oʼqituvchilarda vaqtni oʼziga hos, xis etishini vaqtga qarab toʼgʼri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish xususiyati hosil boʼladi. Obroʼ orttira olish qobiliyati — oʼquvchilarga bevosita emotsional-irodaviy taʼsir koʼrsatish va shu asosda obroʼ qozona olishdir. Obroʼ faqat shu asosdagina emas, balki oʼqituvchining fani yaxshi boʼlishi, mehribonligi, nazokatligi va hokazalar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat oʼqituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yigʼindisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga dadilligi, chidamliligi va xokazolarga, shuningdek oʼquvchilarga taʼlim hamda tarbiya berish masʼuliyatini his etishga oʼzining haq ekanligini ishonishga, bu ishonchni oʼquvchilarga yetkaza olish qobiliyatlarga ham bogʼliq. Toʼgʼri muomala qila olish qobiliyati — bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali oʼzaro munosabatlar oʼrnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. Kelajakni koʼra bilish qobiliyati — oʼz xarakatlarining oqibatini koʼra bilishda, oʼquvchining kelgusida qanday odam boʼlishi tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — oʼqituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari, hajmi, kuchi, koʼruvchanligi iroda qila olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Pedagogik mehnatni, yaʼni taʼlim-tarbiya ishlarini toʼgʼri tashkil qilish faqat iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega boʼlmay, balki taʼlim-tarbiyaning sifatini oshirishda, uni takomillashtirishda ham katta ahamiyatga molikdir. Faoliyatni toʼgʼri, tejamli tashkil qilish kishining oʼzi uchun ham, u bilan birga ishlaydigan kishilar uchun ham qulaylik tugʼdiradi. Oʼqituvchi mehnatining oʼziga xosligi uning koʼp qirraliligi va murakkabligidir. Shu bilan birga bu mehnat ijodiy xarakterga ega, yaʼni u, faqat yangilik yaratib qolmaydi, balki mazmunan oʼzgarib ham boradi. Har bir vaziyat, oʼquvchilar bilan munosabatning har bir ongli oʼqituvchilikda maʼlum maʼnoda bir-biriga oʼxshamaydi va takrorlanmaydi. Oʼqituvchi ish koʼradigan soha — oʼquvchi ham jismoniy, aqliy, ruhiy jihatdan oʼzgarib boradi. Oʼqituvchi mehnatining qiyin murakkabligi, oʼquvchi bilan muomala qilishning, unga taʼsir koʼrsatishning nozikligi, undan tarbiya nazariyasini, psixologiya fanini chuqur bilishni talab qiladi. Oʼqituvchi mehnatining koʼp qirraliligi, uni bajarishga sarflanadigan vaqtda ham koʼrinadi. Taʼlim-tarbiyaning murakkablashuvi oʼqituvchi mehnatiga ketadigan vaqt miqdorining koʼpayib borishi bilan xarakterlanadi. Bu esa oʼqituvchining ishi va boʼsh vaqti oʼrtasidagi chegara tobora yoʼqolib borishga sabab boʼlmoqda.
Oʼqituvchi mehnatining yana bir xususiyati doimo oʼqituvchilar nazorati va nigohi ostida amalga oshishidir. Oʼqituvchi oʼquvchilarga taʼlim-tarbiya berar ekan, uning faoliyati turlari uzluksiz almashinib turadi. Taʼlim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi oʼqituvchining vazifasini qiyinlashtirmoqda va faoliyat sohasini kengaytirmoqda. Oʼqituvchi bilimlarini oʼzlashtirib, keyin ularni yoshlarga oʼrgatadigan tadqiqotchi olim darajasiga yaqinlashmoqda, oʼqituvchi bolalar jamoasining tadqiqotchisi, nozik psixologik, tarbiyachi sifatida nazariyotchi va amaliyotchiga xos xususiyatlarni oʼzlashtirmoqda. Biz oʼqituvchining mehnati oʼz xarakteri bilan tadqiqotchi olim mehnatiga yaqinlashmoqda, dedik. Аmmo bu ikkala faoliyat oʼrtasidagi umumiylik boʼlsada ularning tafovuti ham mavjud. Bu tafovut oʼqituvchi mehnatining oʼziga xos xususiyati bilan belgilanadi. Oʼqituvchining maqsadi fan uchun yangilik ochish, pedagogika nazariyasiga tugal ilmiy hissa qoʼshish emas, balki oʼzining va boshqalarning ilgʼor tajribasini chuqur tahlil qilib, taʼlim tarbiyaning samarali usul va vositalarini topishdir. Oʼqituvchilarning ijodi ilmiy pedagogik tadqiqot bilan taʼlim tarbiya tajribasini bir biriga bogʼlaydigan zanjir rolini oʼynaydi. Ilgʼor maktablarning ish tajribasidan koʼrinadiki, xaqiqiy ilmiy va qimmatli pedagogik asar ana shu bogʼlanish tufayli yuzaga kelishi mumkin va shunday asardagi pedagogik xulosalar, tavsiyalar koʼpchilikga maʼqul boʼladi va maktablarda taʼlim tarbiyaning takomillashuviga munosib hissa qoʼshadi. Oʼqituvchining ijodi hamma vaqt maʼlum tajribaga asoslanadi. Chunki ijodkor kishi nimagadir intilishi kerak. Oʼqituvchi ilgʼor metod va usullarni egallash hamda oʼz ishida qoʼllash yoʼllarini izlab pedagogik, ruxshunoslik va taʼlim metodikasining yutuqlariga murojat qiladi. Chunki ijodiy ishlaydigan oʼqituvchi oʼzgalar tajribasini tahlilsiz toʼgʼridan-tugʼri qabul qilmay, oʼz tajribasiga taqqoslab koʼradi. Shundan keyingina uning yangi tomonlarini qabul qiladi. Demak, ijodkorlik xissiyot emas, balki oʼqituvchining uzoq ishlashi, yuksak pedagogik madaniyatining mahsulidir. Oʼqituvchilik sharafli, lekin murakkab kasbdir. Yaxshi oʼqituvchi boʼlish uchun pedagogik nazariyani egallashning oʼzigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariya bolalarni oʼqitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan usuliy gʼoyalar bayon etiladi. Oʼqituvchilarning yosh individual xususiyatlarini eʼtiborga olish taʼkidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu oʼqituvchini keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
O`qituvchining ko`p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o`qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni o`qitish, darsdan va ta`lim muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o`tkazish, ota-onalar va jamoatchilik o`rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning hammasi o`qituvchidan chuqur bilimga ega bo`lishni, o`z sohasini, o`quvchilarni sevishni talab qiladi.
Ta`lim muassasalarida ta`lim va tarbiya ishlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shaxs, bu - o`qituvchi. YAxshi o`qituvchi bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zi etarli emas. CHunki pedagogik nazariya bolalarni o`qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar umumlashtirilgan uslubiy g’oyalarni ilgari suradi. Biroq ta`lim berish jarayonida pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ham uchrab turadiki, ularning oqilona echimini topish uchun o`qituvchidan bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlik talab qilinadi.

Yüklə 195,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin