О‘quv tanishuv amaliyotining zarurati О‘quv tanishuv amaliyoti davomida amaliyotchi-talabalar umumiy о‘rta ta’lim muassasasining ijtimoiy muhiti, ta’lim muhiti, muassasa subyektlari о‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning о‘rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsiplari, mediasavodxonlik va boshqalar tо‘g‘risida amaliy kо‘nikmalar xosil qilishlari lozim.
Talabalar muassasa rahbariyatining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchilik faoliyati, fan о‘qituvchilarining dars davomida о‘quvchilar bilan hamda sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyat yuzasidan о‘quvchilarga munosabatlari, me’yoriy hujjatlari bilan tanishishlari kerak.
Amaliyotning maqsadi – bо‘lajak boshlang’ich ta’lim о‘qituvchilarining amaliy-kasbiy kо‘nikalarini shakllantirish va pedagogik amaliyotga tayyorlash.
Amaliyotning vazifasi – talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish, kо‘nikmalarini shakllantirish, nazariy olingan bilimlarni mustaxkamlash, rivojlantirish; о‘quv jarayonini yо‘lga qо‘yish bо‘yicha о‘quv meyoriy hujjatlar bilan tanishtirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hususiyatlari tо‘g‘risida tasavvurni shakllantirish; talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish; talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish va boshqalar.
Amaliyot yakunida natijadorlik: - umumiy о‘rta ta’lim muassasasi tо‘g‘risida tasavvurga;
- muassasa rahbariyatining jamoa bilan ishlashi tо‘g‘risida tushunchaga;
- pedagogik jamoa о‘rtasidagi munosabatlar tо‘g‘risida;
- о‘quvchilarning о‘zaro va pedagoglar bilan munosabatlari, о‘quvchilarning yosh xususiyatlari tо‘g‘risida;
- ota-onalar murojaatlari va ular bilan maktab jamoasining munosabati;
- darsda va sinfdan tashqarida о‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlari;
- о‘quv-meyoriy hujjatlarning yuritilishi;
- sinf xonalariga qо‘yilgan gigiyenik talablar tо‘g‘risida;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar о‘tkazilishi va ularning meyoriy hujjatlarini rasmiylashtirilishi va boshqalar tо‘g‘risida kо‘nikmalarga ega bо‘lishadi.