1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 138 Kb.
səhifə12/21
tarix17.05.2023
ölçüsü138 Kb.
#115501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal

Nazorat savollari 
1.

Shaxslararo konfliktlar haqida aytib bering. 


2.

Pedagogik jarayondagi konflikt turlari haqida. 


3.

Oilada sodir bo`ladigan konfliktlar haqida 


4.

Konflikt tuzilishi qanday bo`ladi? 


5.

Tashkiliy va ishlab chiqarish konfliktlari haqida aytib bering. 


6.

Mehnat innovatsion konfliktlar haqida tushuntiring. 


7.

Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari haqida aytib bering. 




Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI, 

1999. - Razd. I, III. 


2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 

 

14 


5-ma`ruza 


5-Mavzu: Ijtimoiy tizimda yuzaga keladigan turli darajadagi konfliktlar 


Reja: 
1.

Guruhiy konfliktlar 


2.

Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari 


3.

Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari 



 

Tayanch tushunchalar: 
Guruhiy konfliktlar, guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari, guruhiy 
konfliktlarning asosiy ko`rinishlari haqida, «shaxs-guruh» konflikti, «guruh-guruh» konflikti. 

 

5.1.Guruhiy konfliktlar 
Guruhiy konfliktlar o`z oldiga bir alohida ko`rinishga ega, bunda ikki tomondan bittasi kichik 
ijtimoiy guruh bo`lib keladi. Bunday qarama-qarshiliklar qarama-qarshi yo`nalgan guruhli 
motivlarning to`xnashuvi asosida paydo bo`ladi. 
Bundan kelib chiqib, guruhli konfliktlarning asosiy ikki turini ajratishimiz mumkin: «shaxs-
guruh» konflikti va «guruh-guruh» konflikti. Ajratilgan konfliktlarning har ikkalasi asosiy 
ko`rinishi jihatidan o`ziga xos ko`rinishga ega. «Shaxs-guruh» konflikti 
Shaxs va guruh o`rtasidagi konfliktlar guruhdagi o`zaro munosabatlar orqali paydo bo`ladi va 
o`ziga xosligi bilan ajralib turadi, buni biz konfliktni boshqarishda esdan chiqarmasligimiz kerak 
Guruh – bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida 
birlashgan kishilar uyushmasidir. Umuman odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta, 
qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo`lishi shart. Masalan, talabalar 
guruhi uchun umumiy narsalar ko`p (o`quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar).
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil 
etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo`ysinadi. 
Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipliguruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil 
etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. 
Guruhlarning turlari ko`p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya 
qiladilar. V.M. Karimova guruhlarning asosiy turlarini keltirgan. Guruhlar avvalo shartli va real 
guruhlarga bo`linadi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to`plangan laboratoriya tipidagi
hamda tabiiy guruhlarga bo`linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida 
tashkil bo`ladigan bunday tabiiy guruhlarning o`zi kishilarning soniga qarab katta, kichik 
guruhlarga bo`linadi. Katta guruhlar uni tashkil etvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, 
psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o`z navbatida, 
endi shakllanayotgan – diffuz hamda taraqqiyotning yuksakpog`onasiga ko`tarila olgan jamoa 
turlariga bo`linadi. 


Yüklə 138 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin