8.2.Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari
Muzokara sotsial psixologiya to`g`risida gap ketganda, ko`pincha, "sotsial psixologik
aralashuv" tushunchasi o`rtaga tushadi va tabiiy, bunday muzokaraotchining ijtimoiy jarayonga
aralashuvi nimalarda ko`rinadi, degan savol paydo bo`ladi.
a) individning o`zgarishi strategiyasida, ya`ni o`sha tashkilotdagi o`ziga xos
shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta`sir qilinadi;
b) texnologik tizim o`zgaradi, ya`ni ma`lum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida
o`zgarish ro`y beradi;
v) ma`lum tipli ma`lumotlarga bog`liqlik, ya`ni, ma`lumotlarning tashkilot ichida
yoki uning atrofida to`planganligiga bog`liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo`lishi
mumkin;
g) ataylab o`tkazilgan tadbirlar ta`sirida korxona taraqqiyoti o`zgarishi mumkin,
masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul qilish va hakozo.
23
8.3.Muzokara jarayonida vositachilik
Muzokaraotda faoliyat ko`rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy funktsiyani
bajaradi:
1)
Ekspert sifatida, ya`ni, bu shunday shaxski, u klient yoki mijoz tomonidan taklif
qilinadi. Ular birgalikda biror ijtimoiy psixologik vaziyatni tahlil qilishadi, xulosalar
natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq
to`g`ri xulq shaklini taklif etishadi. Demak, ekspert ishining oqibati - xulosa chiqarib, so`ng
tavsiyalar berishdir.
2)
Maslahatchi - ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas, balki bir
necha marta ayni muammo bo`yicha maslahat berish va xulosalar chiqarish uchun taklif
etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo`lib, faoliyati oqibatida biror shaxs yoki yaxlit
jamoaga yordam ko`rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi.
3. O`rgatuvchi - odatda buyurtma asosida joylarda o`quvlar, kurslar tashkil qiladi.
Uning asosiy vositasi sotsial psixologik trening va uning turli ko`rinishlari bo`lib, oqibati -
ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o`rgatishdir.
Yurtimizda ma`naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan
ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o`z xalqining madaniyati, Vatanining o`tmishi va
buguni, milliy qadriyatlarga to`g`ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo`ladi va bu - ziyoli,
bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan,
qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarni
avval o`z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo`naltira olmasa, uning jamiyat
taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma`naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz,
xudbin shaxs sifatida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |